Seziy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

18-May 2013, 12:42 dagi koʻrinishi

Seziy (lot. caesius — zangori, havo rang , Caesium), Cs - Mendeleyev davriy sistemasining I guruxiga manub kimyoviy element; tartib rakami 55, at.m. 132,9054. Tabiiy S. 1 ta izotop 133Cs dan iborat. Uning 15 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Bular ichida eng barqarori l37Cs (T|/2 = ZZy.).

S. dastlab 1860 y.da R. Bunzen va G. Kirxgof tomonidan Germaniyaning Dyurkteym mineral suvlarini spektral usudsa tekshirish natijasida kashf qilingan. Metall S.ni dastlab K. Setterberg 1882 y.da suyuqlantirilgan seziy sianidni elektrolizlab olgan. S.ning spektrida 2 zangori chiziq mavjud.

S. nodir element. Yer poʻstining massa jihatidan 7-10~4% ini tashkil etadi. S. pollutsit nomli mineral (alyumosilikat) hosil qiladi. S. birikmalari mineral suvlar tarkibida va tirik organizmlarda boʻladi. S. oz mikdorda bazalt, granit, diabaz kabi togʻ jinslari tarkibida uchraydi. Lepidolit (yoki pollutsitdan) litiy, kaliy, rubidiy va kaltsiy ajratilganidan keyin S. birikmalari olinadi. Sof S. olish uchun S. galogenidlar kaltsiy bilan kaytariladi.

S. sargʻish-pushti rangli, yengil, juda yumshoq ishqoriy metall. Suyuqlanish t-rasi 28,5°, qaynash t-rasi 705°, zichligi 1,90 g/sm3 (20°da). S.ning yoruglikka sezgirligi barcha me-tallarnikidan yuqori.

U juda faol metall, havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi, hatto vakuumdan ham oʻziga kislorodni tortib oladi. S. parafin moyida saklanadi. S. suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, seziy gidroksid CsOH hosil qiladi; bunda vodorod ham ajralib chiqadi va portlash yuz beradi. S. galogenlar bilan alanga hosil qilib, shiddatli reaksiyaga kirishadi. S.ning oltingugurt bilan reaksiyasi ham shu tarzda boradi. S. kuchli qaytaruvchi. 300° dayoq SiO2 dan kremniyni qaytaradi. S. fotoelementlar i.ch.da, baʼzi birikmalari tibbiyotda, Csl, CsBe dan tayyorlangan prizmalar infraqizil spektroskopiyada ishlatiladi. S. birikmalaridan katalizda ham foydalaniladi.