Foydali ish koeffitsiyenti: Versiyalar orasidagi farq
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
12-May 2013, 07:44 dagi koʻrinishi
Foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) — biron bir tizim (qurilma, mashina, dvigatel va b.) sarflagan energiyaning samaradorligini ifodalovchi tushuncha; qancha energiya foydali ishga aylanishini, qancha energiya yoʻqolishini koʻrsatadigan son (odatda, foizlarda ifodalanadi). Foydali ishga sarflangan energiyaning mashina olgan umumiy energiya mikdoriga nisbati bilan aniklanadi.
Issiklik dvigatellaridagi f.i.k. — mexanik foydali ishning sarflangan issiklik mikdoriga nisbati, elektr transformatorlardagi f.i.k. — ikkinchi chulgamda olingan elektromagnit energiyasining birlamchi isteʼmol chulgʻamidagi energiyaga nisbati, elektr dvigatellaridagi f.i.k. — foydali mexanik ishning manbadan olingan elektr energiyasiga nisbatidan iborat va b.
Mashinaning umumiy f.i.k. uning ayrim qismlari f.i.k.lari yigindisiga teng . Energiyaning turli koʻrinishda yoʻqolishi tufayli f.i.k. hamisha 1,0 dan kichik boʻladi. Takomillashgan elektr transformatorlarda f.i.k. 98— 99%, elektr generatorlarida 90—95%, ichki yonuv dvigatellarida 40—50% va issiklik elektr styalarida 35—40%.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |