Buyrak: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 4: Qator 4:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

10-May 2013, 19:00 dagi koʻrinishi

Buyrak — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft aʼzo; loviya shaklida, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B.larning old yuzasini qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir B.ning boʻyi 10—12 sm, eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 g . Oʻng B. tepasida jigar borligi tufayli, chap B.ka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. B.ning yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. B.ning umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi. B.ning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. B. darvozasidan B. arteriyasi va nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yoʻli chiqadi. Bularning hammasi birgalikda B. oyoqchasi deb ataladi. B. ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan B. orqali chiqib ketadi. Shu b-n birga B. organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashkariga chiqarmay qoʻyadi, organizmning ichki muhitini taʼminlaydi. B. siydik b-n birgalikda siydikchil (mochevina), siydik kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. B.da biologik faol moddalar (renin, prostoglandin va b.) hosil boʻlib, ular qon tarkibi, qon ivishi va kon bosimini maromga solib turadi. B.ni fibroz parda, yog kapsulasi va biriktiruvchi toʻqimadan iborat fassiyalar oʻrab, ushlab turadi. B. poʻstloq va magʻiz qismdan iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4—13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi joylashgan; u 12—15 ta konussimon B. piramidalaridan iborat. Yondosh piramidalar orasiga poʻstloq qism suqilib kirgan boʻlib, B. ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalar oʻrtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu nefronlarda siydik hosil boʻladi, bunda suyuklik qondan sizib oʻtadi (filtrlanadi), qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron B. tanachalari b-n siydik kanalchalaridan iborat. Siydik B. tanachalarida filtratsiya yoʻli b-n paydo boʻladi. B. tanachasi qoʻsh devorli kapsula (Shumlyanskiy—Boumen kapsulasi) boʻlib, devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta soʻriladi, konsentratsiyasi oshadi va shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qoʻshilib, yirikroq yigʻuvchi kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan B.ning avval kichik, keyin katta kosachalariga va nihoyat B. jomiga oʻtadi, undan siydik yoʻli orqali qovuqqa quyiladi. B.dan oʻrtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon B.dan bir kechakunduzda oʻrtacha 360 marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun B.ka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli boʻlishi kerak. Agar qon bosimi pasayib B.ka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi. Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining sikilishi tufayli qon bosimi koʻtarilib, B. bosimi paydo boʻladi. B. rivojlanishida nefron naychasining uchi berk boʻlsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya oʻrganadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil