Bolgʻa: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Bolgʻa bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Bolgʻa bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 6: Qator 6:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

10-May 2013, 16:06 dagi koʻrinishi

BOLGʻA — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. B. kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li poʻlatdan, dastasi asosan yogʻochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. B.larning turli xillari.,mas, yogʻoch B., yumshoq muhrali B., tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) B., xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) B. bor (rasm). Miskarlikda: 1) xoyis (xoyisk) yoki xoyischorsi B. — misni yupqalashda; 2) xoyis bagʻal, kapchin yoki chambar B. — misni yoyibyigʻishda; 3) nimchorsi B. — misda qolgan izlarni ketkazishda; 4) yumaloq B. — mis idishlarning ichki tomoniga ishlov berishda; 5) teruv B. — mis idishlarning yuzini silliklashda ishlatiladi. Temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda: 1) metin B. — ketmon qirgʻogʻidan yelka chiqarishda; 2) dasxoyis B. — temirchi, taqachi va pichoqchilar bosqonchi b-n birga ishlaganda; 3) teruv B. — ketmonning orqaoldini, taqaning yuzini tekislashda; 4) dusara B. — ketmon zoʻgʻatasining chetini qaytarishda; 5) barchinxoyis B. — kushpichoq yasashda ishlatiladi vab.Texnikada metallga zarb b-n ishlov (shakl) beradigan asbob. Temirchilikshtamplashda ishlatiladi. Bugʻhavo, pnevmatik, mexanik va gidravlik yuritmali, elektr turlari bor (yana q. Bolgʻalash mashinasi, Bosqon).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil