Bobil: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 5: Qator 5:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

10-May 2013, 09:20 dagi koʻrinishi

Bobil (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan — tangri darvozasi) — Mesopotamiyaning shim. qismida, Furot daryosi boʻyida joylashgan shahar; hozirda Xilla sh. (Iroq). B. dastlab Akkad shohi Sargon (mil. av. 2364— 2314) haqidagi afsonada va Ur davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan. B. Birinchi Bobil sulolasi (mil. av. 1894—1595) davrida katta rol oʻynay boshlagan, Hammurapi davri(mil. av. 1792—1750) ga kelib esa nafaqat Mesopotamiyaning , balki butun Old Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xujalik markaziga aylangan. Taxm. 1595 y. B.nmxettlar, soʻngrataxm. 1518 y. kassitlar bosib olgan. 13—12-a.larda shahar Ossuriya podsholari Tukultininurti I va Tiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan. Mil. av. 1-ming yillik boshlarida Ossuriya va oromiy qabilalaridan xaldeylar oʻrtasida B. uchun kurash boʻlgan. Mil. av. 732 y.dan B. Ossuriya davlati tarkibida. Mil. av. 689 y. shahar isyon koʻtarganligi sababli Ossuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron etilgan. Taxm. mil. av. 680 y. Sinaxeribning vorisi Asarxaddon tomonidan kayta tiklangan. Mil. av. 626 y. Blagi hokimiyatni xaldey Nabopalasar (626—604) egallab olgan. Navuxodonosor II (604—562) davrida shahar gullabyashnagan, ravnaqtopgan. 538 y. B.ni forslar shohi Kir bosib olgan. Mil. av. 331 y. B.ni Iskandar Zulqarnayn zabt etgan. Mil. av. 312 y. B. Iskandarning sarkardalaridan biri Salavk qoʻli ostiga oʻtgan. Shu paytdan eʼtiboran B. yetakchilik mavqeini yoʻqota borgan va mil. 2-a.ga kelib tarix sahnasidan uzilkesil tushib ketgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil