Toksikologiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Toksikologiya (maʼnolari)}}
'''Toksikologiya''' (yun. toxikon zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.
'''Toksikologiya''' (yun. toxikon zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.



9-May 2013, 14:26 dagi koʻrinishi

Toksikologiya (yun. toxikon zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.

T.ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash, oldini olish va davolash hamda moddalarning inson organizmiga uzoq muddat davomida zararli taʼsirini oʻrganish va bartaraf etishga karatilgan.

T. kommunal gigiyena fanining asosiy boʻlimlaridan boʻlib, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida oʻqitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida Sh.T.Otaboyev, T.I.Iskandarov va b.ning hissasi katta.

Oʻzbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning zaharliligi va xavfliligini bagʻolash boʻyicha tasnif ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning organizmga tushish yoʻllari, oʻlimga olib boruvchi oʻrtacha dozasi (konsentratsiyasi) va b.ni bir-biriga bogʻlagan holda xavflilik sinflariga boʻlish tavsiya qilingan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida"gi qonunga asosan, hukumatimizning toksikologiya sohasidagi mutaxassis olimlari (Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot inti, II ToshTI kommunal gigiyena kafedrasi va Markaziy ilmiy tadqiqot lab. toksikologiya boʻlimi xodimlari) tomonidan barcha yangi kimyoviy moddalarning zaharlilik va xavflilik darajalari oʻrganiladi. Mac, fosgen kislotasi birikmalarining zaharlilik darajasi, ularning kimyoviy tuzilishiga bogʻliqlik qonuniyatlari aniqlandi (G.T. Iskandarova). Mazkur qonuniyatlarga muvofiq, kimyogar va biolog olimlar hamkorligida kam zaharli va yuqori samarali defoliantlar ishlab chiqildi.