Sifat: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Sifat (maʼnolari)}}
'''Sifat''' (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangtuye, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va b. Shu xususiyatlariga koʻra, S.lar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rangtuye bildiruvchi S.lar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi S.lar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi S.lar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi S.lar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi S.lar — keng , tor, katta, ogʻir, yengil kabi va b.

8-May 2013, 12:38 dagi koʻrinishi

Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangtuye, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va b. Shu xususiyatlariga koʻra, S.lar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rangtuye bildiruvchi S.lar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi S.lar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi S.lar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi S.lar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi S.lar — keng , tor, katta, ogʻir, yengil kabi va b.

S. turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama S.lar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. S.ning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. S. bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. S.lar otlashuvi mumkin (q. Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang , qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang , balosi yuqar.

Azim Hojiyev.