Beliz: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 22: Qator 22:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}

{{OʻzME}}

7-May 2013, 18:55 dagi koʻrinishi

Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan ya.o.ning jan.sharqida joylashgan. Mayd. 23 ming km2. Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan sh. Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.

Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik t-rasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari b-n qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.

16-a. boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 y.dan Britaniya Gondurasi nomi b-n Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 y. ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973 y.dan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 y. 21 sent.

da B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Q.x. chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Jan. hududlarda chorvachilik b-n shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya i.ch.— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 y.dan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 y.dan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 y.dan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 y.dan) gaz.

lari chiqadi. 1937 y.dan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.[1]

Beliz
ShiorSub umbra floreo
Lotincha: Soya ostida rivojlanaman
Madhiya: Land of the Free
Location of Beliz
Poytaxt Belmopan
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Qirol
Karl III
Froyla Tzalam
Johnny Briceño
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
21-sentabr 1981
Maydon
• Butun
22,966 km2 (151-oʻrin)
• Suv (%)
0.7
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
279,457 (179-oʻrin)
• Zichlik 12/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,778 mil. (185-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6,362
Pul birligi Belize Dollar (BZD)
Vaqt mintaqasi UTC–6
• Yoz (DST)
UTC–6
Qisqartma BH
Telefon prefiksi 501
Internet domeni .bz

Beliz () poytaxti - Belmopan shahri. BMT a'zosi

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil