Barter: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q484830 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 12: Qator 12:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}

{{OʻzME}}

7-May 2013, 17:49 dagi koʻrinishi

Barter - ( inglizcha Barter - tovar ayirboshlash) tovarlarni pulsiz boshqa tovarlarga bevosita ayirboshlash. Barter bitimiga ( shatnomaga) muvofiq bir tomon ikkinchi tomondan qarz bo'lib qolsa, rul (valyuta) bilan emas, balki tovar bilan uzadi.


Barter (ing . barter — tovar ayirboshlash), muoʼvaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati boʻyicha muqobil boʻlgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Koʻproq rivojlanmagan tovar munosabatlari, oʻtish davri uchun xos boʻlgan kelishuv. 2-jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror boʻlmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning koʻpgina mamlakatlarida qoʻllanildi va u xalqaro savdo hamda boshqa iqtisodiy munosabatlarda keng tarqaldi. B.ning bevosita ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, kliring kabi shakllari mavjud. Tashqi savdoda B. bitimi koʻproq qoʻllanadi. 90-y.lar boshidan mamlakat ichkarisida ham korxonalar oʻrtasida ancha keng tarqaldi. B. bitimiga binoan kelishgan tomonlar oʻz tovarlarini maʼlum narxda baholaydilar. Bu narx ayirboshlashning teng boʻlishini, tovarlarni yetkazib berish b-n bogʻliq boʻlgan barcha sarf-harajatlarni oʻz ichiga oladi. Bir tomon ikkinchisiga qarzdor boʻlib qolsa, u oʻz qarzini valyuta b-n emas, balki tovarlar b-n uzadi. Tovar qiymatlarining tengligi jahon bozori narxlari orqali taʼminlanadi. B. bitimlari ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil