Robot — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
2 916 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
Maqolaga matn qoʻshildi
k (Bot: Migrating 88 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q11012 (translate me))
(Maqolaga matn qoʻshildi)
[[Image:HONDA ASIMO.jpg|right|200px|thumb|ASIMO, zamonaviy odamsimon robot.]]
'''Robot''' ([[chex tili|chex.]] ''robota'' - "mehnat") sunʼiy [[mashina|mexanik]] qurilmadir. U odatda [[elektromexanika|elektromexanik]] [[tizim]] boʻlib, [[odam]] mehnatini bajaradi. ''Robot'' soʻzi bilan virtual [[dasturiy taʼminot]] agentlariga ham aytilishi mumkin, biroq ularni ''[[bot]]'' deyish qabul qilingan.<ref>[http://www.atis.org/tg2k/_bot.html Telecom glossary "bot"]</ref>
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Robot''' (chexcha robota — erksiz mehnat, rob — qul) — insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori t-ra va b.)da, odam borishi qiyin boʻlgan obʼyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina. "R." terminini birinchi marta 1920 y.da chex yozuvchisi K. Chapek oʻzining "R. U. R." pyesasida ishlatgan.
 
R.lar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan R., odam (operator) boshqaradigan R. va sunʼiy intellektli (integralli) R. Ish bajarish turiga qarab, R. manipulyatorlar, axborot uzatuvchi R., odimlovchi R. va b.ga boʻlinadi. R.larning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va b. mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. R.lar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan R.lar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan R., Mas, R.manipulyatorda "mexanik qoʻllari" va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha R. avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. R.manipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. R.lar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
 
R.lardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan R."geolog", notani "oʻqib" elektr gitara chaladigan R."mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan R."sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan R."gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa R.lar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) R.lar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan R.ni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday R.ning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. "Klaus" laqabli ushbu R. 2000 y.da namoyish qilingan. U boshqa R.lar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu R. 2002 y.gi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday R.lar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. "Soni" kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli "Aybo" ("Oʻrtoq") nomli R.ni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va b.ni) bajaradi.
 
Mirkomil Mirboboyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Aynan qanday mashinalar robot, deb atalishi mumkinligi haqida bahslar ketayotgan boʻlsa-da<ref>[http://www.cbc.ca/technology/technology-blog/2007/07/your_view_how_would_you_define.html Your View: How would you define a robot?]</ref><ref>[http://www.botmag.com/forum/showthread.php?t=240 What does "robot" mean to YOU?]</ref><ref>[http://forumjon.com/viewtopic.php?t=313 Robot nima?]</ref>, odatiy robot quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi:
 
{{Link FA|ar}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
187 763

ta tahrir

Navigatsiya