Sodiq Azimov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 4: Qator 4:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

4-May 2013, 19:43 dagi koʻrinishi

Azimov Sodiq Azimovich (1914.7.11 — Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, O‘zbekiston FA akad. (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-mat, fanlari d-ri (1955), prof. (1958). O‘rta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1940). O‘rta Osiyo politexnika in-tida ishlagan (1940—45), O‘zbekiston FA Fizika-tex-nika in-ti lab. Mudiri (1948—56), di-rektor o‘rinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-88), O‘zbekiston FA Yadro 217fizikasi in-ti direktori (1962—66), "Fizika — Quyosh" IICHB bosh direk-tori (1986-88). O‘zbekiston yadro fi-zikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yuqori t-rali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri. A. o‘zi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir tog‘i tepasidagi st-yada (dengiz sathidan 3900 m bal.) A. uz xodimlari b-n bir-galikda kosmik nurlar va yadrolarning o‘zaro ta’sirini o‘rganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektron-yadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. A. elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq et-gan. U o‘ta yuqori energiyali 1012— 1013 ev) yadro jarayonlari o‘rganiladigan tog‘ st-yasi qurilishini tashkil etdi. A. rahbarligida O‘zbekiston FA fizika-texnika in-tida quyosh nuri energiyasi-dan foydalanish usuli asosida o‘ta sof yarimo‘tkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987 y.da Parkent tumanida 1 megavatt quvvatga ega konsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi. A. yadro fizika-si, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori t-rali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi. U 14 fan d-ri va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham "Fizika-Quyosh" IICHB da, O‘zbekiston FA Yadro fizikasi in-tida va O‘zbekiston mil-liy un-tida xalqaro darajadagi il-miy va amaliy tadqiqotlarni faol da-vom ettirmoqdalar. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). "Fizika-Quyosh" IICHB ga va Tosh-kent sh.ning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha va maktabga uning nomi berilgan.Ad.: Bekjonov R. B., O‘zbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; Xudoyberdiyev R., Hakim Sa’dulla, Atom qa’riga sayohat, T., 1996.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil