Oʻzgarishlar

Jump to navigation Jump to search
4 073 bytes added ,  6 yil oldin
Matn
vebsayt = [http://www.dushanbe.tj/ www.dushanbe.tj] |
ilovalar = | }}'''Dushanbe''' ([[tojik tili|toj.]] ''Душанбе'') — [[Tojikiston]]ning poytaxti va eng katta shahri. 1929-yilgacha shaharning nomi '''Dyushambe''' boʻlgan. 1929-yildan 1961-yilgacha '''Stalinobod''' deb atalgan. „Dushanbe“ soʻzi fors-tojikcha "dushanba" degani. Shaharning bunday atalishiga sabab shahar joylashgan yerda dushanba kuni katta [[bozor]] ochiladigan qishloq boʻlgan.
 
 
Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750—930 m balandlikdagi keng terrasalarida joylashgan. D.ni Varzob daryosi shim,dan jan.ga, Kofarnihon daryosi shark,dan gʻarbga kesib oʻtgan. Termiz—Dushanba va Dushanba—Kofarnihon t.y. va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Iqlimi kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki 28°, yiliga 625—630 mm yogʻin yogʻadi. Mayd. 125 km2. Aholisi 512,5 ming kishi (1997). D.da 4 ta shahar tumani bor.
 
D.— Tojikistonning yirik sanoat markazi, respublika sanoat i.ch.ning kariyb 1/3 qismi joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, toʻqimachilik mashinasozligi, q.x. mashinasozligi, savdo mashinasozligi, roʻzgʻor sovitkichlari, armaturalar, "Tojikkabel", yoʻl qurish mashinalari remonti z-dlari mavjud. Qurilish materiallari (sement, yogʻochsozlik korxonalari, uysozlik k-ti, temir-beton konstruksiyalar z-di) ishlab chiqariladi. Shahar sanoatida yengil (tikuvchilik, koʻn poyabzal, ip gazlama, trikotaj, shoyi f-kalari) va oziq-ovqat, (sut k-ti, qandolatchilik, tamaki f-kalari, vino, pivo, non, yogʻ-moy z-dlari) sanoati korxonalari ham salmoqli oʻrin tutadi. D.ni Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiklik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar) elektr energiya b-n taʼ-minlab turadi. Shahar ichida avtobus va trolleybus qatnaydi.
 
D. dastlab Varzob daryosining boʻyidagi uchta kichik yondosh qishloq — Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba oʻrnida paydo boʻlgan, bulardan eng yirigi Dushanba qishlogʻi edi. Shahar hududidan yunon-baqtriya davri (mil.av. 2-a.)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qoʻlyozmalarda Dushanba qishlogʻi 17-a. boshidan tilga olingan. 1924 y.dan To-jikiston Muxtor respublikasi poytaxti (1925 y.dan shahar). 1926 y. D. aholisi 5,6 ming kishi boʻlgan. Keyingi yillarda D.da koʻplab chiroyli maʼmuriy, oʻquv, madaniy va maishiy bi-nolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, S. Ayniy nomidagi opera va balet teatri, Firdavsiy nomidagi respublika millim kutubxonasi, "Tojikkon-sert", Borbad nomidagi kinokonsert zali, "Dushanba", "Tojikiston" meh-monxonalari, Tojikiston davlat millii un-ti, aerovokzal, "Rohat", "Saodat" choyxonalari, "Sadbarg" maishiy xizmat uyi, Kasaba uyushmalari Sa-royi, yozuvchilar uyi) va koʻp kavatli turar joy binolari qurilgan. Vaxdat, Gʻalaba, Vokzal oddi maydonlari, Ayniy nomidagi bogʻ bor. Tojik mumtoz adabiyoti ayeoschisi Abu Abdullo Rudakiyga, Abu Ali ibn Sino va Sadriddin Ayniyga haykal oʻrnatilgan, Ayniy va Mirzo Tursunzodaga makbara barpo qilingan. Botanika bogʻi, mineralogiya muzeyi va b. bor.
 
D. 20-a. oʻrtalaridan yirik ilmiy va madaniy markazga aylandi. D.da Tojikiston Respublikasi FA va ilmiy tadqiqot in-tlari ishlab turibdi. 15 oliy oʻquv yurtida qariyb 50 ming tolib, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 6 mingga yaqin oʻquvchi, hunar-texnika bilim yurtlari, litsey va kollejda 6 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim olmoqda.
 
D.da 7 teatr (S. Ayniy nomli Akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va b.), filarmoniya, sirk, 8 kinoteatr, "Tojikfilm" kinostudiyam, Firdavsiy nomli Milliy kutubxona, FA ning Markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shaqar Markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi, radio, telemarkaz, respublika telegraf agentligi va b. bor. D.da poligrafiya k-ti, "Irfon", "Adib", "Maorif", "Donish", "Sharqi ozod" nashriyotlari, Tojikiston en-siklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. 30 ga yaqin nomda tojik, oʻzbek, rus, ingliz va b. tillarda gazeta, 13 nomda jurnal nashr etiladi. Shaharda 27 kasalxona, 60 vrachlik ambulatoriya-poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya st-yasi, 5 stadion, sport sa-royi, 7 suzish havzasi mavjud. D. at-rofidagi (Hisor togʻlarining jan. yon bagʻirlarida) manzarali tog daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.
 
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
== Havolalar ==

Navigatsiya