Luhansk: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

15-Aprel 2013, 18:43 dagi koʻrinishi

Lugansk (1935-58 va 1970-90 y.larda Voroshilovgrad) — Ukrainadagi shahar, Lugansk viloyati markazi. Donbassning (Donetskdan soʻng) ikkinchi muhim shahri. Lugan va Olxovaya daryolarining qoʻshilish joyida. T.y. tuguni. Aeroport bor. Aholisi 480 ming kishi (1997). Donbassning yirik mashinasozlik markazi. Teplovozsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, "Dinamo", "Uglepribor", akkumulyatorlar, kuvurlar va boshqa z-dlar, yengil (mayin movut k-ti, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik f-kalari), yogʻochsozlik, kimyo-farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3-oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Sharqiy Ukraina un-ti), 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, 3 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, V. I. Dal uymuzeyi) mavjud. L. 1975 y.da Yekaterinoslav (1797 y.dan Lugansk) choʻyan quyish z-di ishchilari uchun qurilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil