Kimxob: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Aprel 2013, 18:59 dagi koʻrinishi

Kimxob (fors.) — tanda ipi zar, arqogʻi ipakdan gul (naqsh) hosil qilib toʻqilgan qimmatbaho mato. Zar ipining rangiga qarab sariq K., kumush rang (oq) K. deb nomlangan; ipakning rangiga qarab koʻk K., pushti K., qizil K. farqlangan. Boy xonadonlardagi ayol va erkaklarning ustki kiyimlari (toʻn, nimcha, kamzul, paranji va b.), asosan, K.dan tikilgan. K. toʻqish Buxoro, Shahrisabz, Gʻijduvon shaharlarida qadimdan rivojlangan. 20a. 20-y.larigacha Turkiston oʻlkasining chet ellarga chiqaradigan asosiy matolaridan hisoblangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil