Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 29: Qator 29:


==== Ijtimoiy liberalizm ====
==== Ijtimoiy liberalizm ====
Ijtimoiy liberalizm [[XIX]] asr oxirida [[utilitarizm]] ta'siri ostida yuzaga keldi. Ba'zi liberallar, to'liq yoki qisman, [[marksizm]] va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun o'z hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. [[Jon Dyui]] va [[Mortimer Adler]] kabi ba'zi faylasuflar ''barcha'' individuumlar, jamiyat asosi sifatida, o'z qobiliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi ta'sirlardan himoya kabi muxim extiyojlar bilan ta'minlanishi kerak deb ko'rsatishdi. Bunday jamiyat ta'minlovchi [[pozitiv xuquq]], aralashmaslikka asoslangan, [[negativ xuquq]]dan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ xuquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv xuquqlar kafolati berilishi zarurdir deb ta'kidlashadi, chunki amalda kam ta'minlangan axoli yashab qolish maqsadida ba'zi xuquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga ba'zi cheklanishlar kiritishni qo'llab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh ko'tarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun axolini (soliqlar yordamida) ijtimoiy ximoya qilishini kutadi.
Ijtimoiy liberalizm [[XIX asr]] oxirida [[utilitarizm]] ta'siri ostida yuzaga keldi. Ba'zi liberallar, to'liq yoki qisman, [[marksizm]] va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun o'z hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. [[Jon Dyui]] va [[Mortimer Adler]] kabi ba'zi faylasuflar ''barcha'' individuumlar, jamiyat asosi sifatida, o'z qobiliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi ta'sirlardan himoya kabi muxim extiyojlar bilan ta'minlanishi kerak deb ko'rsatishdi. Bunday jamiyat ta'minlovchi [[pozitiv xuquq]], aralashmaslikka asoslangan, [[negativ xuquq]]dan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ xuquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv xuquqlar kafolati berilishi zarurdir deb ta'kidlashadi, chunki amalda kam ta'minlangan axoli yashab qolish maqsadida ba'zi xuquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga ba'zi cheklanishlar kiritishni qo'llab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh ko'tarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun axolini (soliqlar yordamida) ijtimoiy ximoya qilishini kutadi.


[[Tasvir:Logo_Liberal_International.gif|frame|left|Xalqaro liberal partiyalar federatsiyasi bo'lgan «Liberal internatsional» belgisi]]
[[Tasvir:Logo_Liberal_International.gif|frame|left|Xalqaro liberal partiyalar federatsiyasi bo'lgan «Liberal internatsional» belgisi]]

24-Dekabr 2007, 16:07 dagi koʻrinishi

Xalqni yo'llatuvchi erkinlik, Eugène Delacroix, 1830, Luvr

Liberalizm (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning o'zini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya.

Liberalizmning asosiy printsiplari

Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muxim siyosiy ma'lumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini ta'minlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bo'lgan ko'pgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning iloxiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental printsiplari quyidagilarni o'z ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi xuquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy ko'rinishda liberalizm kamchilikning xuquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni ko'zda tutadi. Ba'zi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning o'z imkoniyatlarida tengligini, ma'lumot olishi va foyda ko'rishidagi farqni qisqartirishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat o'z majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini ta'minlashi lozimligini ko'rsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat ko'rsatish davlat majburiyatlaridan biridir.

Liberallarning qarashlariga binoan hukumat o'z qaramog'idagi insonlarning qiziqishlarini ko'zda tutib faoliyat ko'rsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi ko'pchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozirda liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi liberal demokratiyadir.

Ko'rib chiqish

Etimologiya va tarixiy ishlatilishi

"Liberal" so'zi lotincha: liber ("erkin") degan so'zdan kelib chiqadi. Tit Liviy "Rim shaxri asoslanishi vaqtidan tarixi" kitobida plebeylar va patritsiylar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib o'tadi. Mark Avreliy o'zining "Fikr yuritishlarida" "barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va so'z erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor o'z qo'l ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat" haqida so'z olib boradi. Italiyada renessans davrida ushbu kurash mustaqil shaxar-davlatlar va Rim Papasi orasida ko'tarila boshladi. Nikolo Makiavelli "Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida o'ylar" asarida respublikancha boshqaruv printsiplarini ta'riflaydi. Angliyada Jon Lokk va Frantsiyada ma'lumot targ'ibotchilari erkinlik uchun kurashni inson xuquqlari tushuncha asosida ta'riflashdi.

Frantsiya respublikasi davlat muxri. Boshdan yo'g'uvchi nur qadimgi yunon xudosi Geliosdan olingan.

AQSH mustaqilligi uchun urush natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqarivi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urg'u berildi. Frantsiya burjuaziyasi ham buyuk frantsuz revolyutsiyasi vaqtida liberal printsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. "Liberal" so'zini siyosiy yo'nalish tarafdorlariga nisbatan dastlab absolyutizmga qarshi bo'lgan 1812 y. Ispaniya konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan bo'lishi kerak. XVIII asrdan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy ideologiyaga aylandi. Liberal fikrlarni amalga oshirishda dastlabki harakatlar qisman natija berardi, ba'zida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi (diktaturalarning paydo bo'lishi). Tenglik va erkinlik shiorlaridan avantyristlar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. Urushlar, revolyutsiyalar, iqtisodiy inqirozlar ideallarga ishonchni yo'qotardi. Shu kabi sabablar tufayli "liberalism" turli davrlarda turlicha talqin qilinadi. Vaqt o'tishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada eng keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri - liberal demokratiya yuzaga keldi.

Liberalizm shakllari

Dastlab liberalizm barcha xuquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qo'lida bo'lishi kerak, davlat esa shu xuquqlarni himoya qilish uchun mavjud bo'lishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi (klassik liberalizm). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda ko'pgina oqimlarni o'z ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto to'qnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan "Inson xuquqlari deklaratsiyasida" ko'rsatib o'tilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada "siyosiy liberalizm" - demokratiya uchun va absolyutizm yoki avtoritarizmga qarshi kurash; "iqtisodiy liberalizm" - shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; "madaniy liberalizm" - shaxs erkinligini himoya qilish va unga vatanparvarlik yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; "ijtimoiy liberalizm" - imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi ma'nolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qo'shilishidan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari orasida asosan sog'lom yashash muxiti va kolonializmga qarshi "og'alik liberalizmi" keng tarqalgan.

Siyosiy liberalizm

Siyosiy liberalizm - aloxida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, ijtimoiy institutlar individuumlarni real hokimiyat bilan ta'minlash uchun mavjud deb ta'kidlovchi qarash. Angliyaning Buyuk erkinlik xartiyasi (1215 y.) ba'zi shaxs xuquqlarining monarxdan kengroq doirada qo'llanilishi namunasidir. Bunda asosiy xolat ijtimoiy shartnomadan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar o'zlari qonun yaratishadi va o'zlari shu qonunga bo'y sunishadi. Qonun ustuvorligiga aloxida urg'u beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, e'tiqodi va xokazolardan qat'iy nazar ovoz berish xuquqini o'z ichiga oladi.

Iqtisodiy liberalizm

Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi xuquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori "erkin xususiy korxonadir". Davlatni aralashmaslik printsipiga (laissez-faire) asoslangan kapitalizm muqobil deb bilinadi, bunda davlat subsidiyasi va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish ko'zda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb ta'kidlashadi. Ularning ba'zilari davlat monopoliya va kartellarni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, ya'ni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb ta'kidlashadi. Ba'zilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki sud tizimi kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham ta'sir o'tkazishiga yo'l qo'yishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli libertianlikda yaqqol namoyon bo'lgan. Boshqa ko'rinishlari minarxizm va anarxo-kapitalizmdir. (Qarang: neoliberalizm, liberalizatsiya).

Madaniy liberalizm

Madaniy liberalizm e'tiborini dastlab ong va xayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, e'tiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni o'z ichiga oladi. Jon Styuart Mill o'zining "Erkinlik haqida" essesida quyidagini ta'lidlaydi: "Odamalrning mustaqil yoki guruxda bo'lib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi - o'z-o'zini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat a'zosi ustidan hukm o'tkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin". Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning adabiyot va san'at, ilmiy guruxlar faoliyati, qimor o'yinlar, foxishabozlik, jinsiy aloqaga kirish yoshi, abort, kontratseptiv vositalardan foydalanish, evtanaziya, alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi soxalarni boshqarishiga e'tiroz qilishadi. Xozirgi kunda Niderlandiya madaniy liberalizm eng yuqori darajasida bo'lgan davlat bo'lishi kerak.

Ijtimoiy liberalizm

Ijtimoiy liberalizm XIX asr oxirida utilitarizm ta'siri ostida yuzaga keldi. Ba'zi liberallar, to'liq yoki qisman, marksizm va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun o'z hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. Jon Dyui va Mortimer Adler kabi ba'zi faylasuflar barcha individuumlar, jamiyat asosi sifatida, o'z qobiliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi ta'sirlardan himoya kabi muxim extiyojlar bilan ta'minlanishi kerak deb ko'rsatishdi. Bunday jamiyat ta'minlovchi pozitiv xuquq, aralashmaslikka asoslangan, negativ xuquqdan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ xuquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv xuquqlar kafolati berilishi zarurdir deb ta'kidlashadi, chunki amalda kam ta'minlangan axoli yashab qolish maqsadida ba'zi xuquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga ba'zi cheklanishlar kiritishni qo'llab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh ko'tarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun axolini (soliqlar yordamida) ijtimoiy ximoya qilishini kutadi.

Fayl:Logo Liberal International.gif
Xalqaro liberal partiyalar federatsiyasi bo'lgan «Liberal internatsional» belgisi

Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv xuquqlar negativ xuquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yo'l qo'yish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb ko'rishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy ximoyadan iborat va o'z ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan ta'minlash, tibbiy yordam, o'rta ta'lim, nafaqa bilan ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni ximoya qilish, fan va san'atni ximoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qo'yish imkoniyatini yo'qotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish bo'lgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. O'ng va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urg'u berishadi. Ba'zi tadqiqotchilar pozitiv va negativ xuquqlarni qarama-qarshi qo'yish sun'iy va noo'rin deb ko'rsatishadi, chunki "negativ" xuquqlarni ta'minlash o'z navbatida jamiyatdan manbalar talab qiladi (masalan, mulk egaligi xuquqini ta'minlash uchun yuridik apparatdan foydalanish).

Og'alik liberalizmi

Liberal fikrning rivojlanishi

Manbalari

Inqilobiy liberalizm