Gvatemala: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 164 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q774 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
{{Gvatemala_info}}
{{Gvatemala_info}}

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Gvatemala''' (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) — Markaziy Amerikaning shim.gʻarbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytaxti — Gvatemala sh. Maʼmuriy jihatdan 22 departamentga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. G. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986 y. 14 yanv.da kuchga kirgan, 1994 y.da oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, umumiy ovoz berish yoʻli b-n 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Milliy kongress. Ijroiya hokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. G. hududining yarmidan koʻp qismi 1000—3000 m balandlikdagi togʻlik boʻlib, jan.da qator vulkanlar (Taxumulko — 4217 m, Akatenango — 3975 m va b.) eni 40—60 km dan oshmaydigan pasttekislikka tutashib ketadi. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Foydali qazilmalari: polimetallar, oltin, kumush, neft, xromit va marganes rudalari. Iqlimi — subekvatorial, passatmusson. Oʻrtacha t-ra: pasttekisliklarda 23—27", togʻ oralaridagi platolarda 15—20°. Yillik yogʻin: togʻlarning shim.sharqiy yon bagʻirlarida 3500 mm gacha, jan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, payettekisliklar va ichki botiklarda 500—1000 mm. Motagua, Polochik daryolarida kema qatnaydi. Isabel kuli bor. Hududining 60% ga yaqini doimiy yashil tropik oʻrmonlar b-n qoplangan, togʻlikning ichki qismlarida qaragʻaydub oʻrmonlari, jan.da barg tashlovchi oʻrmonlar, savannalar va butazorlar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch, kauchuk beradigan daraxt koʻp. Milliy bogʻlari — Tikal, Rio-Dulse, Atitlan va b.

Aholisi. Asosan ispan-indeys duragaylari (ladinolar) boʻlib, ular gvatemallar millatining oʻzagini tashkil etadi. Qolganlari kiche, kakchikel, mame, kekchi va b. elatlardan iborat. Shahar aholisi — 38,4%. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar.

Tarixi. Mil. av. 2-ming yillikkacha G. hududida yashagan indeys qabilalari dehqonchilik va ovchilik b-n shugʻullangan. Mil. boʻsagʻasida paydo boʻlgan shaharlarda mayya madaniyati vujudga keldi. 1523 y. ispanlar G.ni bosib oldi, koʻpgina mahalliy qabilalarni qirib tashlab, Ispaniya mustamlakasiga aylantirdi. 1560 y.da G. general-kapitanligi tashkil etildi. 1821 y., Ameri-kadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi davomida (1810—26) mamlakat mustaqillikka erishdi. 1824 y.da qulchilik bekor qilindi. 1823 y. 1 iyulda poytaxti Gvatemala sh. boʻlgan Markaziy Amerika birlashgan viloyatlari nomli federativ respublika tuzildi. 1839 y. Markaziy Amerika federatsiyasi parchalanib, G., Gonduras, Nikaragua, Salvador va Kostarika davlatlari ajralib chiqdi. l-jahon urushida G. Antanta tarafida boʻldi. 1898-1920 va 1931-44 y.lar mamlakatda diktatorlik tuzumi hukmronlik qidsi. Prezident X. Arbens Gusman hukumati (1951—54) bir qancha tadbirlarni amalga oshirishga intildi, lekin harbiy fitna natijasida agʻdarildi. 1954—65 va 1970—85 y.larda ham turli harbiy guruxdar tomonidan toʻntarishlar uyushtirildi. 1985 y.dan fuqarolar hukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. G. 1945 y.dan — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).

Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy avangard partiyasi; Institutsion-demokratik partiya, 1965 y. tuzilgan; G. mehnat partiyasi, 1949 y. tuzilgan; G. xristian-demokratik partiyasi, 1968 y.

da asos solingan; G. respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozodlik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma muxtor federatsiyasi, 1957 y. tuzilgan; Kasaba uyushma birligi milliy qoʻmi-tasi, 1976 y.da asos solingan; Kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; Mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; G. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi .

Xoʻjaligi. G. — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamlakat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shuningdek abaku, efir moyli ekinlar, tamaki ham yetishtiriladi. Asosiy oziqovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kartoshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2darajali ahamiyatga ega. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Qimmatbaho yogʻoch (balsa, bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tayyorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qoʻrgʻoshin, nikel, simob, kumush, oz mikdorda neft (mamlakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, koʻnchilik, toʻqimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari z-dlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. — 819 km, avtomobil yoʻllari uz. — 17,3 ming km. Panamerika avtoyoʻli G. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, goʻsht, yogʻoch, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomobillar, asbob-uskuna, neft keltiriladi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ketsal .

Maorifi, ilmiy va madaniy muassasalari. Boshlangʻich maktablar huzurida bolalar bogʻchalari va maktabgacha tarbiya boʻlimlari bor. Boshlangich taʼlim 6 y.

lik (qishloq joylarda 3 y.lik), oʻrta maktablar 5 y.lik; hunar-texnika maktablari ham bor. 5 un-tda mutaxassislar tayyorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago muzeyida qurol-yarogʻ, mebel, sanʼat asarlari, Qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyida mayyakiche madaniy obidalari, Milliy tarix va nafis sanʼat muzeyida rassomlik, haykaltaroshlik, gravyura buyumlari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy kutubxona mavjud. I. t. va tajriba-konstruktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. I. t. markazlari: Atom energiyasi in-ti, Elektrlashtirish in-ti, Antropologiya va tarix in-ti, Geogr. in-ti, Meteorologiya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyakiche tili akademiyasi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: "Diario de Sentroamerika" ("Markaziy Amerika gazetasi", 1880 y.dan), "Imparsial" ("Xolis", kundalik kechki gaz., 1922 y.

dan), "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1969 y.dan), "Ora" ("Soat", kundalik kechki gaz., 1944 y.dan), "Prensa libre" ("Erkin matbuot", kundalik gaz., 1951 y.dan). Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, u 1931 y. tashkil etilgan. Mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. "Voye de Guatemala" ("Gvatemala ovozi") hukumat radio st-yasi, bir qancha tijorat telestyalari mavjud.

Adabiyoti asosan ispan tilida. Mayya qabilalarining qad. madaniyatini, shu jumladan yuksak darajada rivojlangan adabiyotini mustamlakachilar yoʻq qilib yuborgan. Bir necha yodgorliklargina saqlanib qolgan. Ispaniya hukmronligi yillarida G. adabiyoti taqlidiy tusda boʻlgan. 18-a.dagina haqiqiy adabiy asarlar yaratildi (A. Pas-i-Salgado, R. Landivar kabi yozuvchilar). Mustaqillikka erishilgach, adabiyoti romantik yoʻnalishdan bordi. 19-a. oxirlarida realistik roman paydo boʻldi. 20-a. boshlaridagi adabiy jarayonda modernizm oqimi hukmronlik qiddi. 19-a. — 20-a. birinchi yarmida R. A. Salasar, E. Martines Sobral, M. Soto Xoll, F. Kalderon Avila, R. Alevalo Martines kabi realist yozuvchilar ijod qilishdi. 1944—54 y. inqilobidan soʻng M. A. Asturias, L. Kordosa-i-Aragon, R. Leyva, O. R. Gonsales, U. Alvarado va b. mashhur boʻldi .

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. 3— 9-a.larda G. hududida mayya indeyslarining madaniyati va sanʼati gullab yashnagan. Tikal, Kaminaliuyu, Kirigua markazlarida oʻsha davrga mansub piramida yoki minora shaklidagi poydevorga qurilgan ibodatxonalar, saroylar, ehromlar, boʻrtma tasvirli toshlar saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli uylardan tashkil topgan toʻgʻri koʻchali yangi shaharlar (Antigua, Chichikastenango) barpo etildi. Qalin devorli azim binolar qurilib, barokko uslubiga xos ganchkorlik va oʻymakorlik naqshlari b-n bezatildi. Teatr, prezident saroyi, hukumat saroyi va b. shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda zamonaviy binolar qad koʻtardi.

Tasviriy sanʼatida xal k, ijodi anʼanalari davom etib kelmokda (qizil, oq va qora gazlamalardagi geometrik naqshlar, roʻmol va sholchalardagi odam, hayvon tasvirlari va har xil naqshlar, loy va sopol idishlarga ishlangan turli bezaklar va b.). Rassomlik sanʼati liniy anʼanalar taʼsirida rivojlandi. 19—20-a.

larda indeyslarning turmush manzaralari tasvirlangan asarlar yaratildi (rassomlar A. Galves Suares, T. Fonseka, R. Laso, haykaltaroshlar X. Urruela, R. Galeotti Torres va b.). G.da toʻquvchilik, kashtachilik, kulolchilik, palma bargidan turli buyumlar yasash kabi badiiy hunarmandchilik keng tarqalgan. Gvatemala sh.da milliy nafis sanʼat maktabi, Kesaltenangoda mahalliy nafis sanʼat maktabi mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->

'''Gvatemala''' (Gvatemala Respublikasi) poytaxti — [[Gvatemala (shahar)|Gvatemala]] shahri. [[BMT]] aʼzosi

{{stub}}
{{stub}}
Qator 8: Qator 43:

{{Link FA|bs}}
{{Link FA|bs}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}

13-Mart 2013, 21:02 dagi koʻrinishi

Gvatemala Respublikasi
ShiorLibre Crezca Fecundo
(Ispancha: Mustaqillik va Hosildorlik Oʻssin)
Madhiya: Himno Nacional de Guatemala
Gvatemala Davlat Madhiyasi
Location of Gvatemala
Poytaxt Gvatemala shahri
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Otto Pérez Molina
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
15-sentabr 1821
Maydon
• Butun
108,890 km2 (106-oʻrin)
• Suv (%)
0.4
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
14,655,189 (62-oʻrin)
• Zichlik 134/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$62,970 mil. (69-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$4,297
Pul birligi Quetzal (GTQ)
Vaqt mintaqasi UTC−6
• Yoz (DST)
UTC−6
Qisqartma GT
Telefon prefiksi 502
Internet domeni .gt

Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) — Markaziy Amerikaning shim.gʻarbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytaxti — Gvatemala sh. Maʼmuriy jihatdan 22 departamentga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. G. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986 y. 14 yanv.da kuchga kirgan, 1994 y.da oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, umumiy ovoz berish yoʻli b-n 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Milliy kongress. Ijroiya hokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. G. hududining yarmidan koʻp qismi 1000—3000 m balandlikdagi togʻlik boʻlib, jan.da qator vulkanlar (Taxumulko — 4217 m, Akatenango — 3975 m va b.) eni 40—60 km dan oshmaydigan pasttekislikka tutashib ketadi. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Foydali qazilmalari: polimetallar, oltin, kumush, neft, xromit va marganes rudalari. Iqlimi — subekvatorial, passatmusson. Oʻrtacha t-ra: pasttekisliklarda 23—27", togʻ oralaridagi platolarda 15—20°. Yillik yogʻin: togʻlarning shim.sharqiy yon bagʻirlarida 3500 mm gacha, jan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, payettekisliklar va ichki botiklarda 500—1000 mm. Motagua, Polochik daryolarida kema qatnaydi. Isabel kuli bor. Hududining 60% ga yaqini doimiy yashil tropik oʻrmonlar b-n qoplangan, togʻlikning ichki qismlarida qaragʻaydub oʻrmonlari, jan.da barg tashlovchi oʻrmonlar, savannalar va butazorlar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch, kauchuk beradigan daraxt koʻp. Milliy bogʻlari — Tikal, Rio-Dulse, Atitlan va b.

Aholisi. Asosan ispan-indeys duragaylari (ladinolar) boʻlib, ular gvatemallar millatining oʻzagini tashkil etadi. Qolganlari kiche, kakchikel, mame, kekchi va b. elatlardan iborat. Shahar aholisi — 38,4%. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar.

Tarixi. Mil. av. 2-ming yillikkacha G. hududida yashagan indeys qabilalari dehqonchilik va ovchilik b-n shugʻullangan. Mil. boʻsagʻasida paydo boʻlgan shaharlarda mayya madaniyati vujudga keldi. 1523 y. ispanlar G.ni bosib oldi, koʻpgina mahalliy qabilalarni qirib tashlab, Ispaniya mustamlakasiga aylantirdi. 1560 y.da G. general-kapitanligi tashkil etildi. 1821 y., Ameri-kadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi davomida (1810—26) mamlakat mustaqillikka erishdi. 1824 y.da qulchilik bekor qilindi. 1823 y. 1 iyulda poytaxti Gvatemala sh. boʻlgan Markaziy Amerika birlashgan viloyatlari nomli federativ respublika tuzildi. 1839 y. Markaziy Amerika federatsiyasi parchalanib, G., Gonduras, Nikaragua, Salvador va Kostarika davlatlari ajralib chiqdi. l-jahon urushida G. Antanta tarafida boʻldi. 1898-1920 va 1931-44 y.lar mamlakatda diktatorlik tuzumi hukmronlik qidsi. Prezident X. Arbens Gusman hukumati (1951—54) bir qancha tadbirlarni amalga oshirishga intildi, lekin harbiy fitna natijasida agʻdarildi. 1954—65 va 1970—85 y.larda ham turli harbiy guruxdar tomonidan toʻntarishlar uyushtirildi. 1985 y.dan fuqarolar hukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. G. 1945 y.dan — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).

Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy avangard partiyasi; Institutsion-demokratik partiya, 1965 y. tuzilgan; G. mehnat partiyasi, 1949 y. tuzilgan; G. xristian-demokratik partiyasi, 1968 y.

da asos solingan; G. respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozodlik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma muxtor federatsiyasi, 1957 y. tuzilgan; Kasaba uyushma birligi milliy qoʻmi-tasi, 1976 y.da asos solingan; Kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; Mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; G. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi .

Xoʻjaligi. G. — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamlakat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shuningdek abaku, efir moyli ekinlar, tamaki ham yetishtiriladi. Asosiy oziqovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kartoshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2darajali ahamiyatga ega. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Qimmatbaho yogʻoch (balsa, bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tayyorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qoʻrgʻoshin, nikel, simob, kumush, oz mikdorda neft (mamlakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, koʻnchilik, toʻqimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari z-dlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. — 819 km, avtomobil yoʻllari uz. — 17,3 ming km. Panamerika avtoyoʻli G. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, goʻsht, yogʻoch, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomobillar, asbob-uskuna, neft keltiriladi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ketsal .

Maorifi, ilmiy va madaniy muassasalari. Boshlangʻich maktablar huzurida bolalar bogʻchalari va maktabgacha tarbiya boʻlimlari bor. Boshlangich taʼlim 6 y.

lik (qishloq joylarda 3 y.lik), oʻrta maktablar 5 y.lik; hunar-texnika maktablari ham bor. 5 un-tda mutaxassislar tayyorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago muzeyida qurol-yarogʻ, mebel, sanʼat asarlari, Qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyida mayyakiche madaniy obidalari, Milliy tarix va nafis sanʼat muzeyida rassomlik, haykaltaroshlik, gravyura buyumlari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy kutubxona mavjud. I. t. va tajriba-konstruktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. I. t. markazlari: Atom energiyasi in-ti, Elektrlashtirish in-ti, Antropologiya va tarix in-ti, Geogr. in-ti, Meteorologiya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyakiche tili akademiyasi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: "Diario de Sentroamerika" ("Markaziy Amerika gazetasi", 1880 y.dan), "Imparsial" ("Xolis", kundalik kechki gaz., 1922 y.

dan), "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1969 y.dan), "Ora" ("Soat", kundalik kechki gaz., 1944 y.dan), "Prensa libre" ("Erkin matbuot", kundalik gaz., 1951 y.dan). Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, u 1931 y. tashkil etilgan. Mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. "Voye de Guatemala" ("Gvatemala ovozi") hukumat radio st-yasi, bir qancha tijorat telestyalari mavjud.

Adabiyoti asosan ispan tilida. Mayya qabilalarining qad. madaniyatini, shu jumladan yuksak darajada rivojlangan adabiyotini mustamlakachilar yoʻq qilib yuborgan. Bir necha yodgorliklargina saqlanib qolgan. Ispaniya hukmronligi yillarida G. adabiyoti taqlidiy tusda boʻlgan. 18-a.dagina haqiqiy adabiy asarlar yaratildi (A. Pas-i-Salgado, R. Landivar kabi yozuvchilar). Mustaqillikka erishilgach, adabiyoti romantik yoʻnalishdan bordi. 19-a. oxirlarida realistik roman paydo boʻldi. 20-a. boshlaridagi adabiy jarayonda modernizm oqimi hukmronlik qiddi. 19-a. — 20-a. birinchi yarmida R. A. Salasar, E. Martines Sobral, M. Soto Xoll, F. Kalderon Avila, R. Alevalo Martines kabi realist yozuvchilar ijod qilishdi. 1944—54 y. inqilobidan soʻng M. A. Asturias, L. Kordosa-i-Aragon, R. Leyva, O. R. Gonsales, U. Alvarado va b. mashhur boʻldi .

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. 3— 9-a.larda G. hududida mayya indeyslarining madaniyati va sanʼati gullab yashnagan. Tikal, Kaminaliuyu, Kirigua markazlarida oʻsha davrga mansub piramida yoki minora shaklidagi poydevorga qurilgan ibodatxonalar, saroylar, ehromlar, boʻrtma tasvirli toshlar saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli uylardan tashkil topgan toʻgʻri koʻchali yangi shaharlar (Antigua, Chichikastenango) barpo etildi. Qalin devorli azim binolar qurilib, barokko uslubiga xos ganchkorlik va oʻymakorlik naqshlari b-n bezatildi. Teatr, prezident saroyi, hukumat saroyi va b. shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda zamonaviy binolar qad koʻtardi.

Tasviriy sanʼatida xal k, ijodi anʼanalari davom etib kelmokda (qizil, oq va qora gazlamalardagi geometrik naqshlar, roʻmol va sholchalardagi odam, hayvon tasvirlari va har xil naqshlar, loy va sopol idishlarga ishlangan turli bezaklar va b.). Rassomlik sanʼati liniy anʼanalar taʼsirida rivojlandi. 19—20-a.

larda indeyslarning turmush manzaralari tasvirlangan asarlar yaratildi (rassomlar A. Galves Suares, T. Fonseka, R. Laso, haykaltaroshlar X. Urruela, R. Galeotti Torres va b.). G.da toʻquvchilik, kashtachilik, kulolchilik, palma bargidan turli buyumlar yasash kabi badiiy hunarmandchilik keng tarqalgan. Gvatemala sh.da milliy nafis sanʼat maktabi, Kesaltenangoda mahalliy nafis sanʼat maktabi mavjud.[1]

Gvatemala (Gvatemala Respublikasi) poytaxti — Gvatemala shahri. BMT aʼzosi

Andoza:Link FA

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil