Boburiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqola yangilandi
Qator 1: Qator 1:
'''Boburiylar davlati''' — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517 y.dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga bo‘ysunmay qo‘ydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Lo‘diy, Mevarda Rano Sango mustaqillik e’lon qildilar. bo‘lgan jangda (q. Panipat janglari) Ibrohim Lo‘diyni yengib, Agra va Dexlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (mas, Mahmud G‘aznaviy, Amir Temur va b.) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527 y.ning mart oyida Sikri yonida bo‘lgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shim. Hindistonni bo‘ysundirdi. Bobur 1530 y. dek. oyida vafot etdi. U o‘zi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari o‘g‘illariga: Xindistonni to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyunta, Panjobni Komron Mirzota, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun o‘z mulkini kengaytirish maqsadida 1534 y. Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afg‘on sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon b-n Chousa va Qunuj (Kanauj)da bo‘lgan janglarda mag‘lubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh Tahmasp huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shim. Hindiston 1555 y.gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555 y. Humoyun chig‘atoy, afg‘on, eron, turkman va ko‘chmanchi o‘zbek qabilalaridan katta qo‘shin to‘plab, Hindistonga yurish qildi, o‘sha yilning iyun oyida Skandarshoh Surni yengib, Dexlini egalladi. Lekin oradan bir yil o‘tgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok bo‘ldi. 1556 y. taxtga uning hali balog‘atga yetmagan ugli Akbar o‘tqazildi. Akbar (1542—1605) B. d. hukmronligiga qarshi bosh ko‘targan Xemu va Skandar Sur ustidan g‘alaba qozondi, keyinchalik B.d.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha bo‘lgan yerlar B. d. tasarrufiga o‘tdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Yer solig‘i, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul solig‘i b-n almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq to‘plovchilarning maoshi (dorug‘a)ni, chopar hamda amaldorlar uchun to‘lanadigan yig‘im (qo‘nalg‘a)ni, bozordan yig‘iladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida o‘rin egalladi. Savdo yo‘llarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar 16-a.ning 60—70-y.larida bir qator islohotlar o‘tkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol o‘ynadi. Akbarning o‘g‘li Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, B. d.ni kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir 1614 y. Mevarni, 1615 y. Assomni va 1621 y. Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afg‘on qabilalarining g‘alayonlarini bartaraf etib, ularni bo‘ysundirdi. 1624 y.dan boshlab hokimiyat uning o‘qimishli va tadbirkor xotini Hyp Jahon qo‘liga o‘tdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning o‘g‘illari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. 1622 y. Xurram otasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, oxiri taslim bo‘ldi. U faqat otasining vafotidan (1627) keyingina Shoh Jahon nomi b-n taxtga o‘tirdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 433Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Lo‘diy va b.)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—36 y.larda Dekan hokimliklarini bo‘ysundirdi, 1638 y.da Qandahorni egalladi. B.d.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni bo‘ysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida B. d. taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot o‘sdi.Avrangzeb hukmronligining oxirgi yillarida Dekanda marathalar, shim. da afg‘on qabilalari, Panjobda sikhlar, Mevar va Marvarda rajputlar qo‘zg‘olonlari tufayli B. d. og‘ir ahvolga tushib qoldi. Avrangzeb vafotidan so‘ng ichki kurashlar kuchaydi. Undan tashqari, yevropaliklar (Portugaliya, Daniya, Gollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada mamlakat maydamayda davlatlarga bo‘linib ketdi. B. d. 1858 y. ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.Madaniyati. B. d. mahalliy xalqlar madaniyati tarixida progressiv rol o‘ynagan; bu yerda obodonchilik va madaniy turmushga katta e’tibor berilgan; ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilgan, yangi yerlar o‘zlashtirilgan, bog‘rog‘lar bunyod etilgan, shaharsozlik, hunarmandchilik (qog‘oz i.ch., zargarlik, kulolchilik, temirchilik, qandolatpazlik, to‘quvchilik va b.) taraqqiy etgan. Tarixiy hujjatlarda gazlamaning 100 ga yaqin nomi keltirilganligi mamlakatda to‘quvchilik keng ko‘lamda taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Boburiylar mahalliy xalq b-n tobora yaqinlashish siyosatini olib borganlar, idora qilishda mahalliy urfodatlarga rioya etganlar. Akbar musulmon bo‘lmagan xalqlardan olinadigan jizya solig‘ini bekor qilgan, turlituman dinlarga e’tiqod qiluvchi qabila hamda xalqlarni kelishtirish maqsadida turli dinlar aqidalari majmuidan iborat umumiy "Dini ilohiy" joriy etishga harakat qilgan.B.d. b-n Movarounnahrdagi davlatlar o‘rtasida dastlabki rasmiy madaniy aloqalar 16-a. 30-y.laridan boshlangan bo‘lsada, Bobur Hindistonni zabt etgan vaqtdayoq ko‘plab shoir, sozanda, bastakor, xonanda, miniatyurachi rassomlarni olib ketgan edi. 16-a. 2-yarmida shayboniylardan Abdullaxon II Akbar saroyiga bir qancha miniatyurachi rassomlar (xususan, Muhammad Murod Samarqandiy)ni, 1585 y. o‘z elchilari (shoir Mushfiqiy va b.) ni yuborgan. 1613 y. Buxoro xoni Imomqulixon Jahongirshoh huzuriga, Jahongirshoh ham o‘z navbatida Buxoroga o‘z elchilari (bular orasida hindistonlik mashhur hakim Hoziq ham bo‘lgan) ni yo‘llagan. 1660 y. B.d.ga ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645—80)ning , 1685 y. Buxoroga Avrangzebning elchilari borgan. Movarounnahrdan elchilar hay’atida yuborilgan adabiyot va san’at ahllaridan tashqari turli sabablar b-n B. d.ga kelib yashab qolgan shoirlar, me’mor va miniatyura ustalari ko‘p bo‘lgan. B. d.da ro‘y bergan ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar, madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilmfan, adabiyot, san’at, me’morlik taraqkiy etgan, astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va b. shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniysektantlik harakati g‘oyalari (turli diniy e’tiqoddagi xalqlar tengligi va b.)ni targ‘ib qiluvchi "Bhakti" poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyandalaridan biri Tulsidas (1532—1624) mashhur "Ramayana" dostonini yaratgan. Ayni vaqtda Shim. Hindistonda forsiy va turkiy tillarda, Markaziy Hindiston (Dekan) da urdu tilida saroy poeziyasi taraqqiy etgan, qator nasriy va nazmiy asarlar (Bobur, Bayramxon, Omuliy, Soib Tabriziy, Zebunniso, Bedil, Mirzo G‘olib va b.ning asarlari) yaratilgan. Ijodda "hindmusulmon www.ziyouz.com kutubxonasi 434uslubi" (shoirlar o‘z asarlarida Hindiston tabiat manzaralarini, voqeahodisalarini tasvirlasalarda, forstojik she’riyatining an’anaviy shakl va obrazlaridan foydalanganlar) vujudga kelgan (Fayziy, "Nal va Daman"; Bedil, "Komde va Mudan" va b.), mahalliy xalklar b-n musulmon aholi o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, muhabbat goyalari tarannum etilgan. Adabiyotshunoslikka doir muhim asarlar (Bobur, "Aruz risolasi", Alouddavla ibn Yahyo Sayfiy Husayniy, "Nafois ulmaosirot"; Husayn Alixon Azimobodiy, "Nashtari ishq"; Shohnavozxon, "Maosir ulumaro"; Badriddin Kashmiriy, "Ravzat arrizvon va hadiqat alg‘ilmon" va b.) yuzaga kelgan. Movarounnahr, Hindiston va Afg‘oniston tarixi, jug‘rofiyasi, madaniy aloqalariga bag‘ishlangan asarlar (Bobur, "Boburnoma"; Abulfazl Allomiy, "Tarixi Akbarshohiy"; Nizomuddin Axmad, "Tabaqoti Akbariy"; Mirzo Salim Jahongir, "Tuzuki Jahongiriy"; Jahongirshoh, "Jahongirnoma"; Gulbadanbegim, "Humoyunnoma"; Badovuniy, "Muntaxab uttavorix"; Muhammad Mustaidxon Soqiy, "Maosiri Olamgiriy" va b.) yaratildi. Hind, arab va turkiy xalqlar badiiy va ilmiy adabiyoti nodir yodgorliklari tarjimasiga ham katta e’tibor berildi. Xususan, geometriyaga doir "Lilavatiy", "Atharvaveda" asarlari, "Mahabharata", "Ramayana" xalq dostonlari (sanskritchadan), Yoqut alHamaviynit jug‘rofiyaga oid "Mu’jam ulbuldon" asari (arabchadan), Kamoliddin Dabiriyning "Hayot ulhayvon" va Boburning "Boburnoma"si (eski o‘zbek tilidan fors tiliga) tarjima qilingan.16—18-a.lar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan Movarounnahr va Hindiston me’morlik uslublarining uyg‘unlashuvi — yangi "hindmusulmon uslubi" bo‘yicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora marmardan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — haqiq, marvarid, sadaf, kahrabo, zumrad, yoqut va b. hamda fil suyagi b-n bezatilgan. Qurilishga Movarounnahr, Hindiston, Eron va Turkiya me’morlari boshchilik qilgan. Bu davr me’moriy yodgorliklaridan Humoyun maqbarasi (1565), Baland darvoza (1576), Tojmahal (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. FotihpurSikri sh. qal’asi, Ajmir va Ollohoboddagi qal’alar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va E’timoduddavla maqbaralari, Agradagi La’l qal’a, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va b. B.d.ning yirik me’morlik obidalaridan hisoblanadi.B.d.da miniatyura san’ati (q. Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16-a. 2-yarmi — 18-a.)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xo‘ja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish b-n shug‘ullanganlar. Bu asarga bag‘ishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy san’atda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. B.d. miniatyura maktabiga uning so‘nggi yillarida O‘rta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (q. "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. www.ziyouz.com kutubxonasi 435Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakka’i" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va b.), Mirsayyid Ali mo‘yqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qo‘lyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqpanmoqda.B. d.da musiqa san’ati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movarounnahr va Eron musiqa san’ati an’analari ta’sirida yanada boyigan. Tarixchi Xaydar Mirzo (1499—1551) ning "Tarixi Rashidiy" asarida aytilishicha, bu yerda Movarounnahr musiqiy asboblaridan torlikamonli sozlar ko‘proq tarqalgan.Ad.: Gulbadanbegim, Humoyunnoma, T., 1959; Neru Dj., Otkritiye Indii, M., 1955;Sinxa N. K.,Banerdji A. G., Istoriya Indii, M., 1954; Bartold V. V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, 2 izd., M., 1926; Nizomiddinov I. G‘., XVI—XVIII ayerlarda O‘rta Osiyo —Hindiston munosabatlari, T., 1966; Indiyskiye miniatyuri XV1XVIII vv., M., 1971; Tyulyayev S. I., Iskusstvo v Indii, M., 1968; Azimjonova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.
'''Boburiylar davlati''' — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517 y.dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524 y.lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. 1525 y. Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shim. Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur b-n ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, 1525 y. kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. 1526 y.ning apr. oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (q. Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dexlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (mas, Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur va b.) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527 y.ning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shim. Hindistonni boʻysundirdi. Bobur 1530 y. dek. oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunta, Panjobni Komron Mirzota, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida 1534 y. Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon b-n Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh Tahmasp huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shim. Hindiston 1555 y.gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555 y. Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koʻchmanchi oʻzbek qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Skandarshoh Surni yengib, Dexlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. 1556 y. taxtga uning hali balogʻatga yetmagan ugli Akbar oʻtqazildi. Akbar (1542—1605) B. d. hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Skandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik B.d.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar B. d. tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi b-n almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar 16-a.ning 60—70-y.larida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, B. d.ni kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir 1614 y. Mevarni, 1615 y. Assomni va 1621 y. Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. 1624 y.dan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Hyp Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. 1622 y. Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan (1627) keyingina Shoh Jahon nomi b-n taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va b.)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—36 y.larda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, 1638 y.da Qandahorni egalladi. B.d.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida B. d. taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi.
Avrangzeb hukmronligining oxirgi yillarida Dekanda marathalar, shim. da afgʻon qabilalari, Panjobda sikhlar, Mevar va Marvarda rajputlar qoʻzgʻolonlari tufayli B. d. ogʻir ahvolga tushib qoldi. Avrangzeb vafotidan soʻng ichki kurashlar kuchaydi. Undan tashqari, yevropaliklar (Portugaliya, Daniya, Gollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada mamlakat maydamayda davlatlarga boʻlinib ketdi. B. d. 1858 y. ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.
Madaniyati. B. d. mahalliy xalqlar madaniyati tarixida progressiv rol oʻynagan; bu yerda obodonchilik va madaniy turmushga katta eʼtibor berilgan; koʻplab sugʻorish inshootlari qurilgan, yangi yerlar oʻzlashtirilgan, bogʻrogʻlar bunyod etilgan, shaharsozlik, hunarmandchilik (qogʻoz i.ch., zargarlik, kulolchilik, temirchilik, qandolatpazlik, toʻquvchilik va b.) taraqqiy etgan. Tarixiy hujjatlarda gazlamaning 100 ga yaqin nomi keltirilganligi mamlakatda toʻquvchilik keng koʻlamda taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Boburiylar mahalliy xalq b-n tobora yaqinlashish siyosatini olib borganlar, idora qilishda mahalliy urfodatlarga rioya etganlar. Akbar musulmon boʻlmagan xalqlardan olinadigan jizya soligʻini bekor qilgan, turlituman dinlarga eʼtiqod qiluvchi qabila hamda xalqlarni kelishtirish maqsadida turli dinlar aqidalari majmuidan iborat umumiy "Dini ilohiy" joriy etishga harakat qilgan.
B.d. b-n Movarounnahrdagi davlatlar oʻrtasida dastlabki rasmiy madaniy aloqalar 16-a. 30-y.laridan boshlangan boʻlsada, Bobur Hindistonni zabt etgan vaqtdayoq koʻplab shoir, sozanda, bastakor, xonanda, miniatyurachi rassomlarni olib ketgan edi. 16-a. 2-yarmida shayboniylardan Abdullaxon II Akbar saroyiga bir qancha miniatyurachi rassomlar (xususan, Muhammad Murod Samarqandiy)ni, 1585 y. oʻz elchilari (shoir Mushfiqiy va b.) ni yuborgan. 1613 y. Buxoro xoni Imomqulixon Jahongirshoh huzuriga, Jahongirshoh ham oʻz navbatida Buxoroga oʻz elchilari (bular orasida hindistonlik mashhur hakim Hoziq ham boʻlgan) ni yoʻllagan. 1660 y. B.d.ga ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645—80)ning , 1685 y. Buxoroga Avrangzebning elchilari borgan. Movarounnahrdan elchilar hayʼatida yuborilgan adabiyot va sanʼat ahllaridan tashqari turli sabablar b-n B. d.ga kelib yashab qolgan shoirlar, meʼmor va miniatyura ustalari koʻp boʻlgan. B. d.da roʻy bergan ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar, madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilmfan, adabiyot, sanʼat, meʼmorlik taraqkiy etgan, astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va b. shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniysektantlik harakati gʻoyalari (turli diniy eʼtiqoddagi xalqlar tengligi va b.)ni targʻib qiluvchi "Bhakti" poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyandalaridan biri Tulsidas (1532—1624) mashhur "Ramayana" dostonini yaratgan. Ayni vaqtda Shim. Hindistonda forsiy va turkiy tillarda, Markaziy Hindiston (Dekan) da urdu tilida saroy poeziyasi taraqqiy etgan, qator nasriy va nazmiy asarlar (Bobur, Bayramxon, Omuliy, Soib Tabriziy, Zebunniso, Bedil, Mirzo Gʻolib va b.ning asarlari) yaratilgan. Ijodda "hindmusulmon uslubi" (shoirlar oʻz asarlarida Hindiston tabiat manzaralarini, voqeahodisalarini tasvirlasalarda, forstojik sheʼriyatining anʼanaviy shakl va obrazlaridan foydalanganlar) vujudga kelgan (Fayziy, "Nal va Daman"; Bedil, "Komde va Mudan" va b.), mahalliy xalklar b-n musulmon aholi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik, muhabbat goyalari tarannum etilgan. Adabiyotshunoslikka doir muhim asarlar (Bobur, "Aruz risolasi", Alouddavla ibn Yahyo Sayfiy Husayniy, "Nafois ulmaosirot"; Husayn Alixon Azimobodiy, "Nashtari ishq"; Shohnavozxon, "Maosir ulumaro"; Badriddin Kashmiriy, "Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon" va b.) yuzaga kelgan. Movarounnahr, Hindiston va Afgʻoniston tarixi, jugʻrofiyasi, madaniy aloqalariga bagʻishlangan asarlar (Bobur, "Boburnoma"; Abulfazl Allomiy, "Tarixi Akbarshohiy"; Nizomuddin Axmad, "Tabaqoti Akbariy"; Mirzo Salim Jahongir, "Tuzuki Jahongiriy"; Jahongirshoh, "Jahongirnoma"; Gulbadanbegim, "Humoyunnoma"; Badovuniy, "Muntaxab uttavorix"; Muhammad Mustaidxon Soqiy, "Maosiri Olamgiriy" va b.) yaratildi. Hind, arab va turkiy xalqlar badiiy va ilmiy adabiyoti nodir yodgorliklari tarjimasiga ham katta eʼtibor berildi. Xususan, geometriyaga doir "Lilavatiy", "Atharvaveda" asarlari, "Mahabharata", "Ramayana" xalq dostonlari (sanskritchadan), Yoqut alHamaviynit jugʻrofiyaga oid "Muʼjam ulbuldon" asari (arabchadan), Kamoliddin Dabiriyning "Hayot ulhayvon" va Boburning "Boburnoma"si (eski oʻzbek tilidan fors tiliga) tarjima qilingan.
16—18-a.lar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan Movarounnahr va Hindiston meʼmorlik uslublarining uygʻunlashuvi — yangi "hindmusulmon uslubi" boʻyicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora marmardan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — haqiq, marvarid, sadaf, kahrabo, zumrad, yoqut va b. hamda fil suyagi b-n bezatilgan. Qurilishga Movarounnahr, Hindiston, Eron va Turkiya meʼmorlari boshchilik qilgan. Bu davr meʼmoriy yodgorliklaridan Humoyun maqbarasi (1565), Baland darvoza (1576), Tojmahal (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. FotihpurSikri sh. qalʼasi, Ajmir va Ollohoboddagi qalʼalar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va Eʼtimoduddavla maqbaralari, Agradagi Laʼl qalʼa, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va b. B.d.ning yirik meʼmorlik obidalaridan hisoblanadi.

B.d.da miniatyura sanʼati (q. Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16-a. 2-yarmi — 18-a.)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xoʻja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish b-n shugʻullanganlar. Bu asarga bagʻishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy sanʼatda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. B.d. miniatyura maktabiga uning soʻnggi yillarida Oʻrta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (q. "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakkaʼi" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va b.), Mirsayyid Ali moʻyqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qoʻlyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqpanmoqda.

B. d.da musiqa sanʼati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movarounnahr va Eron musiqa sanʼati anʼanalari taʼsirida yanada boyigan. Tarixchi Xaydar Mirzo (1499—1551) ning "Tarixi Rashidiy" asarida aytilishicha, bu yerda Movarounnahr musiqiy asboblaridan torlikamonli sozlar koʻproq tarqalgan.


== Adabiyotlar ==
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Gulbadanbegim, Humoyunnoma, T., 1959; Neru Dj., Otkritiye Indii, M., 1955;Sinxa N. K.,Banerdji A. G., Istoriya Indii, M., 1954; Bartold V. V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, 2 izd., M., 1926; Nizomiddinov I. Gʻ., XVI—XVIII ayerlarda Oʻrta Osiyo —Hindiston munosabatlari, T., 1966; Indiyskiye miniatyuri XV1XVIII vv., M., 1971; Tyulyayev S. I., Iskusstvo v Indii, M., 1968; Azimjonova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

11-Mart 2013, 19:41 dagi koʻrinishi

Boburiylar davlati — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517 y.dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524 y.lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. 1525 y. Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shim. Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur b-n ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, 1525 y. kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. 1526 y.ning apr. oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (q. Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dexlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (mas, Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur va b.) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527 y.ning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shim. Hindistonni boʻysundirdi. Bobur 1530 y. dek. oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunta, Panjobni Komron Mirzota, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida 1534 y. Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon b-n Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh Tahmasp huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shim. Hindiston 1555 y.gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555 y. Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koʻchmanchi oʻzbek qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Skandarshoh Surni yengib, Dexlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. 1556 y. taxtga uning hali balogʻatga yetmagan ugli Akbar oʻtqazildi. Akbar (1542—1605) B. d. hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Skandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik B.d.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar B. d. tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi b-n almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar 16-a.ning 60—70-y.larida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, B. d.ni kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir 1614 y. Mevarni, 1615 y. Assomni va 1621 y. Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. 1624 y.dan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Hyp Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. 1622 y. Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan (1627) keyingina Shoh Jahon nomi b-n taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va b.)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—36 y.larda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, 1638 y.da Qandahorni egalladi. B.d.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida B. d. taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi.

Avrangzeb hukmronligining oxirgi yillarida Dekanda marathalar, shim. da afgʻon qabilalari, Panjobda sikhlar, Mevar va Marvarda rajputlar qoʻzgʻolonlari tufayli B. d. ogʻir ahvolga tushib qoldi. Avrangzeb vafotidan soʻng ichki kurashlar kuchaydi. Undan tashqari, yevropaliklar (Portugaliya, Daniya, Gollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada mamlakat maydamayda davlatlarga boʻlinib ketdi. B. d. 1858 y. ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.

Madaniyati. B. d. mahalliy xalqlar madaniyati tarixida progressiv rol oʻynagan; bu yerda obodonchilik va madaniy turmushga katta eʼtibor berilgan; koʻplab sugʻorish inshootlari qurilgan, yangi yerlar oʻzlashtirilgan, bogʻrogʻlar bunyod etilgan, shaharsozlik, hunarmandchilik (qogʻoz i.ch., zargarlik, kulolchilik, temirchilik, qandolatpazlik, toʻquvchilik va b.) taraqqiy etgan. Tarixiy hujjatlarda gazlamaning 100 ga yaqin nomi keltirilganligi mamlakatda toʻquvchilik keng koʻlamda taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Boburiylar mahalliy xalq b-n tobora yaqinlashish siyosatini olib borganlar, idora qilishda mahalliy urfodatlarga rioya etganlar. Akbar musulmon boʻlmagan xalqlardan olinadigan jizya soligʻini bekor qilgan, turlituman dinlarga eʼtiqod qiluvchi qabila hamda xalqlarni kelishtirish maqsadida turli dinlar aqidalari majmuidan iborat umumiy "Dini ilohiy" joriy etishga harakat qilgan.

B.d. b-n Movarounnahrdagi davlatlar oʻrtasida dastlabki rasmiy madaniy aloqalar 16-a. 30-y.laridan boshlangan boʻlsada, Bobur Hindistonni zabt etgan vaqtdayoq koʻplab shoir, sozanda, bastakor, xonanda, miniatyurachi rassomlarni olib ketgan edi. 16-a. 2-yarmida shayboniylardan Abdullaxon II Akbar saroyiga bir qancha miniatyurachi rassomlar (xususan, Muhammad Murod Samarqandiy)ni, 1585 y. oʻz elchilari (shoir Mushfiqiy va b.) ni yuborgan. 1613 y. Buxoro xoni Imomqulixon Jahongirshoh huzuriga, Jahongirshoh ham oʻz navbatida Buxoroga oʻz elchilari (bular orasida hindistonlik mashhur hakim Hoziq ham boʻlgan) ni yoʻllagan. 1660 y. B.d.ga ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645—80)ning , 1685 y. Buxoroga Avrangzebning elchilari borgan. Movarounnahrdan elchilar hayʼatida yuborilgan adabiyot va sanʼat ahllaridan tashqari turli sabablar b-n B. d.ga kelib yashab qolgan shoirlar, meʼmor va miniatyura ustalari koʻp boʻlgan. B. d.da roʻy bergan ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar, madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilmfan, adabiyot, sanʼat, meʼmorlik taraqkiy etgan, astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va b. shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniysektantlik harakati gʻoyalari (turli diniy eʼtiqoddagi xalqlar tengligi va b.)ni targʻib qiluvchi "Bhakti" poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyandalaridan biri Tulsidas (1532—1624) mashhur "Ramayana" dostonini yaratgan. Ayni vaqtda Shim. Hindistonda forsiy va turkiy tillarda, Markaziy Hindiston (Dekan) da urdu tilida saroy poeziyasi taraqqiy etgan, qator nasriy va nazmiy asarlar (Bobur, Bayramxon, Omuliy, Soib Tabriziy, Zebunniso, Bedil, Mirzo Gʻolib va b.ning asarlari) yaratilgan. Ijodda "hindmusulmon uslubi" (shoirlar oʻz asarlarida Hindiston tabiat manzaralarini, voqeahodisalarini tasvirlasalarda, forstojik sheʼriyatining anʼanaviy shakl va obrazlaridan foydalanganlar) vujudga kelgan (Fayziy, "Nal va Daman"; Bedil, "Komde va Mudan" va b.), mahalliy xalklar b-n musulmon aholi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik, muhabbat goyalari tarannum etilgan. Adabiyotshunoslikka doir muhim asarlar (Bobur, "Aruz risolasi", Alouddavla ibn Yahyo Sayfiy Husayniy, "Nafois ulmaosirot"; Husayn Alixon Azimobodiy, "Nashtari ishq"; Shohnavozxon, "Maosir ulumaro"; Badriddin Kashmiriy, "Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon" va b.) yuzaga kelgan. Movarounnahr, Hindiston va Afgʻoniston tarixi, jugʻrofiyasi, madaniy aloqalariga bagʻishlangan asarlar (Bobur, "Boburnoma"; Abulfazl Allomiy, "Tarixi Akbarshohiy"; Nizomuddin Axmad, "Tabaqoti Akbariy"; Mirzo Salim Jahongir, "Tuzuki Jahongiriy"; Jahongirshoh, "Jahongirnoma"; Gulbadanbegim, "Humoyunnoma"; Badovuniy, "Muntaxab uttavorix"; Muhammad Mustaidxon Soqiy, "Maosiri Olamgiriy" va b.) yaratildi. Hind, arab va turkiy xalqlar badiiy va ilmiy adabiyoti nodir yodgorliklari tarjimasiga ham katta eʼtibor berildi. Xususan, geometriyaga doir "Lilavatiy", "Atharvaveda" asarlari, "Mahabharata", "Ramayana" xalq dostonlari (sanskritchadan), Yoqut alHamaviynit jugʻrofiyaga oid "Muʼjam ulbuldon" asari (arabchadan), Kamoliddin Dabiriyning "Hayot ulhayvon" va Boburning "Boburnoma"si (eski oʻzbek tilidan fors tiliga) tarjima qilingan.

16—18-a.lar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan Movarounnahr va Hindiston meʼmorlik uslublarining uygʻunlashuvi — yangi "hindmusulmon uslubi" boʻyicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora marmardan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — haqiq, marvarid, sadaf, kahrabo, zumrad, yoqut va b. hamda fil suyagi b-n bezatilgan. Qurilishga Movarounnahr, Hindiston, Eron va Turkiya meʼmorlari boshchilik qilgan. Bu davr meʼmoriy yodgorliklaridan Humoyun maqbarasi (1565), Baland darvoza (1576), Tojmahal (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. FotihpurSikri sh. qalʼasi, Ajmir va Ollohoboddagi qalʼalar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va Eʼtimoduddavla maqbaralari, Agradagi Laʼl qalʼa, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va b. B.d.ning yirik meʼmorlik obidalaridan hisoblanadi.

B.d.da miniatyura sanʼati (q. Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16-a. 2-yarmi — 18-a.)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xoʻja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish b-n shugʻullanganlar. Bu asarga bagʻishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy sanʼatda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. B.d. miniatyura maktabiga uning soʻnggi yillarida Oʻrta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (q. "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakkaʼi" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va b.), Mirsayyid Ali moʻyqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qoʻlyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqpanmoqda.

B. d.da musiqa sanʼati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movarounnahr va Eron musiqa sanʼati anʼanalari taʼsirida yanada boyigan. Tarixchi Xaydar Mirzo (1499—1551) ning "Tarixi Rashidiy" asarida aytilishicha, bu yerda Movarounnahr musiqiy asboblaridan torlikamonli sozlar koʻproq tarqalgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Gulbadanbegim, Humoyunnoma, T., 1959; Neru Dj., Otkritiye Indii, M., 1955;Sinxa N. K.,Banerdji A. G., Istoriya Indii, M., 1954; Bartold V. V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, 2 izd., M., 1926; Nizomiddinov I. Gʻ., XVI—XVIII ayerlarda Oʻrta Osiyo —Hindiston munosabatlari, T., 1966; Indiyskiye miniatyuri XV1XVIII vv., M., 1971; Tyulyayev S. I., Iskusstvo v Indii, M., 1968; Azimjonova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.