World Book Encyclopedia — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
(→‎Jildlar: Ma'lumot)
 
== Jildlar ==
Ensiklopediyaning birinchi nashri 8 jildli boʻlgan va 1917-yil nashr qilingan. 1918-yil jildlar soni 10 ga yetgan. 1918-yil davomli tahrir qilish metodi kirgizilgan. 1925-yildan boshlab har yili yangi nashr chiqarilgachiqarila boshlangan. 1929-yilgi nashri 13 jildda boʻlgan. 1933-yilgi nashrida boʻlsa jildlar soni 19 ga yetgan. 1960-yilgi nashr 20 jildli qilib chop etilgan. 1971-yildan beri „Dunypo kitobi“ 22 jildda chiqarilib kelayapti.
 
Yillar davomida „Dunyo kitobi“ning dizayni oʻzgacha boʻlib kelmoqda. Boshqa ensiklopediyalardan farqli oʻlaroq, „Dunyo kitobi“ [[alifbo]] harflariga moslashtirilib har xil qalinlikdagi jildlarda chop etiladi. Koʻp jildlar faqat bitta harf boʻyicha mavzularni qamraydi. Juda koʻp maqolaga ega harflar („C“ va „S“) ikki jildga boʻlingan. Yonma-yon joylashgan va ozroq maqolaga ega harflar („J“—„K“, „N“—„O“, „Q“—„R“, „U“—„V“ va „W“—„Z“) bir jildda berilgan. Ensiklopediya muharrirlari muhim maqolalarni koʻpincha alohida sahifada ajratib berishgan.

Navigatsiya