Giorgio Vasari: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Mart 2013, 20:15 dagi koʻrinishi

VAZARI (Vasari) Jorjo (1511.30.7, Aresso — 1574. 27.6, Florensiya) — italyan meʼmori, rassom, sanʼat tarixchisi. Manerizm vakili. Asosan Florensiyada ishlagan: Palatsso Vek-ko devoriga ishlangan suratlar, 1555—71; Uffitsi meʼmoriy ansambli, 1560 (hozir muzey) va b. "Mashhur rassom, haykaltarosh va meʼmorlar tar-jimai holi" asari (1550) da italyan rassom va meʼmorlari hayoti va ijodi, shuningdek Uygʻonish davri sanʼati rivoji haqida qimmatli maʼlumotlar yoritilgan. VAZELIN (frans. vaseline, nem. wasser— suv va yun. elaion — zaytun moyi) — mineral moy b-n qattiq uglevodorodlar (parafin, serezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, taʼmi yoʻq. 37—50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qoʻllash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. V. kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qoʻllaniladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir etadi va terini har xil zararli taʼsirlardan saqlaydi; texnik maqsadlarda (qogʻoz, mato va sh. k. ga singdirish uchun), shuningdek elektrotexnika va lab. amaliyotida, texnikada antifraksion va himoya qiluvchi surkov moyi sifatida ishlatiladi.Vazelin moyi (parafin moyi)— neft distillatini tozalab olina-digan uglevodorodlar aralashmasi, tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi (surunkali qabziyatda kuniga 1—2 osh qoshiqsan ichiladi) va surtmaga qoʻshiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil