Aholi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"thumb|350px|1994-yilga binoan dunyo aholisining tarqalishi thumb|150px|Kalit '''Aholi'''..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
Qator 26: Qator 26:
* [http://referat.arxiv.uz Maʼlumotlar ombori]
* [http://referat.arxiv.uz Maʼlumotlar ombori]


[[категория:Aholi]]
[[Turkum:Aholi]]





9-Mart 2013, 11:38 dagi koʻrinishi

1994-yilga binoan dunyo aholisining tarqalishi
Kalit

Aholi — Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan — Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960—1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini — uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va b. kiradi.

Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy Aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlar id an tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon Aholisining soni, uning koʻpayish sur`ati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiyiqgisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar Aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari Aholisining soni va uning oʻsish sur`atlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqdAholi Faqat ayrim joylarda va baʼzi bir davrlarda urushlar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar natijasida aholi oʻsish sur`atlarining vaqtincha pasayishi, uning mutlaq sonining esa qisqarishi kuzatilgan.

Yer kurrasi aholisi

Yer kurrasi Aholisining soni koʻp ming yillar davomida nihoyatda past sur`atlar bilan oʻsdi. Chamasi paleolit davrining oxirida (taxminan. miloddan 15 ming yil avval) aholi soni 3 mln. boʻlgan, neolit oxirida 50 mln. kishiga yetgan. Milod boshlarida Yer yuzida AHOLI soni 230 mln.ga yaqin boʻlgan. Milodiy 1000-yilda Yer sharidagi Aholi soni 275 mln. kishiga yetgan. 20-asr boshida Yer yuzi Aholi soni 1617 mln. kishini tashkil etdi. 1995-yilda Yer shari Aholisining soni 5,7 mlrd. kishiga yetdi. 1993-yil Yevropada 728 mln., Osiyoda 3336 mln., Afrikada 670 mln., Shim. va Markaziy Amerikada 442 mln., Janubiy Amerikada 308 mln., Avstraliya va Okeaniyada 28 mln. kishi yashadi. Aholi soni ning oʻsish sur`atlari 19-asrning oxiri 20-asr aholining 1 yarmida pasaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda esa yana oʻsdi. 20-asr oxirida Yer yuzidagi Aholining oʻrtacha yillik oʻsish sur`atlari 1,6—1,7 % ni tashkil etib, uning mutlaq soni yiliga 90—100 mln. kishiga koʻpaymoqda . Aholi BMT ning prognoziga koʻra, Yer shari Aholisining soni 2025-yilda 8,3 mlrd. kishiga yetadi.

Aholi sonining oʻsish sur`atlari

Aholi sonining oʻsish sur`atlari nisbatan yuqori darajadagi tugʻilish va past darajadagi oʻlim taʼsirida shakllanmoqa. Aholi 1995-yil Yer shari Aholisi tugʻili-shining umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan tugʻilganlar soni) 24,0 %o ni, oʻlimning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan oʻlganlar soni) 9 %o ni tashkil etdi. Oʻsha yili Afrika mamlakatlarida tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 41 %o ga teng boʻldi. Oʻlimning umumiy koeffitsiyenti Osiyoda 8 %o ni, Yevropada esa 11 %o ni tashkil etdi. Yer shari Aholisining muntazam koʻpayib borishi Aholining oʻrtacha umr koʻrishi bilan ham bogʻlikdir. 1995 yilda Aholining oʻrtacha umr davri Yevropada 74 yosh, Osiyoda 65 yosh, Shimoliy Amerikada 75 yoshni, Janubiy Amerikada 68 yosh, Afrikada 54 yosh, Avstraliya va Okeaniyada 73 yoshni tashkil etdi. Dunyoda aholining oʻrtacha umr davri yuqori boʻlgan mamlakatlar qatoriga Yaponiya (79 yosh), Shvetsiya, Shveytsariya, Avstraliya, Kanada, Fransiya (78 yosh), Gretsiya, Niderlandlar, Ispaniya, Italiya, Isroil, Belgiya (77 yosh), Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh (76 yosh) kiradi.

Oʻrtacha umr davri past boʻlgan mamlakatlar

Oʻrtacha umr davri past boʻlgan mamlakatlarga Markaziy Afrika Respublikasi (41 yosh), Afgʻoniston (43 yosh), Gvineya (44 yosh), Syerra Leone (46 yosh), Ruanda (46 yosh), Somali (47 yosh) va b. mamlakatlar kiradi. Oʻrtacha umr davrining uzayishi qariyalar soni va ulushining koʻpayishiga, yaʼni „Aholining qarishi“ jarayonining rivojlanishiga olib kelmoqdAholi Jahon mamlakatlarining aksariyatida (Hindiston, Nepal, Eron va b. istisno) ayollarning oʻrtacha umr koʻrishi erkaklarnikidan yuqori. Yer yuzida AHOLIning joylashishida, hududiy taqsimlanishi va qayta taqsimlanishida, irklar va xalqlar shakllanishida migratsiya jarayoni benihoya katta rol oʻynagan. Migratsiya murakkab iqtisodiy-ijtimoiy jarayon boʻlib siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot, ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy tarkibi hamda Aholining ijtimoiy faolligining kuchayishi bilan bogʻlangan. Migratsiya jarayonlarida asosan mehnatga yarokli yoshdagi Aholi faol ishtirok etadi. 1988—96 yillarda Sharqiy Yevropa davlatlari siyosiy hayotida boʻlib oʻtgan jiddiy oʻzgarishlar va ayniqsa, SSSRning parchalanib ketishi umumjahon miqyosidagi AHOLI migratsiyasini jadallashtirib yubordi.

Aholisi koʻp davlatlar

Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon — Aholi zichligidir. Yer kurrasi Aholisining oʻrtacha zichligi 1996-yilda 1 km2 ga 39 kishi boʻldi. Aholisoni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSh 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, Braziliya 156,5 mln. kishi, Rossiya 148 mln. kishi (1993). 90-yillarning boshida dunyo aholisi yiliga taxminan. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7 % da 70 % aholi yashaydi. Doimiy aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km2) aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1 km2 ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1 km2 ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon Aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (q. Shahar aholisi, Qishloq aholisi). Shahar Aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymokdAholi Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70 % dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30 %. Shahar Aholisining ulushi eng yuqori (80 % dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.

Millatlar

Dunyoda qariyib 3 ming xalq mavjud. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida ularning bir qismi millatga aylandi, boshqalari elat, uchinchilari esa — qabila guruhidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 120 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Oʻzbeklar mutlaq soniga koʻra dunyo xalqlari ichida 42 - oʻrinni egallaydi (30 mln. kishi, 2010). Dunyodagi mamlakatlarning aksariyati koʻp millatli hisoblanadi. Aholisi koʻp millatli mamlakatlarga Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Pokiston, Rossiya, Eron, Malayziya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va b. kiradi. Aholisi asosan bir millat vakillaridan tashkil toptan mamlakatlar — Turkiya (82 %), Germaniya (90 % dan ziyod), Yaponiya, KXDR va Koreya Respublikami (99 %, 1993), Bangladesh (98 %dan ortiq), Saudiya Arabistoni, Yaman, Gresiya (95 % dan ziyod) va b. kiradi. Dunyodagi bir qancha xalqlar (kurdlar, balujlar va b.) oʻz milliy davlatchiligiga eta emas. Binobarin kurdlarning umumiy soni 16 mln.dan ziyod boʻlib, ular asosan boʻlingan holda Turkiya, Iroq va Eronda yashaydi. Balujlar Eron va Pokistonda mavjud. Ozarbayjonlar oʻzining milliy davlatiga eta boʻlsa ham koʻpchiligi Eronda istiqomat qiladi. Xuddi shunday holat yahudiylar, armanlar va tojiklarga ham xos. Din koʻpchilik mamlakatlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan va koʻrsatmoqda, shuning uchun eʼtiqod qiluvchilar soni va geografik tarqalish sonini aniqlash katta ahamiyatga etAholi

Adabiyotlar va manbalar roʻyxati

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
  • Valentey D. I., Kvasha aholi L., Osnovi demografii, M., 1989; Strani Sentralnoy Azii v sovremennom mire, T., 1994; Migratsiya naseleniya Oʻzbekistana, T., 1986; Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T.,
  • Maʼlumotlar ombori