Burundi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 10: Qator 10:
== Tabiati ==
== Tabiati ==
[[File:Burundi sat.png|thumb|right|Burundining fazodan rasmga olingan tasviri]]
[[File:Burundi sat.png|thumb|right|Burundining fazodan rasmga olingan tasviri]]
[[File:рельеф Бурунди.png|thumb|left|Burundi relefi]]
[[File:Burundi map rus.svg|thumb|left|Burundi xaritasi]]
Burundi Sharqiy Afrika tog‘ligining shim.g‘arbida joylashgan. Kembriygacha hosil bo‘lgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, [[Nil]] va [[Kongo]] daryolari havzasi o‘rtasida bal. 2000—2500 m bo‘lgan suvayirg‘ich tizma bor. Yassitog‘lik jan.sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan.
Burundi Sharqiy Afrika tog‘ligining shim.g‘arbida joylashgan. Kembriygacha hosil bo‘lgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, [[Nil]] va [[Kongo]] daryolari havzasi o‘rtasida bal. 2000—2500 m bo‘lgan suvayirg‘ich tizma bor. Yassitog‘lik jan.sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan.



8-Mart 2013, 06:22 dagi koʻrinishi

Burundi Respublikasi
Repyblika y'u Burundi
République du Burundi
ShiorUnité, Travail, Progrès
(Fransuzcha: Ittiffoq, Mehnat, Taraqqiyot)
Madhiya: Burundi bwacu
Location of Burundi
Poytaxt Bujumbura
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Kirundi tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Piyer Nkurunziza
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Belgiya ma'muriyatidan)
• Sana
1-iyul 1962
Maydon
• Butun
27,830 km2 (146-oʻrin)
• Suv (%)
10
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
6,370,609 (100-oʻrin)
• Zichlik 228/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,399 mil. (165-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$691
Pul birligi Burundi Franc (BIF)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma BY
Telefon prefiksi 257
Internet domeni .bi


Burundi, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y.larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura shahri. Ma’muriy jihatdan 15 viloyatga bo‘linadi.

Davlat tuzumi

Burundi prezidenti Per Nkurunziza

Burundi — respublika. Davlat boshlig‘i — prezident. 1996-yil 25-iyuldagi davlat to‘ntarishi natijasida 1992-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan. Sentyabr oyida Millat majlisi va partiyalarning faoliyati qayta tiklandi. 1998-yil 18-iyulda Millat majlisi o‘rniga O‘tish davri millat majlisi tuzildi[1].

Tabiati

Burundining fazodan rasmga olingan tasviri
Burundi xaritasi

Burundi Sharqiy Afrika tog‘ligining shim.g‘arbida joylashgan. Kembriygacha hosil bo‘lgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, Nil va Kongo daryolari havzasi o‘rtasida bal. 2000—2500 m bo‘lgan suvayirg‘ich tizma bor. Yassitog‘lik jan.sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan.

Aholisi

Aholining 62% katoliklar, 32% mahalliy an’anaviy dinlarga amal qiladi, 6% musulmonlar. Rasmiy tili kirundi va fransuz tillari. Aholining 6,3% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Bujumbura, Gitega, Muramvya.

Tarixi

Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15—16-asrlarda efioid toifasiga mansub urushqoq kuchmanchichorvador qabilalar yashagan. Manbalarga ko‘ra, hozirigi kunda Burundi hududida 1558-yilda dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1-mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-a. oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. 1899-yilda Burundi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga qo‘shib olindi. 1-jahon urushi vaqtida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq Burundi Urundi nomi bilan Belgiya ixtiyoriga o‘tdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2 jahon urushidan so‘ng Afrikada boshlangan millim ozodlik harakati ta’sirida avj olib ketdi. 50-y.lar oxirida Burundidagi ozodlik harakati tashkiliy tuye ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo bo‘ldi. 1959-yil tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga o‘zini o‘zi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqtda turli partiya va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro nizo qo‘zg‘adi, qabmlalarnibir-biri bilan urishtirib qo‘ydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. 1962-yil 1-iyulda mustaqil deb e’lon qilindi. 1966-yil noyabrda monarxiya ag‘darilib, respublika e’lon qilindi. 1962-yildan BMT a’zosi. 1992-yil 6-yanvarda O‘zRning suverenitetini tan olgan.

Bayramlari

Milliy bayrami — 1-iyul, Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partnyalari va kasaba uyushmalarv. Birlik va milliy taraqqiyot partiyasi (UPRONA), 1959-yilda asos solingan; Burundida demokratiya uchun front, 1986-yilda asos solingan. Burundi mehnatkashlari ittifoqi kasaba uyushmasi, 1967-yilda tuzilgan.

Xo'jaligi

Burundi — iqtisodiy jihatdan suyet taraqqiy qilgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 13% ni sanoat, 48,5% ni qishloq xo'jaligi beradi. Mehnatga layoqatli aholining 90% qishloq xo'jaligi. (asosan dehqonchilik va chorvachilik)da band. Bug‘doy, oq jo‘xori, makkajo‘xori, banan, tariq, maniok, choy ekiladi. Kofe va paxta Burundining asosiy eksport ekinlaridir. Qoramol, echki, qo‘y boqiladi. Tanganika ko‘lidan baliq ovlanadi. Burundi sanoati endi rivojlanish bosqichiga kirdi. Mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan o‘rta va kichik sanoat korxonalari bor. Kofe va paxta tozalash, yer yong‘oq yog‘i ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi uskunalari, sovun, lakbo‘yoq zavodlari va poyabzal, mebel fkalari bor.

Transportlari

Burundida t. i. yo‘q. Ichki va tashkl yuklar avtomobil yo‘llari (uzunligi 6,3 ming km) hamda suv va havo yo‘llari orqali tashiladi. Tanganika ko‘lida kemalar qatnaydi (asosiy porti Bujumbura). Chetga kofe, paxta, ko‘nteri mahsuloti, qoramol, qalay konsentrati chiqaradi va chetdan to‘qimachilik, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, transport vositalari keltiradi. Belgiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi.

Ijtimoiy soha

Pul birligi — Burundi franki. Tibbiy xizmati, xalq maorifi, madaniy ma’rifiy va ilmiy muassasalarn. B.da 4,5 mingdan ortiq o‘rinli 30 ga yaqin kasalxona va 120 dan ziyod tibbiy markaz bor.1962 y.gacha aholining 98% savodsiz bo‘lgan. 1967-yildan davlat maktablarida o‘qish bepul. Burundida 6 yillik boshlangich maktablar, 6—7 y.lik o‘rta maktablar bor. Maktab o‘qituvchilari Bujumburadagi universitet va oliy pedagogika maktabida tayyorlanadi. Burundida qishloq xo'jaligi instituti (1958-yili tashkil etilgan) ham bor.

Ilmiy muassasalari

Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari inti, Gidrometeorologiya milliy markazi, Tibbiyot bo‘yicha tadqiqot laboratoriyasi. Bujumburada unt kutubxonasi va ommaviy kutubxona, Gitega shahrida Milliy muzey ishlaydi. Bujumburada Burundi madaniy markazi ochilgan.

Matbuoti

Radnoeshitgirishi va teleko‘rsatuvi. Burundidagi asosiy gaz. va jur. lar: "Renuvo dyu Burundi" ("Burundi tiklanishi", fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1978 y.dan), "Ubumve" ("Birlik", kirundi tilida chiqadigan haftalik gaz., 1971-yildan), "Byulleten ekonomik e finanse" ("Iktisodiy va moliyaviy byulleten", fransuz tilida oyiga 2 marta chikali), "Gid" ("Yo‘lnoma", fransuz va kirundi tilida chiqadigan oylik axborot byulleteni, 1970-yildan) "Kyultyur e sosete" ("Madaniyat va jamiyat", har chorakda fransuz tilida chiqadigan jur., 1978-yildan). Burundi matbuot agentligi — BAP 1976-yilda tuzilgan. Burundi milliy radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi 1960-yilda tashkil etilgan.

Me’morligi va tasviriy san’ati

Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak o‘rab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilann bo‘linadi. Qishloq qo‘rg‘onlari tepalnklar va qir yon bag‘irlariga tarqoq holda joylashgan. 50-y.lardan to‘g‘ri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo bo‘ldi. Tomini qo‘sh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura shimolida zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda bo‘yra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar to‘qish rivojlan’ gan. Buyumlar har xil naqshlar bilan bezatiladi. Yog‘ochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va o‘qdonlarni, g‘iloflarni yasaydilar.Musiqasi. Burundi an’anaviy musiqiy madaniyati qo‘shiqjanrlari, cholg‘u asboblari ijro uslubi xilma - xilligi bilan ajralib turadi. Turli rasmrusumlar, dafn marosimi va farzand tug‘ilishiga bag‘ishlangan o‘ziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, san’at an’analari muntazam ravishda o‘rganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi. [2]

Burundi (Burundi Respublikasi) poytaxti — Bujumbura shahri. BMT aʼzosi

Manbalar

  1. „Burundi set for one-name vote“. Al-Jazeera (28 июня 2010 года).
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Link FA Andoza:Link GA uz:Burundi