Boʻza: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 06:19 dagi koʻrinishi

Bo‘za — tariq, oqshoq, arpa, suli va bug‘doy kabi donlardan tayyorlanadigan, kayf beradigan ichimlik. O‘rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon B. tayyorlagan. Maye, tarikdan quyidagi usudda B. tayyorlangan: tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga (ko‘pincha kepakka ko‘mib) qo‘yiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maysalagach, o‘g‘irda yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan o‘tkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, ichishga tayyor bo‘ladi. To‘yimli va foydali chanqovbosar ichimlik hisoblanadi. Tarkibida 4—6% etil spirta, oqsil, yog‘, vitaminlar, mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston, Qirg‘izistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va ko‘p iste’mol qilinadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil