Bosh miya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 05:04 dagi koʻrinishi

Bosh miya — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi bo‘shlig‘ida joylashgan; u umurtqa pog‘onasi kanalidagi orqa miya b-n markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. B.m. uzunnoq miya, miya ko‘prigi, o‘rta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya orqamiya b-n miya ko‘prigi oralig‘ida joylashgan, uning ichki qismi nerv tolalaridan, tashqi (rombsimon) yuzasi V— XII juft bosh miya nervlarittt o‘zaklaridan tuzilgan. Miyacha B.m.ning ensa qismi ostida joylashgan. Miya ko‘prigi asosan nerv tolalari hamda kranial nervlar hujayralari to‘plamidan iborat bo‘lib, oldindan miya oyoqchalariga, orqadan uzunchoq miyaga tutashgan. Kubrik tarkibidagi kulrang o‘zakka B.m.dan harakatchan nervlar, orqadan uzunchoq miya orqali sezuvchi nervlar keladi va ko‘prik orqali miyacha o‘zaklariga borib muvozanatni saqlashda qatnashadi. Miya. oyoqchalari 4 tepalik va ularning yelkalari hamda miya suv yo‘lidan tuzilgan. Miya oyoqchalari asosan nerv tolalaridan iborat bo‘lib, B.m.ga ko‘prik va miyacha orqali qo‘shiladi. Oyoqchalardagi bir juft qizil o‘zaklar va suv yo‘li devoridagi III juft ko‘zni harakatlantiruvchi nervlarning o‘zaklari, qoramtir tuzilmalar muskullar tonusini saqlab, normal yurishni boshqaradi; 4 tepalikning ustki bir jufti ko‘zga tushgan nurni qabul qilib, boshni o‘sha tomonga buradi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi yoki torayishini ta’minlaydi; pastki ikkita do‘mboq esa quloqni tovushga moslash, boshni o‘sha tomonga burishni boshqaradi. Miya suv yo‘li III qorinchani i miya orinchalariga kirib, uning miya suyuqligi chiqaruvchi tomirli chigalini hosil qilishda qatnashadi. Yumshoq pardaning tashqi va ichki sathlaridagi bo‘shliq miya suyuqligi b-n to‘lib turadi. B.m. organizmdagi hamma a’zolarning kelishib ishlashini ta’minlaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil