Bobil: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Mart 2013, 00:36 dagi koʻrinishi

Bobil (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan — tangri darvozasi) — Mesopotamiyaning 2364— 2314) haqidagi afsonada va Ur davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan. B. Birinchi Bobil sulolasi (mil. av. 1894—1595) davrida katta rol o‘ynay boshlagan, Hammurapi davri(mil. av. 1792—1750) ga kelib esa nafaqat Mesopotamiyaning , balki butun Old Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xujalik markaziga aylangan. Taxm. 1595 y. B.nmxettlar, so‘ngrataxm. 1518 y. kassitlar bosib olgan. 13—12-a.larda shahar Ossuriya podsholari Tukultininurti I va Tiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan. Mil. av. 1-ming yillik boshlarida Ossuriya va oromiy qabilalaridan xaldeylar o‘rtasida B. uchun kurash bo‘lgan. Mil. av. 732 y.dan B. Ossuriya davlati tarkibida. Mil. av. 689 y. shahar isyon ko‘targanligi sababli Ossuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron etilgan. Taxm. mil. av. 680 y. Sinaxeribning vorisi Asarxaddon tomonidan kayta tiklangan. Mil. av. 626 y. Blagi hokimiyatni xaldey Nabopalasar (626—604) egallab olgan. Navuxodonosor II (604—562) davrida shahar gullabyashnagan, ravnaqtopgan. 538 y. B.ni forslar shohi Kir bosib olgan. Mil. av. 331 y. B.ni Iskandar Zulqarnayn zabt etgan. Mil. av. 312 y. B. Iskandarning sarkardalaridan biri Salavk qo‘li ostiga o‘tgan. Shu paytdan e’tiboran B. yetakchilik mavqeini yo‘qota borgan va mil. 2-a.ga kelib tarix sahnasidan uzilkesil tushib ketgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil