Biologiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 184 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q420 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
–[[Tasvir:Hayot.jpg|right|300px|thumb|[[Biosfera]] rassom tasavvurida.]]
–[[Tasvir:Hayot.jpg|right|300px|thumb|[[Biosfera]] rassom tasavvurida.]]
'''Biologiya''' ([[yunoncha]] βίος, ''bios'', "hayot"; va λόγος, ''logos'', "bilim") [[hayot]] va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U [[empiritsizm|empirik]] [[fan]]ning jonli [[organizm]]larning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni [[taksonomiya|saralaydi]], ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va [[atrof-muhit]] bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya [[botanika]], [[zoologiya]], [[fiziologiya]] kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat to`g`risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo`ladi. Chunki bu fanda ilgari o`rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig`indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. '''Kuzatish usuli.''' Eng dastlabki usullardan biri bo`lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotmagan.
'''Biologiya''' ([[yunoncha]] βίος, ''bios'', "hayot"; va λόγος, ''logos'', "bilim") [[hayot]] va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U [[empiritsizm|empirik]] [[fan]]ning jonli [[organizm]]larning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni [[taksonomiya|saralaydi]], ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va [[atrof-muhit]] bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya [[botanika]], [[zoologiya]], [[fiziologiya]] kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat to`g`risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo`ladi. Chunki bu fanda ilgari o`rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig`indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. '''Kuzatish usuli.''' Eng dastlabki usullardan biri bo`lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotmagan.

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Biologiya''' (bio... va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha kurinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat b-n o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. "B." terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi bo‘lib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burda[[x]] (1800) asarlarida ham uchraydi.Biologiya fanlari sistemasi. B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot ob’ektiga binoan B. botanika (o‘simliklarni o‘rganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni o‘rganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini o‘rganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni o‘rganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga bo‘linadi. Bu fanlar o‘z navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu b-n birga B. fanlarining bir-biri b-n va b. fanlar b-n qo‘shilyb ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, to‘qima va [[x]]ujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika o‘rganadi. O‘z navbatida bu fanlarni ham tekshirish ob’ektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, o‘simliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar ko‘pincha o‘zaro qo‘shilib yoki perimentator hisoblanadi (o‘sha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli to‘[[x]]tab qolgan bir davrda O‘rta Osiyo [[x]]ududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal sur’atlar b-n rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tari[[x]]ida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida o‘rin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb e’tirof etadi. U o‘zining "Hindiston" asarida tabiatni dara[[x]]tdagi eng bakuvvat va sog‘lom novdalarining o‘sishiga imkon beradigan bog‘bonga o‘[[x]]shatadi. Bu b-n u tirik organizmlar o‘rtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir bo‘lishini bashorat kiladi. Ibn Sit o‘z asarlarida o‘simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari to‘g‘risida yozib qoldirgan.Uyg‘onish davridagi geografik kashfiyotlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bog‘larining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va o‘simliklar to‘g‘risida ko‘plab asarlar paydo bo‘ladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urug‘i va mevasining tuzilishiga binoan o‘simliklarni tasnif qilishga urinib ko‘rdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur to‘g‘risidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-a.lardahayvonlar to‘g‘risida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo bo‘ladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli "Hayvonlar tari[[x]]i", italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari to‘g‘risidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 342sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) o‘zining qon aylanish sistemasi to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limotga katta zarba berilgan bo‘lsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Ko‘pchilik olimlar tu[[x]]um hujayraga ega bo‘lmagan tuban organizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-a.da mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan o‘simliklarda jinsiy tafovutlarning , italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan o‘simlik to‘qimalari, shuningdek baliklar tu[[x]]um hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop i[[x]]tiro qilinishi b-n bog‘liq. Bu kashfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvchi ikki oqimning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ulardan birinchilari—organizm mitti murtak holida tu[[x]]um hujayra ichida, ikkinchilari—urug‘ hujayra ichida bo‘ladi, keyingi o‘zgarishlar faqat miqdor o‘zgarishlardan iborat, degan [[x]]ato fiqolarni ilgari surdi (q. Preformizm). 17-a. o[[x]]iri va 18-a. boshlarida o‘simlik va hayvonlarning sun’iy sistemasini yaratish borasida bir qancha urinishlar bo‘ldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan ko‘proq o‘simliklarni tavsiflab, o‘simliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga bo‘ladi. Rey tur tushunchasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini ishlab chiqdi. Hayvonlar va o‘simliklarning mukammal sun’iy sistemasini shved tabiatshunosi K. Linney o‘zining "Tabiat sistemasi" (1735) asarida taklif qildi. Linney o‘z sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar b-n birga primatlar turkumiga kiritgan bo‘lsada, turlarning o‘zgarmasligi, dunyoni ilohiy kuch tomonidan yaratilganligi to‘g‘risidagi metafizik g‘oyani yoklab chiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni urug‘ va tur nomlari orqali atalishi) o‘simliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Lekin Linneyning sun’iy sistemasi ko‘pchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi. Shu sababdan bir qancha olimlar tabiiy sistemani tuzishga urinib ko‘rishdi. Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyuse 1789 y.da ishlab chikdi. Hayvonlar va o‘simliklarni sistemaga solish g‘oyasi hamma olimlarga ham bir [[x]]ilda ma’qul bo‘lmadi. Fransiyalik tabiatshunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, shu jumladan Linney sistemasiga ham qat’iy qarshi chiqadi. J. Byuffon "Tabiiyot tari[[x]]i" (1749—88) asarida hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni ko‘rsatadi, yaqin formalar o‘rtasidagi o‘[[x]]shashlikni ularning o‘zaro qarindoshligi b-n tushuntirishga harakat qiladi. Nemis vrachi va kimyogari G. Shtal kishi faoliyati uning ruhi tomonidan boshqarib borilishini ta’kidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy ta’sirlar b-n bogliqligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning "hayot tonusi" to‘g‘risidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning ta’sirlanish to‘g‘risidagi g‘oyasida (1753) o‘z ifodasini topadi. U va che[[x]] anatomi va fiziologi Y. Pro[[x]]oska miya ishtirokisiz ta’sirotni qabul qiluvchi hamda organlarni harakatlantiruvchi nerv kuchi borligini ko‘rsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 343o‘simliklarni hayvonlar nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod i. ch.ini ko‘rsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuaze, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olishi va oksidlanish reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Organik dunyoning tari[[x]]iy taraqqiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalar 18-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini e’lon qiladi va o‘simliklar b-n hayvonlar o‘rtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Minerallardan boshlab odamgacha bo‘lgan "tiriklik pog‘onasi" (gradatsiya) tamoyili, shveysar naturalisti Sh. Bonne (1745—64) fikricha, hayot tuzilishi va rivojlanishining uzluksizligini ko‘rsatadi. J. Byuffon Yer tari[[x]]i to‘g‘risidagi o‘z gipotezasini ishlab chikdi. Uning fikricha, Yer tari[[x]]i 80—90 ming yildan iborat bo‘lib, 7 davrga bo‘linadi, faqat eng so‘nggi davrda o‘simliklar, hayvonlar va odam paydo bo‘lgan. Fransuz olimi J. B. Lamark "Zoologiya falsafasi" (1809) asarida "tiriklik pog‘onasi"ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun [[x]]os bo‘lgan ichki progressga intilish (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir ■ bo‘lgan. Lamark evolyutsiyani to‘g‘ri tushuntirgan bo‘lsada, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuve tirik organizmlarning tari[[x]]iy almashinishi va bir qancha turlarning qirilib ketishini tushuntirish uchun o‘zining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi o‘[[x]]shashlik ularning kelib chiqishidagi o‘[[x]]shashlikni aks ettirishini ta’kidlaydi. T. Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 19-a.ning o‘rtalarida o‘simliklarning oziqlanish [[x]]ususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libi[[x]], J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini o‘rganish metodlari ishlab chiqilishi; I. M. Sechenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilishi ("Bosh miya reflekslari", 1863) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hoz. organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy [[x]]emosintez yo‘li b-n anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovchi [[x]]emosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi.19-a.da Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tari[[x]]ida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning "Turlarning paydo bo‘lishi..." (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy me[[x]]anizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin g‘oyalarining g‘alabasi b-n evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Hujayraning bo‘linishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming , 1882 va b.), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig , 1875; G. Fol www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 3441877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u b-n boglik bo‘lgan mitoz va meyozda [[x]]romosomalarning taqsimlanishini o‘rganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy a[[x]]borotning saqlanishi to‘g‘risida ko‘plab g‘oyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi b-n genetika faniga asos solindi.20-a. yangi B. fanlarining rivojlanishi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayishi b-n ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlanish B.si, evolyutsion ta’limot, ekologiya, biosfera haqida ta’limot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boshqa ko‘p tarmoqlari jadal sur’atlar b-n rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning [[x]]romosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya to‘g‘risidagi ta’limotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi. 20-a.ning o‘rtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini o‘rganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi ekanligi aniklandi (AQSH, O. Eyveri, 1944). DNK qush spirali tuzilishining o‘rganilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi. Bu kashfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi o‘rganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining ko‘rsatib berilishi 20-a. o‘rtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kashf etilishi oddiy mikroskopda ko‘rinmaydigan strukturalarni ko‘rishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil o‘rganishga imkon berdi. Nishonli atomlar usuli organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish uchun yo‘l ochdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini ko‘rsatib berdi. Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-a.ning 2-yarmida B.ning eng yosh sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez sur’atlar b-n rivojlana boshladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barcha sohalarida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga olib keldi; hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirib yubordi. 20-a.da hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Rus olimi I. M. Sechenov (1829—1905) nerv sistemasini o‘rganib, bosh miya reflekslari to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. I. P. Yaavlovshartli va shartsiz reflekslar, qon aylanish va ovqat hazm qilishning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qancha yirik kashfiyotlar qildi. Uning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ta’limoti Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez sur’atlar b-n rivojlana boshlaydi. O‘simliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo [[x]]lorofillni o‘rganishda ancha katta yutuqqa erishildi, [[x]]lorofill sintez qilindi, o‘simliklarni o‘stiradigan ba’zi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sun’iy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi, [[x]]ususan 20—30-y.larda madaniy o‘simliklarning www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 345kelib chiqish markazlari aniklandi; mutatsion o‘zgaruvchanlik, individlar sonining o‘zgarib turishi va izolyatsiyani tanlanishning muayyan yo‘nalishda ta’sir etishidagi o‘rni ochib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Chetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fisher, S. Rayt, J. Haqsli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va b.). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanishiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya to‘g‘risidagi ta’limotlarni o‘zida jo qilgan sintetik evolyutsion ta’limotni ishlab chiqishga imkon berdi (I. I. Shmalgauzen va b.). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) to‘g‘risidagi ta’limotlari B.ning katta yutuklaridan bo‘lib, inson b-n tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. V. Shelferd (1912, 1939), Ch. Elton (1934) va b.ning ishlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 20-a. o‘rtalaridan boshlab ekologiya erishgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qilish muammolari deyarli barcha B. fanlarini ekologiyalashtirishga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sun’iy genning sintezlanishi) gen injeneriyasi va biote[[x]]nologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos bo‘ldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez sur’atlar b-n rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning biologik [[x]]ilma[[x]]illigini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.O‘zbekistonda 20-a.ning 1-yarmida olib borilgan i. t. ishlari asosan o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish b-n bog‘liq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini ya[[x]]shilash, te[[x]]nika ekinlari va suv o‘tlarini o‘stirish usullari ishlab chiqildi; o‘simliklarning geoekologik tasnifi, iyerar[[x]]ik s[[x]]emasi taklif etildi; o‘simliklarning ekstremal sharoitga moslanish [[x]]ususiyatlari ochib Ye^rildi (Q. 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); g‘o‘zaning ekologik, anatomomorfologik va genetik [[x]]ususiyatlarini o‘rganish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yo‘ldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va b.). Mikrobiologik yo‘l b-n oqova suvlarni tozalash, ma’danlarni ajratib olish, q. [[x]]. chiqindilaridan yem[[x]]ashak tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, o‘simliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va b.). Ekologikfaunistik ishlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Ya[[x]]ontov, R. O. Olimjonov, A. T. To‘laganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va b.). 20-a.ning ikkinchi yarmida ayniqsa so‘nggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biote[[x]]nologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Tireoid gormonlarning ta’siri me[[x]]anizmi aniklandi (Yo. X. To‘raqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning ta’sir me[[x]]anizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). G‘o‘zada genetik belgilarning irsiylanish me[[x]]anizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. www.ziyouz.com kutub[[x]]onasi 346A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanishi insulin, interferon va o‘stiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va b.). B.ga oid tadqiqotlar O‘zbekiston FAning Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo intlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqda.B.ning zamonaviy muammolari. B.ning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion ta’sir ko‘rsatadigan muammolari molekulyar B., genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qo‘zg‘alish, tormozlanish va b.), fotova [[x]]emosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi b-n bog‘liq. Molekulyar B. sohasi hujayra ichida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turg‘unligining boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi me[[x]]anizmini o‘rganish ham B.ning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayralarning i[[x]]tisoslashib borishi va to‘qimalarning hosil bo‘lishi, Yerda hayot paydo bo‘lishining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga [[x]]os murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan o‘z-o‘zini yarata oladigan tirik sistemalar paydo bo‘lishini o‘rganish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez sur’atlar b-n o‘sib borishi B. oldiga biosferaning mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saklash, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda ko‘p muammolarni qo‘yadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. B. sohasidagi i. t. ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.Bekjon Toshmuhamedov, Ochil Mavlonov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->

'''Taqqoslash usuli''' yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan o`xshashligi va farqini aniqlash yo`li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. '''Tarixiy usul'''ni biologiyada qo`llanilishi [[Ch.Darvin]]ning nomi bilan bog`liq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy o`zgarishlarni vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning o`tmishini ko`rsatuvchi ma'lumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. '''Eksperimental yoki tajriba usuli''' biologiyada O`rta asrlarda qo`llangan bo`lsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qo`llash tufayli 19-20 asrlardan keng qo`llanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini to`ldiradi.
'''Taqqoslash usuli''' yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan o`xshashligi va farqini aniqlash yo`li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. '''Tarixiy usul'''ni biologiyada qo`llanilishi [[Ch.Darvin]]ning nomi bilan bog`liq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy o`zgarishlarni vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning o`tmishini ko`rsatuvchi ma'lumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. '''Eksperimental yoki tajriba usuli''' biologiyada O`rta asrlarda qo`llangan bo`lsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qo`llash tufayli 19-20 asrlardan keng qo`llanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini to`ldiradi.


Qator 25: Qator 30:
{{Link GA|en}}
{{Link GA|en}}
{{Link GA|eo}}
{{Link GA|eo}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}

8-Mart 2013, 00:23 dagi koʻrinishi

Fayl:Hayot.jpg
Biosfera rassom tasavvurida.

Biologiya (yunoncha βίος, bios, "hayot"; va λόγος, logos, "bilim") hayot va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat to`g`risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo`ladi. Chunki bu fanda ilgari o`rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig`indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri bo`lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotmagan.

Biologiya (bio... va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha kurinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat b-n o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. "B." terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi bo‘lib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi.Biologiya fanlari sistemasi. B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot ob’ektiga binoan B. botanika (o‘simliklarni o‘rganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni o‘rganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini o‘rganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni o‘rganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga bo‘linadi. Bu fanlar o‘z navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu b-n birga B. fanlarining bir-biri b-n va b. fanlar b-n qo‘shilyb ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, to‘qima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika o‘rganadi. O‘z navbatida bu fanlarni ham tekshirish ob’ektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, o‘simliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar ko‘pincha o‘zaro qo‘shilib yoki perimentator hisoblanadi (o‘sha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli to‘xtab qolgan bir davrda O‘rta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal sur’atlar b-n rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida o‘rin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb e’tirof etadi. U o‘zining "Hindiston" asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va sog‘lom novdalarining o‘sishiga imkon beradigan bog‘bonga o‘xshatadi. Bu b-n u tirik organizmlar o‘rtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir bo‘lishini bashorat kiladi. Ibn Sit o‘z asarlarida o‘simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari to‘g‘risida yozib qoldirgan.Uyg‘onish davridagi geografik kashfiyotlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bog‘larining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va o‘simliklar to‘g‘risida ko‘plab asarlar paydo bo‘ladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urug‘i va mevasining tuzilishiga binoan o‘simliklarni tasnif qilishga urinib ko‘rdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur to‘g‘risidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-a.lardahayvonlar to‘g‘risida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo bo‘ladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli "Hayvonlar tarixi", italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari to‘g‘risidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya www.ziyouz.com kutubxonasi 342sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) o‘zining qon aylanish sistemasi to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limotga katta zarba berilgan bo‘lsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Ko‘pchilik olimlar tuxum hujayraga ega bo‘lmagan tuban organizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-a.da mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan o‘simliklarda jinsiy tafovutlarning , italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan o‘simlik to‘qimalari, shuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop ixtiro qilinishi b-n bog‘liq. Bu kashfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvchi ikki oqimning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ulardan birinchilari—organizm mitti murtak holida tuxum hujayra ichida, ikkinchilari—urug‘ hujayra ichida bo‘ladi, keyingi o‘zgarishlar faqat miqdor o‘zgarishlardan iborat, degan xato fiqolarni ilgari surdi (q. Preformizm). 17-a. oxiri va 18-a. boshlarida o‘simlik va hayvonlarning sun’iy sistemasini yaratish borasida bir qancha urinishlar bo‘ldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan ko‘proq o‘simliklarni tavsiflab, o‘simliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga bo‘ladi. Rey tur tushunchasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini ishlab chiqdi. Hayvonlar va o‘simliklarning mukammal sun’iy sistemasini shved tabiatshunosi K. Linney o‘zining "Tabiat sistemasi" (1735) asarida taklif qildi. Linney o‘z sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar b-n birga primatlar turkumiga kiritgan bo‘lsada, turlarning o‘zgarmasligi, dunyoni ilohiy kuch tomonidan yaratilganligi to‘g‘risidagi metafizik g‘oyani yoklab chiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni urug‘ va tur nomlari orqali atalishi) o‘simliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Lekin Linneyning sun’iy sistemasi ko‘pchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi. Shu sababdan bir qancha olimlar tabiiy sistemani tuzishga urinib ko‘rishdi. Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyuse 1789 y.da ishlab chikdi. Hayvonlar va o‘simliklarni sistemaga solish g‘oyasi hamma olimlarga ham bir xilda ma’qul bo‘lmadi. Fransiyalik tabiatshunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, shu jumladan Linney sistemasiga ham qat’iy qarshi chiqadi. J. Byuffon "Tabiiyot tarixi" (1749—88) asarida hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni ko‘rsatadi, yaqin formalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni ularning o‘zaro qarindoshligi b-n tushuntirishga harakat qiladi. Nemis vrachi va kimyogari G. Shtal kishi faoliyati uning ruhi tomonidan boshqarib borilishini ta’kidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy ta’sirlar b-n bogliqligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning "hayot tonusi" to‘g‘risidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning ta’sirlanish to‘g‘risidagi g‘oyasida (1753) o‘z ifodasini topadi. U va chex anatomi va fiziologi Y. Proxoska miya ishtirokisiz ta’sirotni qabul qiluvchi hamda organlarni harakatlantiruvchi nerv kuchi borligini ko‘rsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli www.ziyouz.com kutubxonasi 343o‘simliklarni hayvonlar nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod i. ch.ini ko‘rsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuaze, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olishi va oksidlanish reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalar 18-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini e’lon qiladi va o‘simliklar b-n hayvonlar o‘rtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Minerallardan boshlab odamgacha bo‘lgan "tiriklik pog‘onasi" (gradatsiya) tamoyili, shveysar naturalisti Sh. Bonne (1745—64) fikricha, hayot tuzilishi va rivojlanishining uzluksizligini ko‘rsatadi. J. Byuffon Yer tarixi to‘g‘risidagi o‘z gipotezasini ishlab chikdi. Uning fikricha, Yer tarixi 80—90 ming yildan iborat bo‘lib, 7 davrga bo‘linadi, faqat eng so‘nggi davrda o‘simliklar, hayvonlar va odam paydo bo‘lgan. Fransuz olimi J. B. Lamark "Zoologiya falsafasi" (1809) asarida "tiriklik pog‘onasi"ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun xos bo‘lgan ichki progressga intilish (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir ■ bo‘lgan. Lamark evolyutsiyani to‘g‘ri tushuntirgan bo‘lsada, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuve tirik organizmlarning tarixiy almashinishi va bir qancha turlarning qirilib ketishini tushuntirish uchun o‘zining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi o‘xshashlik ularning kelib chiqishidagi o‘xshashlikni aks ettirishini ta’kidlaydi. T. Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 19-a.ning o‘rtalarida o‘simliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini o‘rganish metodlari ishlab chiqilishi; I. M. Sechenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilishi ("Bosh miya reflekslari", 1863) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hoz. organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy xemosintez yo‘li b-n anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovchi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi.19-a.da Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning "Turlarning paydo bo‘lishi..." (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin g‘oyalarining g‘alabasi b-n evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Hujayraning bo‘linishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming , 1882 va b.), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig , 1875; G. Fol www.ziyouz.com kutubxonasi 3441877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u b-n boglik bo‘lgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishini o‘rganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanishi to‘g‘risida ko‘plab g‘oyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi b-n genetika faniga asos solindi.20-a. yangi B. fanlarining rivojlanishi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayishi b-n ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlanish B.si, evolyutsion ta’limot, ekologiya, biosfera haqida ta’limot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boshqa ko‘p tarmoqlari jadal sur’atlar b-n rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya to‘g‘risidagi ta’limotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi. 20-a.ning o‘rtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini o‘rganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi ekanligi aniklandi (AQSH, O. Eyveri, 1944). DNK qush spirali tuzilishining o‘rganilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi. Bu kashfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi o‘rganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining ko‘rsatib berilishi 20-a. o‘rtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kashf etilishi oddiy mikroskopda ko‘rinmaydigan strukturalarni ko‘rishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil o‘rganishga imkon berdi. Nishonli atomlar usuli organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish uchun yo‘l ochdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini ko‘rsatib berdi. Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-a.ning 2-yarmida B.ning eng yosh sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez sur’atlar b-n rivojlana boshladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barcha sohalarida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga olib keldi; hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirib yubordi. 20-a.da hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Rus olimi I. M. Sechenov (1829—1905) nerv sistemasini o‘rganib, bosh miya reflekslari to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. I. P. Yaavlovshartli va shartsiz reflekslar, qon aylanish va ovqat hazm qilishning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qancha yirik kashfiyotlar qildi. Uning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ta’limoti Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez sur’atlar b-n rivojlana boshlaydi. O‘simliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo xlorofillni o‘rganishda ancha katta yutuqqa erishildi, xlorofill sintez qilindi, o‘simliklarni o‘stiradigan ba’zi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sun’iy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi, xususan 20—30-y.larda madaniy o‘simliklarning www.ziyouz.com kutubxonasi 345kelib chiqish markazlari aniklandi; mutatsion o‘zgaruvchanlik, individlar sonining o‘zgarib turishi va izolyatsiyani tanlanishning muayyan yo‘nalishda ta’sir etishidagi o‘rni ochib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Chetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fisher, S. Rayt, J. Haqsli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va b.). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanishiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya to‘g‘risidagi ta’limotlarni o‘zida jo qilgan sintetik evolyutsion ta’limotni ishlab chiqishga imkon berdi (I. I. Shmalgauzen va b.). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) to‘g‘risidagi ta’limotlari B.ning katta yutuklaridan bo‘lib, inson b-n tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. V. Shelferd (1912, 1939), Ch. Elton (1934) va b.ning ishlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 20-a. o‘rtalaridan boshlab ekologiya erishgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qilish muammolari deyarli barcha B. fanlarini ekologiyalashtirishga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sun’iy genning sintezlanishi) gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos bo‘ldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez sur’atlar b-n rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning biologik xilmaxilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.O‘zbekistonda 20-a.ning 1-yarmida olib borilgan i. t. ishlari asosan o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish b-n bog‘liq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxshilash, texnika ekinlari va suv o‘tlarini o‘stirish usullari ishlab chiqildi; o‘simliklarning geoekologik tasnifi, iyerarxik sxemasi taklif etildi; o‘simliklarning ekstremal sharoitga moslanish xususiyatlari ochib Ye^rildi (Q. 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); g‘o‘zaning ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini o‘rganish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yo‘ldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va b.). Mikrobiologik yo‘l b-n oqova suvlarni tozalash, ma’danlarni ajratib olish, q. x. chiqindilaridan yemxashak tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, o‘simliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va b.). Ekologikfaunistik ishlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov, A. T. To‘laganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va b.). 20-a.ning ikkinchi yarmida ayniqsa so‘nggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Tireoid gormonlarning ta’siri mexanizmi aniklandi (Yo. X. To‘raqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning ta’sir mexanizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). G‘o‘zada genetik belgilarning irsiylanish mexanizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. www.ziyouz.com kutubxonasi 346A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanishi insulin, interferon va o‘stiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va b.). B.ga oid tadqiqotlar O‘zbekiston FAning Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo intlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqda.B.ning zamonaviy muammolari. B.ning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion ta’sir ko‘rsatadigan muammolari molekulyar B., genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qo‘zg‘alish, tormozlanish va b.), fotova xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi b-n bog‘liq. Molekulyar B. sohasi hujayra ichida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turg‘unligining boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi mexanizmini o‘rganish ham B.ning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayralarning ixtisoslashib borishi va to‘qimalarning hosil bo‘lishi, Yerda hayot paydo bo‘lishining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan o‘z-o‘zini yarata oladigan tirik sistemalar paydo bo‘lishini o‘rganish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez sur’atlar b-n o‘sib borishi B. oldiga biosferaning mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saklash, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda ko‘p muammolarni qo‘yadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. B. sohasidagi i. t. ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.Bekjon Toshmuhamedov, Ochil Mavlonov.[1]

Taqqoslash usuli yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan o`xshashligi va farqini aniqlash yo`li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. Tarixiy usulni biologiyada qo`llanilishi Ch.Darvinning nomi bilan bog`liq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy o`zgarishlarni vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning o`tmishini ko`rsatuvchi ma'lumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada O`rta asrlarda qo`llangan bo`lsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qo`llash tufayli 19-20 asrlardan keng qo`llanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini to`ldiradi.

Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link GA Andoza:Link GA

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil