Auksion: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Bot qoʻshdi: war:Subasta
LaaknorBot (munozara | hissa)
k r2.7.3rc2) (Bot qoʻshdi: is:Uppboð
Qator 26: Qator 26:
[[hu:Árverés]]
[[hu:Árverés]]
[[id:Lelang]]
[[id:Lelang]]
[[is:Uppboð]]
[[it:Asta (economia)]]
[[it:Asta (economia)]]
[[ja:競売]]
[[ja:競売]]

4-Mart 2013, 18:09 dagi koʻrinishi

Auksion — alohida xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdosi.

Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan roʻyxati boʻyicha, ommaviy sotuvga qoʻyish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Auksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʻtkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar roʻyxatda koʻrsatilgan tartibda savdoga qoʻyiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Auksionlarda sanʼat asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari maʼlum vaqtda oʻtkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi oʻrtasida yuz berib, unda bevosita isteʼmolchi qatnashmaydi.