Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
HRoestBot (munozara | hissa)
k r2.6.5) (Bot qoʻshdi: tk:Stiw Job­s
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot tuzatdi: tk:Stiw Job­stk:Stiw Jobs
Qator 156: Qator 156:
[[te:స్టీవ్ జాబ్స్]]
[[te:స్టీవ్ జాబ్స్]]
[[th:สตีฟ จอบส์]]
[[th:สตีฟ จอบส์]]
[[tk:Stiw Job­s]]
[[tk:Stiw Jobs]]
[[tl:Steve Jobs]]
[[tl:Steve Jobs]]
[[tr:Steve Jobs]]
[[tr:Steve Jobs]]

2-Mart 2013, 21:58 dagi koʻrinishi

Steve Jobs
Steven Paul Jobs
Tavalludi 24-fevral 1955-yil
Vafoti 5-oktyabr 2011-yil(2011-10-05)
(56 yoshda)
Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1]
Turmush oʻrtogʻi Lorens Pol Jobs (1991-yildan 2011-yil Stiv Jobsning vafotigacha)
Otasi John Abdulfattah Jandali[2]
Onasi Joanne Carole Schieble Simpson[3]
Imzosi

Steven Paul Jobs (talaffuzi: Stiven Pol Jobs) yoki Steve Jobs (talaffuzi: Stiv Jobs) (24-fevral, 1955 — 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.

Biografiyasi

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, suriyalik musulmon, onasi Joanna Simpson esa amerikalik boʻlgan. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[4][5]

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantasiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning boshi (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.[6][7][8]

Ish faoliyati

Tishlangan olma — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.

Ilk yillar

1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kal’kulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Epl I (Apple I) deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.

1977-yil ikki doʻst Epl II (Apple II) kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Epl Kompyuter (Apple Computer) kompaniyasiga asos soladi. Epl II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Epl bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kopyuter kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Epl Kompyuter oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortyun 500 (Fortune 500) safiga kiradi.

1983-yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun moʻljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.

2011- 21-dekabrda Steve Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir boʻlgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal oʻrnatildi.[9]

NeXT

1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ischini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning kompyuter boʻlimini sotib oladi va uni Piksar Animasiya Studiyasi (Pixar Animation Studios) deb ataydi. Piksar komyuter animasiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Piksar 1995-yil "O’yinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay kompyuterda ishlangan fil’mni chiqaradi.

1996-yil Epl NeXTni sotib oladi va Jobs Eplning maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Eplning boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat kompyuter sotuvga chiqariladi va Eplning ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTunes, iPhone va iPad

2001-yil Epl musiqa tinglash uchun moʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili raqamli pleyer iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil boʻlsa iPad planshet kompyteri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotning tayyorlanishini Jobs shaxsan oʻzi kuzatib borgan.

Manbalar

Havolalar

Andoza:Link FA