Jaloliddin Rumiy: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
|||
Qator 12: | Qator 12: | ||
== Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari == |
== Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari == |
||
Rumiy asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, „Masnaviy maʼnaviy“ va „Fihi mo fihiy“ning usmonli turkcha tarjimalari mavjud. |
Rumiy asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, „Masnaviy maʼnaviy“ va „Fihi mo fihiy“ning [[usmonli turkcha]] tarjimalari mavjud. |
||
„Fihi mo fihiy“ asari esa, olim [[Ulugʻbek Hamdam]] (Abduvahob oʻgʻli) tomonidan [[turkcha]]dan [[oʻzbekcha]]ga tarjima qilgan. |
„Fihi mo fihiy“ asari esa, olim [[Ulugʻbek Hamdam]] (Abduvahob oʻgʻli) tomonidan [[turkcha]]dan [[oʻzbekcha]]ga tarjima qilgan. |
||
23-Fevral 2013, 19:06 dagi koʻrinishi
Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Rumiy (1207-1273) nomi bilan mashhur boʻlgan zot dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir.
Tarjimai holi
Jaloliddin Rumiy hozirgi Afgʻonistonning Balx shahrida, sultonal ulamo laqabini olgan ulugʻ shayx Muhammad Balovaddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Balovaddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelisholmay, oilasi, muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan soʻng, Iroqu Ajam shaharlarini kezib, axiyri Turkiyaning Koʻniya (Konya) shahrida qoʻnim topadi. Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan Balovaddin Valad shu yerda muqim boʻlib qoladi. Bu orada moʻgʻul bosqini boshlanib, Movarounnahr va Xuroson oʻt ichida qoladi, Balxning toʻrt yuz ulamosi qatl qilinadi.
Jaloliddin ota yurtiga qaytib kelmadi va oʻzini anatoliyalik hisoblab, Rumiy degan taxallus oldi.
Ijodiy faoliyati va asarlari
Ilmiy doiralarda uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga oʻxshamaydi, u muazzam Sharq tafakkurining moʻʼjizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, sheʼriyat va maʼnaviyat ham birlashib, oliy koʻrinishda namoyon boʻladi. Jaloliddin Rumiy oʻzidan keyingi Sharq sheʼriyati, fikriy va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan taʼsir oʻtkazgan ijodkordir. Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning koʻz ilgʻamas choʻqqisi deb sharaflaydi. Mavlono Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi gʻoyat katta. Gʻazal, masnaviy va ruboiylarni oʻz ichiga oladigan „Devoni kabir“ („Ulugʻ devon“)da uch mingdan ortiq sheʼr bor. Falsafiy-soʻfiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan „Masnaviy-maʼnaviy“ ham bir necha ming baytdan iborat. Bundan tashqari, „Maktubot“, „Fihi mo fihiy“ („Nimaki undadir — undandir“) nomli asarlari ham mavjud.
Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari
Rumiy asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, „Masnaviy maʼnaviy“ va „Fihi mo fihiy“ning usmonli turkcha tarjimalari mavjud. „Fihi mo fihiy“ asari esa, olim Ulugʻbek Hamdam (Abduvahob oʻgʻli) tomonidan turkchadan oʻzbekchaga tarjima qilgan.
Manbalar
Havolalar
- Руми Джалаладдин. Дорога превращений: суфийские притчи перевод Дмитрия Щедровицкого
- Сайт, посвященный Руми — биография, переводы, исследования
- Притчи, афоризмы, «Китаб ал-Маснави» Руми
- Притчи от Руми на Притчи.ру
- «Песнь Свирели» — вступление к поэме Маснави в музыкальном исполнении (по переводу В.Державина)
- Сокровища вспоминания перевод Леонида Тираспольского на fway.org
- Как Ислам относится к Джалалуддину Руми (р.а.)?
- Джалаладдин Руми. Стихи