Android: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot qoʻshdi: ru:Андроид
Qator 47: Qator 47:
[[pt:Androide]]
[[pt:Androide]]
[[ro:Android]]
[[ro:Android]]
[[ru:Андроид]]
[[sh:Android]]
[[sh:Android]]
[[sk:Android]]
[[sk:Android]]

14-Fevral 2013, 16:07 dagi koʻrinishi

Bugungi kunda mobil tizimlar sohasida qoʻllanilayotgan asosiy dasturiy taʼminotlar Symbian, Windows Mobile, iPhod systemasi, Android, Web OS va yana bir ochiq kodli yosh sistema Samsung Electronics ning kechagina yaratilgan bada sistemasi. Quyida eʼtiboringizga bugungi kunda juda tez ommalashayotgan, mobil qurilmalar uchun yaratilgan ochiq kodli operatsion sistema — Android haqida soʻz yuritiladi, uning afzalliklari, boshqa sistemalardan ustunliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi. Android tarixi /*Operatsion Sistemaning yaralishi va bosgan yoʻli*/ 1991-yil Linus Torvalds boshlab bergan erkin va ochiq kodli operatsion sistemalar 2007-yilga kelib telefonlarni ham egallay boshladi. Aslida bu qanday boshlangan edi? 2005-yil iyul oyida Google kompaniyasi telefonlarga dastur ishlab berish bilan shugʻullanadigan Android Inc. nomli kichik kompaniyani sotib oladi. Ushbu Android Inc. kompaniyasining asoschilaridan biri Andy Rubin bugungi kunda Googlening mobil aloqalari bilan shugʻullanuvchi boʻlimiga rahbarlik qiladi. Andy Rubin Biznes haftaligi (Business Week) gazetasiga bergan interviuvsida: „Egasini yaxshi tushunadigan telefonlar yaratish uchun katta ehtiyoj mavjud“ 1 degan edi. Buni qarangki haqiqatdan ham 2007-yilga kelib Google butun dunyoni hayratga solishga muvoffaq boʻladi, yaʼni xuddi shu yili u Symbian, Windows mobile, iPhone sistemalari bilan raqobatlasha oladigan yangi mobil sistemaga asos soldi. Siz „Xoʻsh nima qipti, telefon operatsion sistemalari (OS) yana bittaga koʻpayiptida!“ deyishingiz mumkin. Haqiqatdan ham bittaga koʻpadi- yu ammo ulardan butunlay farq qilar edi. Bu farq unig asosida Linux Kernel 2.6 dan foydalanilganida edi. Ha endi Linux telefonlarda! Shu tariqa 2007-yil noyabrda Google tomonidan tashkil etilgan Open Handset Alliance (OHA) ommaga Google Androidning Software Developing Kit(SDK) ni taqdim etdi. OHAga birinchilardan boʻlib HTC, LG, Samsung, T-mobile kabi kompanialar, keyinroq esa protsessorlar va chiplar boʻyicha ishlovchi QUALCOMM va Texas Instrumentslar aʼzo boʻlishdi. Hozirda OHAga 47 ta dasturiy va texnik qismlar bilan ishlaydigan kompaniyalar aʼzo boʻlgan. 2008-yil 21-oktabrda programistlarni quvontiradigan voqea yuz berdi, yaʼni OHA Androidni ochiq kodli deb eʼlon qildi. Android OHA GPLv2 va Apache2.0 litsenziyalari ostida 1.5 versiyasi butun ommaga taqdim etildi. Dasturiy oʻziga xosligi /*Android uchun yaratilgan dasturiy qurilmalar va xususiyatlari*/ Android dasturiy taʼminotini ishlab chiqishda Googlening Java biblatekalaridan, mikroprotsessor kodi esa ARM arxitekturasida C dasturlash tilida va uni mashina kodiga oʻgirishda GCC kompilyatoridan foydalniladi. Android grafikasi va animatsiya uchun ham ochiq kodli boʻlgan OpenGL ES biblatekalaridan, maʼlumotlarni saqlash va boshqarish uchun SQLitedan foydalanilgan. Sistema MP3, MP4, MIDI, OGG, MPEG-4, WAV, formatidagi audio va video fayllarni hamda JPEG,PNG,GIF,BMP farmatli suratlarni qoʻllab quvvatlaydi. Androidning 1.5-versiyasida sizga YouTubega videolarni yuklash va ekranda animatsion rejimda ishlash mumkin edi. 2009-yili 15 sentabrda taqdim qilingan Android 1.6 versida Google dasturiy vositalari qoʻllanilgan boʻlib, tezkor qidirish maqsadida ekranning yuqorisida „quick search“ box joylashtirilgan. Yozishga erinadiganlar uchun esa tovush bilan qidirish texnologiyalari qoʻllanilgan. Shu yilning Oktabrida Android 2.0 ommaga taqdim qilindi. Bu versiya Telefonning protsessor tezlgini oshirish va telefon protsessorining samarali ishlashi taʼminlandi[1]. Ishlab chiqilgan yangi Androidda kontakt listda endi kontakt nomi bilan birgalikda uning rasmini ham qoʻyishingiz mumkin va siz bu kontaktning ustiga bossangiz alohida qismdan uni joylashgan joyini aniqlashda, Gmail orqali xat yoʻllashda va qoʻngʻiroq qilishda foydalanishingiz mumkin. Androidda Internetdan foydalanish uchun aynan shu sistema uchun yaratilgan WebKit brauzeridan foydalaniladi, endilikda bu brauzer HTML5ni ham qoʻllab quvvatlaydi. Google sistemani yaratishga yaratdiyu sistemani asosan oʻzining dasturiy vositalari bilan toʻldira boshladi. Masalan Google Voice tovsh xizmatlari uchun, Sky Map yulduzlar xaritasi, Google qidirish xizmati, Google Maps xarialari va Gmail kabilardir. Android foydalaniladigan dasturiy taʼminoti Javada yozilgan boʻlib, siz yaratadigan dasturingizni mashina kodiga oʻgirish uchun standart Java Virtual Machinedan emas Android uchun yaratilgan Dilvak Virtual Machinedan foydalaniladi.

Manbalar