Olam: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: hy:Տիեզերք
Ptbotgourou (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Robot: Modifying tl:Uniberso to tl:Sansinukob
Qator 119: Qator 119:
[[tg:Коинот]]
[[tg:Коинот]]
[[th:เอกภพ]]
[[th:เอกภพ]]
[[tl:Uniberso]]
[[tl:Sansinukob]]
[[tr:Evren]]
[[tr:Evren]]
[[tt:Галәм]]
[[tt:Галәм]]

6-Fevral 2013, 10:03 dagi koʻrinishi

Olamning WMAP fazoviy kemasidan kosmik mikrotoʻlqin foni harorat fluktuatsiyasi orqali koʻrinishi, Mollweide proeksiyasi.

Olam atamasi ostida fizik mavjud boʻlmish jamiki narsalar: fazo, vaqt, materiya, energiya, inersiya, fizik qonunlar va konstantalar majmui tushuniladi. Kundalik hayotda "olam" soʻzi Yer sayyorasini anglatishi mumkin.

Astronomik kuzatuvlarga koʻra, olam 13.73 ± 0.12 milliard yoshda va kamida 93 milliard yorugʻlik yili uzunligida kesimga egadir. Joriy nazariyalarga koʻra, olamni Katta Portlash, deb nomlangan hodisa boshlagan. Shu hodisagacha kuzatiluvchi olamdagi barcha materiya va energiya cheksiz zichlikka ega bitta nuqtada toʻplangandi. Katta Portlashdan soʻng olam oʻzining hozirgi holatigacha kengayishni boshlagan. Xususiy nisbiylik nazariyasi materiyaning yorugʻlik tezligidan katta tezlikka erishishi mumkin emasligini taʼkidlagani tufayli olam kengligi 13 milliard yilda 93 milliard yorugʻlik yiliga yetgani paradoks oʻlaroq tuyulishi mumkin; bunday masofa fazoning kengayish tezligi chegaralanmaganligi (umumiy nisbiylik nazariyasi) bilan izohlanishi mumkin.