Rok-guruh: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
yangi
(Farq yoʻq)

28-Sentyabr 2007, 07:46 dagi koʻrinishi

Rock guruh rock musiqa janrida ijro etuvchi musiqiy ansambldir. Gʻarbda ishlatiluvchi rock band atamasi 1960-larda The Band guruhi tomonidan ommaviylashtirildi. Ungacha pop group atamasi qoʻllanilar edi.

Musiqiy asboblar

Rock guruhlar uchun tipik asboblar elektrogitara, bass gitara hamda barabanlardir. Bularga qoʻshimcha sifatida koʻpincha sintezator ham ishlatiladi. Baʼzi guruhlar boshqa asboblarni, jumladan, organ, fleyta, nay, skripka va hk. qoʻllashadi.

Tarkib

Rock guruhlar odatda kvartet oʻlaroq ijro qilishadi (vokalchi, ikki gitarachi va barabanchi). Biroq trio guruhlar ham bor, bunda vokalchi biror asbobni oʻzi chaladi (masalan, Nirvana, ZZ Top, Blink-182). Lekin tarkib standart qilib belgilanmagan, ishtirokchilar soni bundan-da koʻp boʻla oladi (masalan, Linkin Park).