Peter prinsipi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
'''Piter printsipi''' — [[Lourents Piter|Lourents Piter]] (Laurence J. Peter) tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda ta'rif berilgan printsip. Uning ta'rifi quyidagicha:"[[Iyerarxik tizim|Iyerarxik tizimda]] har bir ishchi o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi".
'''Piter printsipi''' — [[Lourents Piter|Lourents Piter]] ([[:en:Laurence J. Peter|Laurence J. Peter]]{{ref-en}}) tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda ta'rif berilgan printsip. Uning ta'rifi quyidagicha:"[[Iyerarxik tizim|Iyerarxik tizimda]] har bir ishchi o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi".


== Mazmuni ==
== Mazmuni ==

29-Avgust 2007, 10:37 dagi koʻrinishi

Piter printsipiLourents Piter (Laurence J. Peter(ingl.)) tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda ta'rif berilgan printsip. Uning ta'rifi quyidagicha:"Iyerarxik tizimda har bir ishchi o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi".

Mazmuni

Piter printsipi - bu quyidagi umumiy printsipning xususiy xolidir: har qanday yaxshi ishlovchi fikr yoki narsa tobora murakkablashib boruvchi holatlarda foydaliladi va oxiri fojeaga olib keladi. Ko'pincha tekshirilgan va o'zini yaxshi ko'rsatgan fikr, texnologiya yoki narsadan yangi sharoitlarda foydalanish xohishi tug'iladi, garchi yangi sharoitlar bu fikr, texnologiya yoki narsadan foydalanish sohasidan chetga chiqadi. Lourents Piter ushbu printsipni odamlarni lavozimlar iyerarxiyasida ko'tarilishini asoslash va ta'rif berish uchun foydalandi.

Piter printsipiga binoan, iyerarxik tizimda ishlovchi har qanday odam o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan darajagacha ya'ni nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi. Ushbu daraja ishchining "nokompetentlik darajasi" deyiladi. Ishchi shu darajada tizimni tark etgunga qadar qoladi (yani ishdan bo'shaydi, vafot etadi yoki nafaqaga chiqadi).

Piter printsipi juda keng sohalar uchun talqin qilinishi mimkin, chunki ko'pgina davlat, tijorat va notijorat tashkilotlar aynan iyerarxik lavozim tizimida ishlaydi.

Asoslash

Piter printsipini ishchilarni yangi lavozimga taklif qilinishi kuzatish bilan asoslash mumkin

Nokompetentlilarning ko'tarilishi

Yangi vakansiya paydo bo'lganda asosan u yerga hozirda o'zini ko'rsatgan va/yoki hozirda egallagan lavozimida e'tiroz bildirilmagan ishchilar taklif qilinadi. Lavozimning o'zgarishi bajariluvchi majburiyatlarni o'zgarishi bilan bog'liq. Agar ishchi bu majburiyatlarni bajarish qo'lidan kelsa u keyingi yuqori lavozimga ko'tariladi. Shu yo'l bilan u o'zini kompetent ko'rsata olgan barcha lavozimlarida ko'tarilib nixoyat uning qo'lidan kelmaydigan lavizmgacha ko'tariladi. Shu bilan birga uning iyerarhiyadagi keyingi siljishi to'xtaydi. Natijada kompetent hodimlar o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tarilishadi.

Nokompetentlik hodimlar lavozimda pastga tushirilmaydi

Birinchi qarashda nokompetent hodimlarni o'z o'rniga qaytarish bilan barcha muammolarni xal qilish mumkindek tuyuladi; biroq, birinchidan, ularni shu lavozimga qo'ygan boshqaruvchilar uchun bu o'z hatosini bo'yniga olishga majbur etadi va demak ular uchun hohishsiz yo'l. Ikkinchidan, hodimning o'rni bu vaqtgacha band bo'ladi. Shuning uchun u o'z lavozimida qoladi. Faqat katta hatoga yo'l go'ygandagina uni ishdan bo'shatishligi yoki umuman boshqa lavozimga qo'yishadi.

Yangi lavozim taklifini qabul qilmaslik extimoli kam

G'arbda mavjud ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga asoslanib Piter ishchining o'z xohishi bilan lavozimni qabul qilmasligi extimoli kamligini ko'rsatadi. Bu sharoitlar doim insonni boylikka tadbirkorlikka undaydi va uni qarshilik ko'rastishiga atrofdagi odamlar ham yomon baho berishadi (masalan, oila a'zolari, do'stlari va hokazo).

Nokompetentliklarning o'sishi

Nokompeten hodimlar o'z lavozimlarida yana o'sishlari mumkin. Bu asosan shaxsiya aloqalar yoki egallangan lavozimni bo'shatish kerakligi tufayli ro'y beradi. Bunda Piter printsipi buzilmaydi - hodim bir nokompetent lavozimdan boshqasiga ko'chadi xolos.

Natijasi

Iyerarxik regres

Piter printsipi tufayli katta iyerarhik tizimlarda degradatsiya qilish tendentsiyasi mavjud. Qanchalik ko'p nokompetent hodimlar paydo bo'lsa kompetentlik standartlari shunchalik pasayib boradi.

Nokompetentlik darajasigacha ko'tarilmagan hodimlar ishlaydi

Piter printsipini ketma-ket ishlatib barcha iyerarhik tizimlar vaqt o'tishi bilan butunlay nokompetent hodimlar bilan egallanadi degan hulosaga olib kelishi mumkin. Tizimda doim asosiy ishni bajaruvchi va o'z nokompetentlik darajasiga yetmagan ishchilar mavjud. Bundan tashqari, agar tizim katta bo'lmasa unda hamma uchun lavozimlar bo'lmasligi mumkin.

So'nggi to'xtash sindromi

Piter nokompetentlik darajasiga yetgan hodimlarga hos bo'lgan xatti harakatlar mavjudligini ta'kidlaydi va ularni "so'nggi to'xtash sindromi" deb ataydi. Bu sindromning paydo bo'lishiga sabab hodim o'zining nokompetentligini tushunadi yoki buni his qiladi. O'ziga bo'lgan ijobiy munosabatni saqlash maqsadida u tayinli ish natijasiga eriishish o'rniga ko'zga tashlanadigan biroq sayoz faoliyat bilan shug'ullana boshlaydi. Sindromning boshqa belgilari bu ishda doimo rasmiyatchilikka moyillik, byurokratik qoidalarni yaratish va ularga so'zsiz rioya etishni talab qilishdir.

Manbalar