Peter prinsipi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: '''Piter printsipi''' — Lourents Piter (Laurence J. Peter) tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda ta'rif berilgan printsip. Uning ta'rifi quyidagicha:"[[Iyerarh...
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20: Qator 20:
[[pt:Princípio de Peter]]
[[pt:Princípio de Peter]]
[[ro:Principiul lui Peter]]
[[ro:Principiul lui Peter]]
[[ru:Питер принципи]]
[[sv:Peters princip]]
[[sv:Peters princip]]

27-Avgust 2007, 08:06 dagi koʻrinishi

Piter printsipiLourents Piter (Laurence J. Peter) tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda ta'rif berilgan printsip. Uning ta'rifi quyidagicha:"Iyerarhik tizimda har bir ishchi o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi".

Mazmuni

Piter printsipi - bu quyidagi umumiy printsipning xususiy xolidir: har qanday yaxshi ishlovchi fikr yoki narsa tobora murakkablashib boruvchi holatlarda foydaliladi va oxiri fojeaga olib keladi. Ko'pincha tekshirilgan va o'zini yaxshi ko'rsatgan fikr, texnologiya yoki narsadan yangi sharoitlarda foydalanish xohishi tug'iladi, garchi yangi sharoitlar bu fikr, texnologiya yoki narsadan foydalanish sohasidan chetga chiqadi. Lourents Piter ushbu printsipni odamlarni lavozimlar iyerarhiyasida ko'tarilishini asoslash va ta'rif berish uchun foydalandi.

Piter printsipiga binoan, iyerarhik tizimda ishlovchi har qanday odam o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan darajagacha ya'ni nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi. Ushbu daraja ishchining "nokompetentlik darajasi" deyiladi. Ishchi shu darajada tizimni tark etgunga qadar qoladi (yani ishdan bo'shaydi, vafot etadi yoki nafaqaga chiqadi).

Piter printsipi juda keng sohalar uchun talqin qilinishi mimkin, chunki ko'pgin davlat, tijorat va notijorat tashkilotlar aynan iyerarhik lavozim tizimida ishlaydi.