Maxset Xoʻjaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maxset Saparovich Xoʻjaniyozov (1947.4.4, Nukus) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekiston (1993), Qoraqalpogʻiston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). 197274 ylar Navoiy teatrida, 1974-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda, ayni paytda Nukus musiqa bilim yurtida oʻqituvchi. Opera sahnasida Primbiy (N. Muhammaddinov, "Ajiniyoz"), Gremin (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin"), Kdri loʻli (S. Raxmaninov, "Aleko") kabi partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan qoraqalpoq (T. Esirkenovning "Oʻzbekistonim"), oʻzbek (H. Rahimovning "Sevimli yor", T. Sodiqovning "Jonon koʻrinur") va chet el mumtoz kompozitorlar (Brams, Betxoven, Verdi va boshqalar)ning romans, qoʻshiq va ariyalari, shuningdek, qoraqalpoq xalq koʻshiklari ("Boʻzatov", "Jetiasirim") oʻrin olgan. Mintaqaviy (Toshkent, 1972) va xalqaro (Toshkent, 1977; Rio de Janeyro, 1979) tanlovlar laureati. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil