Maxdumi Xorazmiy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Maxdumi Xorazmiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Maxdumi Xorazmiy
Homiylar Maxdumi Xorazmiy
Binokorlik XVI asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 16 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Maxdumi Xorazmiy madrasasi — Samarqand madrasasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxdumi Xorazmiy madrasasi Samarqand qal’asi devori tashqarisida joylashgan boʻlib, Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniylar hukmdori Abdullaxon II davrida, Maxdumi Xorazmiy tomonidan bunyod etilgan. Madrasa gʻarbi va shimolida yoʻl, sharqi va janubida qabriston boʻlgan. Madrasa pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, ikki binodan tashkil topgan 16 hujrali boʻlgan[1]. Maxdumi Xorazmiy madrasasida 1 mudarris, 32 nafar talabaga dars oʻtilgan. Dargohda 3 nafar mutavvali boshqargan, 1 sartarosh, 1 farrosh, 1 meshkobchi faoliyat olib borgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa bir necha shaxslar tomonidan vaqf qilingan. Madrasaga oid vaqf hujjatlarni Oʻzbekiston milliy arxivida T-18. 1-9997 raqami ostida saqlanmoqda. Vaqf hujjatiga "Maxdumi Xorazmiy madrasasi vaqf hujjati sifatida rasmiylashtirilgan. Hujjatga 1893-yil 24-aprel—1904-yil, 12-dekabr deb yozilgan. Madrasa hujralari shifti gumbazli boʻlib, hujralarida 2 nafardan talaba yashagan. Bundan tashqari madrasaga oid 1853-yil vaqf hujjatlari ham mavjud. Vaqf hujjatida hijriy 1270-yil muharram oyida (1853-yil, oktyabr) qozi mir Umarxoja valadi qozi ul-quzzot Mir Abu Saʼidxoja oʻz avlodlari va hazrat Mahdumi Xorazmiy madrasasi uchun Shavdor tumanidagi Brinjak mavzesida 100 tanob yerni vaqf qilgan. Bundan tashqari yana shu tumandagi Boʻzxona mavzesida ham 100 tanob xurri xolis yerini vaqf qiladi. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Mutavvali vaqf mulklarida ushr olgan. Hujjat Amir Nasrullo muhri bilan tasdiqlangan. Manbalarga koʻra Maxdumi Xorazmiy nogironlar va koʻzi ojizlar uchun dunyoda birinchi boʻlib Samarqandda oliy oʻquv yurti madrasa bunyod ettirgan[2].


Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxdumi Xorazmiy madrasasi 16 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.