Gʻani Mavlonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mavlonov Gʻani Orifxonovichdan yoʻnaltirildi)

Gʻani Orifxonovich Mavlonov (1910.15.1 — Toshkent — 1988.12.3) — geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1970). Geol.mineralogiya fanlari doktori (1955), professor (1957). Ikkinchi jaxrn urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1935). 1940—41 yillarda shu institutda dekan, dotsentabr Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya institutida ilmiy xodim (1946-49), laboratoriya mudiri (1949-55) va direktor (1956—60). Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori (1960—66). 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori.

Ilmiy ishlari les va lyossimon jinslarning genetik tiplari, muhandislik geologik xususiyatlari, fizik-mexanik xossalariga bagʻishlangan. M. Oʻrta Osiyoda tarqalgan toʻrtlamchi davr yotqiziqlarini yoshiga qarab toʻrt davrga boʻldi va ularning tarkalgan maydonlarini haritaga tushirdi (1949). Toshkent zilzilasidan keyin seysmologiyaga oid tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Jumladan, Toshkent shahri va shahar atrofini seysmik mikrorayonlashtirish haritasini, 1978-yil "Oʻzbekistonni seysmik rayonlashtirish" haritasini yangi tahrirdagi variantini tuzish ishlariga rahbarlik qilgan. Zilzilalar jarayonida yer osti suvlari va gaz tarkiblarining oʻzgarishi haqida ilmiy kashfiyot muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). M. nomiga Toshkent shahrida kucha, Seysmologiya instituti qoʻyilgan, shu institutda M.ga bagʻishlangan muzey (1990) mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Toshkent zilzilasi, T., 1971.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]