Mavlon Egamberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavlon Egamberdiyev
Tug'ilish 1923 yil 10 aprel ( 1923-04-10 )
Toshkent
O'lim 1995-yil
Yuk tashish KPSS
Mukofotlar
Xalqlar doʻstligi ordeni

Mavlon Egamberdiyev  – sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlon Egamberdiyev 1923-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) a’zosi hisoblangan.

Egamberdiyev  1940-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1940-1983-yillarda – ..Mirzacho‘lvodxoz” gidrotexnigi, Mirzacho‘l shahridagi 19-maktab o‘qituvchisi, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, Toshkent ekskavator zavodi rejalashtirish va taqsimlash byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston SSR Sovxozlar vazirligining kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Sovxoz ishchilari kasaba uyushmasi Respublika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Ma’muriy organlar bo‘limi instruktori, kotib yordamchisi, Toshkent viloyat partiya qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshlig‘i, ,,Oʻzselxoztexnika” Toshkent viloyat birlashmasi raisi, Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi, Boʻka tuman partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, O‘rtachirchiq tuman partiya qoʻmitasining birinchi kotibi vazifasida ham mehnat qilgan [1] .

M.Egamberdiyev  O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 8-, 9- va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Egamberdiyev  1995-yildan keyin Moskvada vafot etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: O‘ninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik ma'lumot). - T .: O'zbekiston, 1981. - S. 74.
  • Xalq xotirasi
  • GA RF R7523 105 91 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971 yil 8 aprelda qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 10-sonli bayonnomaga / No 1455-VIII dan 1458-VIII gacha, jild. 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]