Matthew effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yigʻilgan afzallikning Matthew effekti, Matthew prinsipi yoki qisqacha Matthew effekti baʼzida „boy boyib boraveradi, kambagʻal esa qashshoqlashib ketaveradi“ degan ibora bilan ham ifodalanadi[1]. Bu konsepsiya shon-shuhrat yoki maqom masalalariga nisbatan qoʻllaniladi, lekin ayni paytda uni iqtisodiy kapitalning umumiy afzalliklariga nisbatan ham qoʻllash mumkin. Dastlab, Matthew effektlari birinchi navbatda olimlarning tan olinishidagi tengsizlikni ifodalashga qaratilgan edi. Biroq, Kolumbiya universiteti professori Norman V. Storer tadqiqotning yangi toʻlqiniga rahbarlik qilib, ijtimoiy fanlarda mavjud boʻlgan tengsizlik boshqa institutlarda ham mavjudligini kashf qila olganiga ishonch hosil qildi[2].

Bu atama sotsiologlar Robert K. Merton va Garriet Zuckerman[3] tomonidan 1968-yilda[4] kiritilgan boʻlib, atamaning kelib chiqishi bibliyaga oid Gospel of Matthewning parable of the talents or minas masalidan olingan.

Matthew effektini asosan preferensial bogʻlanish bilan izohlash mumkin. Bunda odamlar oʻz darajasiga mutanosib ravishda umumiy yutuqlar (masalan, mashhurlik, doʻstlar, boylik) toʻplashadi. Buning taʼsirida quyi tabaqadagi individuallarda vaqt oʻtgani sari tavakkal qilish uchun resurslar kamayib boravergani sababli oʻz imkoniyatlarini oshirish tobora qiyinlashib boraveradi; oʻz navbatida, yuqori martabali shaxslar uchun oʻz qoʻllarida katta imkoniyatlarni saqlab qolish tobora osonlashib boradi, chunki ularda tavakkal qilish uchun resurslar koʻproq.

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsepsiya sinoptik Xushxabarlar (synoptic Gospels)dagi Isoning ikkita masali asosida nomlangan (Evsebiy qonunlarining 2-jadval).

U isteʼdodlar haqidagi masalning ikkala sinoptik versiyasinining xulosasi sifatida keladi:

Kimda bor bo'lsa, unga ko'proq beriladi va u mo'l-ko'llikka erishadi. Kimda yo'q bo'lsa, o'zida bor narsa ham tortib olinadi.

— Matthew, 25:29, Matthew, 25:29

Sizlarga aytamanki, kimda bor bo'lsa, unga ko'proq beriladi. Kimda yo'q bo'lsa, o'zida bor narsa ham tortib olinadi.

— Luke 19:26, RSV., Luke, 19:26

Ushbu konsepsiya buta ostidagi chiroq (lamp under a bushel) haqidagi masalning uchta sinoptik versiyasidan ikkitasining xulosasi sifatida ham kelgan (Matthew versiyasida yoʻq):

Kimda bor bo'lsa, unga ko'proq beriladi. Kimda yo'q bo'lsa, o'zida bor narsa ham tortib olinadi.

— Mark 4:25, RSV., Mark, 4:25

Qanday eshitayotganingizga e'tibor bering. chunki kimda bor bo'lsa, ko'proq beriladi, kimda yo'q bo'lsa, o'zida bor deb o'ylagan narsasi ham tortib olinadi.

— Luke 8:18, RSV., Luke, 8:18

Bu konsepsiya Matthew parchasida Masih shogirdlariga masallarning maqsadini tushuntirishi paytida ham keltirilgan:

Iso ularga shunday javob berdi: “Osmon Shohligining sirlarini bilish sizlarga berilgan, lekin ularga berilmagan. Kimda bor bo'lsa, unga ko'proq beriladi va u mo'l-ko'llikka erishadi. Kimda yo'q bo'lsa, o'zida bor narsa ham tortib olinadi".

— Matthew 13:11–12, RSV., Matthew, 13:11-12

Ilm-fan sotsiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilm-fan sotsiologiyasidagi „Matthew effekti“ Robert K. Merton tomonidan ishlab chiqilgan atama boʻlib, taniqli olimlar koʻpincha ishlari oʻzlariniki bilan oʻxshash boʻlgan unchalik mashhur boʻlmagan tadqiqotchiga qaraganda koʻproq foyda olishlarini tasvirlash uchun qoʻllanilgan; bu, shuningdek, allaqachon mashhur boʻlgan tadqiqotchilarning ishlari boshqalarga qaraganda koʻproq eʼtirof etilishini anglatadi. Misol uchun, mukofot deyarli har doim loyihada ishtirok etgan eng katta tadqiqotchiga beriladi, hatto barcha ishlarni aspirant bajargan boʻlsa ham. Bu keyinchalik Stephen Stigler tomonidan Stiglerning eponimiya qonuni sifatida shakllantirildi — „Hech bir ilmiy kashfiyot oʻzining asl kashfiyotchisi nomi bilan atalmagan“ — Stigler Mertonni haqiqiy kashfiyotchi sifatida taʼkidlab, uning „qonunini“ bunga misol qilib koʻrsatdi.

Merton ilmiy hamjamiyatda Matthew effekti oddiy obroʻ-eʼtibordan tashqari kengroq aloqa tizimiga taʼsir qiladi, ijtimoiy tanlov jarayonlarida rol oʻynaydi va natijada resurslar hamda isteʼdodlar kontsentratsiyasiga olib keladi degan fikrni olgʻa surgan. U nomaʼlum mualliflar tomonidan yozilgan teng darajadagi yoki ustun maqolalarga taniqli mualliflarning maqolalariga qaraganda pastroq baho berilganini bu holatga misol sifatida keltirdi. Shuningdek, u boshqa izlanuvchilar odamlarning diqqatini taniqli shaxslarga qaratishi sababli ish jarayonida koʻproq tavakkal qilish imkoniga ega boʻlishlarini ham aytib oʻtdi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tajriba va kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, nisbatan mashhur boʻlgan bestseller roʻyxatidagi kitoblar va musiqalar boshqalariga qaraganda koʻproq isteʼmolchilarni jalb qilar ekan.
  • Raqobatbardosh kasblar doirasidagi karyeraviy oʻsish davomiyligini taxmin qilishda ham Matthew effektiga asoslaniladi. Bu fan va professional sportdagi karyeraviy oʻsishning individuallar orasidagi empirik taqsimotini tahlil qilish orqali tasdiqlanadi (masalan, Beysbol Oliy Ligasi miqyosida)[5]. Natijada, qisqa va uzoq davom etuvchi karyeralar oʻrtasidagi nomutanosiblikni obroʻli va tajribali mutaxassislar raqobatda doim alohida ustunlikka ega boʻlishini ifodalovchi „boylarning boyib boraverishi“ mexanizmi bilan izohlash mumkin.
  • Kognitiv psixolog Steven Pinker oʻzining 2011-yilda chop etilgan "The Better Angels of Our Nature: Why Violence Has Declined" nomli kitobida jamiyatlardagi Matthew effektiga toʻxtalib, nega baʼzi jamiyatlarda hammasi yaxshi, baʼzilarida esa unday emasligini izohlashga harakat qilgan. U 9-bobda bu ijobiy tanqidning natijasi boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi, bunda baʼzi shaxslarning ehtiyotsiz xatti-harakati boshqalarni ham shunday qilishga undaydigan betartib muhitni yaratadi. U Martin Daly va Margo Wilson tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan misol keltirgan holda, atrof-muhit qanchalik beqaror boʻlsa, odamlar kelajakka shunchalik jiddiy yondashishadi va tavakkal qilishdan qochishadi.
  • Niderlandiyada ilm-fanni moliyalashtirish fondi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot davomida katta miqyosdagi Mathew effekti aniqlandi. Yaʼni, moliyalashtirish chegarasidan biroz yuqoriroqqa chiqib gʻolib boʻlganlar keyingi sakkiz yil davomida ular bilan deyarli bir xil ballar olib, chegaradan biroz quyiga tushib qolib, magʻlub boʻlganlarga qaraganda ikki baravar koʻproq mablagʻ toʻplaganligi aniqlandi[6].
  • Ilm-fanda samaradorlikdagi keskin farqlarni uchta hodisa bilan izohlash mumkin: muqaddas uchqun, kumulyativ ustunlik va jurnal muharrirlari tomonidan qidiruv xarajatlarini minimallashtirish. Muqaddas uchqun paradigmasiga koʻra, olimlar oʻzlarining dastlabki qobiliyatlari, isteʼdodlari, koʻnikmalari, qatʼiyatliliklari, mehnat jarayonidagi odatlari kabilar bilan farqlanadi, bu esa ularga koʻproq ustunlik beradi. Ushbu omillar multiplikativ taʼsirga ega boʻlib, bu olimlarga keyinchalik tezroq muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Kumulyativ ustunlik modelida esa, dastlabki muvaffaqiyat tadqiqotchiga koʻproq resurslardan foydalanishga imkonini yaratadi (masalan, oʻquv jarayoni, eng yaxshi aspirantlar, moliyalashtirish, jihozlar va boshqalarda), bu esa oʻz navbatida keyingi muvaffaqiyatga olib keladi. Jurnal muharrirlari tomonidan qidiruv xarajatlarini minimallashtirilishida boʻlsa, muharrirlar vaqtni tejash maqsadida ongli yoki ongsiz ravishda asosan taniqli olimlarning maqolalarini tanlab olishlarida oʻz aksini topadi. Ushbu hodisalarning aniq mexanizmi hali nomaʼlum boʻlsa-da, kamdan-kam akademiklar tadqiqot natijalarini taqdim etadi va ishlarida eng koʻp iqtiboslarni qoʻllashga erishadi[7].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim sohasida „Matthew effekti“ atamasi psixolog Keith Stanovich tomonidan qabul qilingan. Taʼlim nazariyotchisi Anthony Kelly yangi oʻquvchilarning oʻqish fanidagi koʻnikmalarini qanday rivojlantirishlari haqidagi tadqiqotlarni aynan shu konsepsiya asosida tasvirlagan edi: oʻqish koʻnikmalarini egallashdagi tezkor muvaffaqiyat odatda ortidan boshqa muvaffaqiyatlarni ham boshlab keladi. Yaxshi oʻqiy olgan oʻquvchi boshqa koʻnikmalarni ham osonroq oʻrganib oladi. Aksincha, ilk bosqichda oʻqishda muammolarga uchraganlar koʻp hollarda keyingi taʼlim bosqichlarida ham yangi koʻnikmalarni oʻrganishga qiynalishadi[8].

Buning sababi shundaki, oʻqishdan orqada qolgan bolalar oʻz navbatida kamroq oʻqiydilar, bu ularning tengdoshlari bilan oʻrtalaridagi farqni oshiradi. Keyinchalik, „nimadir oʻrganish uchun oʻqish“ kerak boʻlganda, oʻqishga qiynalishlari sababli qolgan fanlarda ham oqsay boshlashadi. Shu tariqa ular maktabda tobora ortda qolib, tengdoshlariga qaraganda koʻproq ehtimol bilan maktabni tashlab ketishadi.

Stanovichning soʻzlariga koʻra:

O'qishni sekin o'zlashtirish kognitiv, xulq-atvor va motivatsion muammolarga olib keladi, bu boshqa kognitiv qobiliyatlarning rivojlanishini sekinlashtiradi va ko'plab akademik vazifalarni bajarishga to'sqinlik qiladi. Muxtasar qilib aytganda, o'qish qobiliyati rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan boshqa kognitiv jarayonlar o'zaro bog'liqlikda shakllanadi. O'qish ko'nikmalari bilan o'zaro bog'liq bo'lgan bilim bazalarida ham keyingi rivojlanish jarayonlarida muammolar yuzaga keladi. Rivojlanishning ushbu ketma-ketligi qanchalik uzoq davom etsa, defitsitlar shunchalik umumlashtirilib, bilish va xatti-harakatlarning tobora ko'proq sohalariga kirib boradi. Tengdoshlaridan ortda qolgan 9 yashar o'quvchi bolakay yuzida g'amgin ifoda bilan shunday degan edi: "o'qishni bilmaslik hamma narsaga ta'sir qiladi".

Tarmoq fanlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarmoq fanida Matthew effekti tarmoqdagi oldingi tugunlarning imtiyozli biriktirilishini tasvirlash uchun ishlatiladi, yaʼni bunday tugunlar havolalarni boshqalariga qaraganda tezroq jalb qiladi[9]. Imtiyozli ulanish tufayli, boshqasidan koʻra koʻproq ulanishga ega boʻlgan tugun oʻz ulanishini yuqori tezlikda uzatadi va shuning uchun tarmoq oʻsishi bilan ikkita tugun oʻrtasidagi ulanishdagi dastlabki farq yanada ortadi, alohida tugunlar darajasi esa vaqtning kvadrat ildizi bilan proportsional oʻsadi[10]. Matthew effekti Internet kabi keng tarmoqlardagi tugunlar oʻsishi qanday amalga oshishini tushuntiradi[11].

Ijtimoiy taʼsirga ega bozorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy taʼsir koʻpincha boyib ketish hodisasini keltirib chiqaradi, bunda mashhur mahsulotlar vaqt oʻtgani sari yanada mashhur boʻladi[12]. Matthew effektining ijtimoiy taʼsirdagi roliga misol sifatida Salganik, Dodds va Watts yaratgan MUSICLAB nomli eksperimental virtual bozorni olishimiz mumkin. MUSICLAB da odamlar musiqa tinglashlari va oʻzlari yoqtirgan qoʻshiqlarni yuklab olishlari mumkin edi. U yerdagi qoʻshiqlar nomaʼlum guruhlar tomonidan yaratilgan edi. Tajribada ikkita guruh sinovdan oʻtkazildi; bir guruhga qoʻshiqlar haqida umuman maʼlumot berilmadi, ikkinchi guruhga har bir qoʻshiqning mashhurligi va uning avval yuklab olinganligi aytildi[13].

Natijada, qaysi qoʻshiqlar eng ommabop va eng koʻp yuklab olinganini koʻrgan guruh aynan oʻsha qoʻshiqlarni tanladi. Eng ommabop boʻlgan va eng koʻp yuklab olingan qoʻshiqlar roʻyxatning boshida qoldi va doimiy ravishda eng koʻp eshitilib borildi. Tajriba natijalarini sarhisob qiladigan boʻlsak, reytinglar maʼlum bir tanlangan qoʻshiqlar koʻproq muvaffaqiyatga erishishiga sabab boʻldi. Yuklab olish reytinglari munosib taʼsir koʻrsatdi; ammo, bu ijro reytingichalik emas edi[14].

Shuningdek, Abeliuk (2016) „Ijro reytinglari“ dan foydalanganda eng mashhur qoʻshiqlar uchun monopoliya yaratilishini ham isbotlab berdi[15].

Siyosatshunoslik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtokratiyalarda liberallashtirish siyosiy institutlar, YaIM va taʼlim bilan bogʻliq jarayonlar boshlanish nuqtasi muvaffaqiyatli boʻlgan mamlakatlarda rivojlanish ehtimoli koʻproq. Bu davlatlar asosiy islohotlarni ham tezroq amalga oshirishi mumkin va hatto ustunlikka ega boʻlmagan sohalarda ham buni uddalay oladi[16].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gladwell, Malcolm. Outliers: The Story of Success, 1, Little, Brown and Company, 18-noyabr 2008-yil. ISBN 978-0-316-01792-3. 
  2. Rigney, Daniel (2010). „Matthew Effects in the Economy.“ The Matthew Effect: How Advantage Begets Further Advantage. Columbia University Press. pp. pp. 35-52.
  3. „The Matthew Effect in Science, II : Cumulative Advantage and the Symbolism of Intellectual Property by Robert K. Merton“. Qaraldi: 4-may 2019-yil.
  4. Merton, Robert K. (1968). „The Matthew Effect in Science“ (PDF). Science. 159-jild, № 3810. 56–63-bet. Bibcode:1968Sci...159...56M. doi:10.1126/science.159.3810.56. PMID 17737466.
  5. Petersen, Alexander M.; Jung, Woo-Sung; Yang, Jae-Suk; Stanley, H. Eugene (2011). „Quantitative and Empirical demonstration of the Matthew Effect in a study of Career Longevity“. PNAS. 108-jild, № 1. 18–23-bet. arXiv:0806.1224. Bibcode:2011PNAS..108...18P. doi:10.1073/pnas.1016733108. PMC 3017158. PMID 21173276.
  6. Bol, T.; de Vaan, M.; van de Rijt, A. (2018). „The Matthew Effect in Science Funding“ (PDF). PNAS. 115-jild, № 19. 4887–4890-bet. doi:10.1073/pnas.1719557115. PMC 5948972. PMID 29686094.
  7. Serenko, A.; Cox, R.; Bontis, N.; Booker, L. (2011). „The Superstar Phenomenon in the Knowledge Management and Intellectual Capital Academic Discipline“ (PDF). Journal of Informetrics. 5-jild. 333–345-bet.
  8. Kempe, C., Eriksson‐Gustavsson, A. L., & Samuelsson, S (2011). „Are There any Matthew Effects in Literacy and Cognitive Development?“. Scandinavian Journal of Educational Research. 55-jild, № 2. 181–196-bet. doi:10.1080/00313831.2011.554699.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  9. Barabási, A-L; Albert, R (1999). „Emergence of scaling in random networks“. Science. 286-jild, № 5439. 509–512-bet. arXiv:cond-mat/9910332. Bibcode:1999Sci...286..509B. doi:10.1126/science.286.5439.509. PMID 10521342.
  10. Perc, Matjaž (2014). „The Matthew effect in empirical data“. Journal of the Royal Society Interface. 12-jild, № 104. 20140378-bet. arXiv:1408.5124. Bibcode:2014arXiv1408.5124P. doi:10.1098/rsif.2014.0378. PMC 4233686. PMID 24990288.
  11. Guadamuz, Andres. Networks, Complexity And Internet Regulation – Scale-Free Law. Edward Elgar, 2011. ISBN 9781848443105. 
  12. Altszyler, E; Berbeglia, F.; Berbeglia, G.; Van Hentenryck, P. (2017). „Transient dynamics in trial-offer markets with social influence: Trade-offs between appeal and quality“. PLOS ONE. 12-jild, № 7. e0180040-bet. Bibcode:2017PLoSO..1280040A. doi:10.1371/journal.pone.0180040. PMC 5528888. PMID 28746334.
  13. Berbeglia, Franco, and Pascal Van Hentenryck. Taming the Matthew Effect in Online Markets with Social Influence. Taming the Matthew Effect in Online Markets with Social Influence.
  14. Salganik, Matthew J., et al. Experimental Study of Inequality and Unpredictability in an Artificial Cultural Market. 2006, pp. 1-15, Experimental Study of Inequality and Unpredictability in an Artificial Cultural Market.
  15. Abeliuk, Andrés, et al. „The Benefits of Social Influence in Optimized Cultural Markets.“ PLOS ONE, vol. 10, no. 4, 2015, doi:10.1371/journal.pone.0121934.
  16. Lindenfors, Patrik; Wilson, Matthew; Lindberg, Staffan I. (25–sentabr 2020–yil). „The Matthew effect in political science: head start and key reforms important for democratization“. Humanities and Social Sciences Communications (inglizcha). 7-jild, № 1. 1–4-bet. doi:10.1057/s41599-020-00596-7. ISSN 2662-9992.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()