Matthew Sorinola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matthew Sorinola
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Alexander Sorinola[1]
Tavallud sanasi 19-fevral 2001-yil (2001-02-19) (23 yosh)
Tavallud joyi Lambeth, Angliya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Swansea City (ijara)
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2016 Fulham
2017—2019 Milton Keynes Dons
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2021 Milton Keynes Dons 34 (1)
2020Beaconsfield Town (ijara) 2 (0)
2021 Union SG 14 (1)
2022Swansea City (ijara) 17 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Matthew Alexander Sorinola (talaffuzi: Metyu Aleksandr Sorinola) (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan)—angliyalik futbolchi. Matthew Sorinola Angliya chempionati vakili „Swansea City“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Sorinola Angliyaning Lambeth shahrida tugʻilgan. Uning kelib chiqishi nigeriyaga borib taqaladi[2].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milton Keynes Dons[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Sorinola „Fulham“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, 2017-yilda Matthew Sorinola „Milton Keynes Dons“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Matthew Sorinola 2019-yilning iyun oyida klub bilan professional shartnoma imzolagan[3]. 2019—2020-yilgi EFL Trophy musobaqasida Matthew Sorinola klubning asosiy jamoasi tarkibida „Fulham U21“, „ Wycombe Wanderers“ va „Newport County“ futbol klubiga qarshi uchta asosiy oʻyinda maydonga tushgan. Matthew Sorinola 2019-yil dekabr oyida „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzolagan[4]. Shundan soʻng, Matthew Sorinola 2020-yil fevral oyida ijara asosida „Beaconsfield Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[5].

Sorinola klub safidagi ilk golini 2020-yil 8-sentyabrda „Northampton Town“ futbol klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda kiritgan[6].

Union SG[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 14-mayda Matthew Sorinola „Milton Keynes Dons“ futbol klubi bilan yangi shartnomani rad etganidan keyin Belgiyaning birinchi divizioni vakili „Union SG“ futbol klubi jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[7]. U klubdagi ilk golini 2021-yil 18-sentabrda „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1 hisobidagi gʻalaba) urgan[8].

2022-yil 24-iyun kuni Matthew Sorinola EFL chempionati vakili „Swansea City“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Milton Keynes Dons 2019—2020 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 3 0 3 0
2020—2021 Birinchi liga 34 1 2 0 1 0 6 2 43 3
Jami 34 1 2 0 1 0 9 2 46 3
Beaconsfield Town (ijara) 2019—2020 Janubiy Premyer liga 2 0 2 0
Union SG 2021—2022 Belgiya birinchi divizioni 14 1 14 1
Swansea City (ijara) 2022—2023 Chempionat 11 1 0 0 1 0 12 1
Jami 60 3 2 0 2 0 8 2 73 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: Milton Keynes Dons“. English Football League. Qaraldi: 13-dekabr 2019-yil.
  2. „'There aren't many like him' - MK Dons boss hails fullback Sorinola after 4th assist in 2 games:: All Nigeria Soccer - The Complete Nigerian Football Portal“. www.allnigeriasoccer.com.
  3. „MK Dons Agree Pro Deals With Academy Trio“. League Football Education (27-iyun 2019-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2019-yil.
  4. „Sorinola secures MK Dons future“ (en-gb). www.mkdons.com. Milton Keynes Dons F.C. (23-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  5. „Loan Watch: Sorinola makes Beaconsfield Town debut“ (en-gb). www.mkdons.com. Milton Keynes Dons F.C. (24-fevral 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  6. Lock, Toby. „Sorinola's first Dons goal a dream come true“ (inglizcha). Milton Keynes Citizen (9-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  7. „Sorinola agrees Belgium switch“. Milton Keynes Dons F.C. (14-may 2021-yil). Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  8. „Union SG – Zulte-Waregem : 2-1“. Union SG (18-sentabr 2021-yil). 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  9. „Matthew Sorinola: Swansea City sign former MK Dons wing-back on loan“. BBC (24-iyun 2022-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.