Matthew Smith

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matthew Smith
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Robert Smith[1]
Tavallud sanasi 22-noyabr 1999-yil (1999-11-22) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Redditch, Angliya
Boʻyi 1.75m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Milton Keynes Dons
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2013 West Bromwich Albion
2013—2018 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2022 Manchester City 0 (0)
2018—2019Twente (ijara) 34 (2)
2019—2020Queens Park Rangers (ijara) 8 (0)
2020Charlton Athletic (ijara) 2 (0)
2020—2021Doncaster Rovers (ijara) 40 (1)
2021—2022Hull City (ijara) 9 (0)
2022— Milton Keynes Dons 19 (2)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Uels 17 yoshgacha 8 (0)
2016 Uels 19 yoshgacha 3 (0)
2017 Uels 21 yoshgacha 5 (1)
2018— Uels 19 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 22-sentyabr uchun)

Matthew Robert Smith (talaffuzi: Mettyu Robert Smit; 1999-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. U EFL birinchi ligasi klubi Milton Keynes Dons va Uels terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida dastlab West Bromwich Albion akademiyasiga qoʻshilgan Smith 2013-yilda Manchester City akademiyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda bir necha yosh guruhlarida mashgʻulotlarga qatnashdi[4].

2018-yilning iyul oyida 18 yoshida Smith Gollandiyaning Eerste Divisie klubi FC Twentega mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[5], yakunda 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va klubning Eredivisiega koʻtarilishida muhim rol oʻynadi[6]. Keyingi ikki mavsumda u yana EFL chempionatining Queens Park Rangers hamda Charlton Athletic klublariga, shuningdek, EFL birinchi ligasi klubi Doncaster Rovers klubiga ijaraga yuborildi va oxirgi klub safida 40 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi[6]. 2021—2022-yilgi mavsum oldidan, 2021-yil 6-avgust kuni Smith yana bir mavsumga ijara asosida EFL chempionatining Hull City klubiga qo‘shildi[7].

Milton Keynes Dons[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 31-yanvarda Hull bilan cheklangan miqdorda oʻyinlar oʻtkazganidan soʻng Smith ijaradan chaqirib olindi va darhol nomaʼlum toʻlov evaziga doimiy shartnoma asosida Birinchi liga klubi Milton Keynes Donsga oʻtkazildi[6]. U klubdagi debyutini 2022-yilning 8-fevralida Fleetwood Town mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida o‘tkazdi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyada tugʻilgan Smith Uels terma jamoasiga Uelsning Gwent shahridan boʻlgan bobosi orqali qoʻshiladi[9].

Smith Uels terma jamoasida 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 21 yoshgacha va kattalar toifalarida oʻynagan, koʻpincha yoshlar darajasida jamoaga sardorlik qilgan. U 2018-yilning 20-mayida kattalar terma jamoasi tarkibiga birinchi chaqiruvini olgan[10].

Smith Uels terma jamoasidagi debyutini 81-daqiqadan keyin Tom Lawrencening oʻrniga maydonga tushib, Meksika bilan 0:0 hisobidagi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[11]. 2021-yilning may oyida u kechiktirilgan UEFA Euro 2020 turniri oʻyinlarida ishtirok etish uchun Uels terma jamoasiga chaqirildi[12]. 2022-yil noyabr oyida Smith Qatarda boʻlib oʻtadigan 2022 FIFA Jahon chempionati uchun Uels terma jamoasiga kiritildi[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 8-noyabr holatiga koʻra[14]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Manchester City 2018—2019 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2019—2020 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2020—2021 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021—2022 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Manchester City jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
FC Twente (ijara) 2018—2019 Eerste Divisie 34 2 3 0 37 2
Queens Park Rangers (ijara) 2019—2020 EFL chempionati 8 0 0 0 2 0 10 0
Charlton Athletic (ijara) 2019—2020 EFL chempionati 2 0 2 0
Doncaster Rovers (ijara) 2020—2021[15] Birinchi liga 40 1 3 0 0 0 43 1
Hull City (ijara) 2021—2022[16] EFL chempionati 9 0 0 0 1 0 10 0
Milton Keynes Dons 2021—2022[16] Birinchi liga 4 0 4 0
2022—2023[17] Birinchi liga 15 2 0 0 3 0 3 0 21 2
Milton Keynes Dons jami 19 2 0 0 3 0 3 0 25 2
Faoliyati jami 112 5 6 0 6 0 3 0 127 5

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-sentyabr holatiga koʻra[18]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Uels 2018-yil 4 0
2019-yil 3 0
2020-yil 5 0
2021-yil 3 0
2022-yil 4 0
Jami 19 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Twente

  • Eerste Divisie: 2018—2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2019/20 Premier League squads confirmed“. Premier League (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  2. „Matt Smith“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  3. Matthew Smith WorldFootball.net saytida
  4. „All about...Matt Smith“. Manchester City (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  5. „Matt Smith: Manchester City's Wales midfielder joins FC Twente on loan“. BBC (2018-yil 4-iyul). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Matt Smith joins from Man City“. Milton Keynes Dons (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  7. „Matt Smith Joins On Loan“. Hull City (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  8. „Fleetwood Town 1-1 Milton Keynes Dons“. BBC (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  9. „Matt Smith: Wales midfielder signs new Manchester City deal“. BBC Sport (2019-yil 26-mart). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  10. „Manchester City academy midfielder called up by Ryan Giggs for Wales senior squad – City Watch“. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  11. „Internationals (Sky Sports)“. SkySports.
  12. „Uncapped Colwill in Wales Euro 2020 squad“.
  13. 2022 Wales World Cup squad
  14. „Soccerway profile“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  15. „Games played by Matthew Smith in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  16. 16,0 16,1 „Games played by Matthew Smith in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  17. „Games played by Matthew Smith in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  18. „Smith, Matthew“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.