Matt Donovan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matt Donovan
Donovan New York Islanders klubida
Tugʻilgan joyi 9-may 1990-yil (1990-05-09) (33 yosh)
Edmond, Oklahoma, AQSH
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
DEL
Sobiq jamoalar
Adler Mannheim
New York Islanders
Frölunda HC
Nashville Predators
HV71
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 96-oʻrindagi tanlov, 2008
New York Islanders
Jamoalardagi faoliyat 2011—hozirgacha

Matt Donovan (talaffuzi: Mett Donovan) (1990-yil 9-mayda tugʻilgan) – amerikalik professional xokkey himoyachi. Matt Donovan hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Adler Mannheim“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Matt Donovan „New York Islanders“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasining toʻrtinchi bosqichida umumiy 96-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matt Donovan „Oklahoma City“ yoshlar xokkey dasturida oʻynab ulgʻaygan[1]. Shundan soʻng, Matt Donovan Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Cedar Rapids RoughRiders“ xokkey jamoasida oʻynadi.

Matt Donovan 2008-yilgi Milliy xokkey ligasi (NHL) loyihasining toʻrtinchi bosqichida „New York Islanders“ xokkey klubi safiga 96-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Matt Donovan „New York Isdlnaders“ xokkey klubi bilan professional shartnoma imzoladi. Keyin Matt Donovan klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey klubi safiga yuborildi[2]. Matt Donovan 2010—2011-yilgi mavsumining soʻnggi olti oʻyinida klub safida maydonga tushib, bir gol va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi[3].

Matt Donovan oʻzining NHLdagi debyutini 2012-yil 3-aprelda „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[4].

„New York Islanders“ xokkey klubi Matt Donovanga saralash taklifini berishdan bosh tortganligi sababli, 2015-yil 1-iyulda Matt Donovan „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi.

Shundan soʻng, 2016-yil 21-iyulda Matt Donovan Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „Frölunda HC“ klubi bilan xorijda bir yillik shartnoma imzoladi[5].

2021-yil 20-yanvarda Matt Donovan „HV71“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[6]. Matt Donovan klub safida 12 ta oʻyinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Keyingi 2021—2022-yilgi mavsumda „Milwaukee Admirals“ xokkey klubi safida Donovan muqobil sardor sifatida muntazam mavsumdagi barcha 76 oʻyinda 8 gol va 40 ochko bilan oʻz jamoasining mavsumni yaxshi natijalar bilan yakunlashiga oʻz hissasini qoʻshdi.

2022-yil 17-iyunda Matt Donovan yana AHLni tark etdi va nemis klubi, DEL vakili „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[7].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medal soni
Xokkey
AQSH vakili
Xokkey bo'yicha jahon chempionati
Oltin 2010 Kanada
Challenge musobaqasi
Oltin 2008 Camrose

Matt Donovan 2010-yil yanvar oyida 2010-yilgi yoshlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida AQSH milliy xokkey terma jamoasi safida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan 6:5 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi edi[8]. Ushbu musobaqada Matt Donovan yettita oʻyinda maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2007—2008 Cedar Rapids RoughRiders USHL 59 12 18 30 41 3 0 1 1 4
2008—2009 Cedar Rapids RoughRiders USHL 57 19 32 51 43 5 0 4 4 2
2009—2010 University of Denver WCHA 36 7 14 21 50
2010—2011 University of Denver WCHA 42 9 23 32 64
2010—2011 Bridgeport Sound Tigers AHL 6 1 4 5 10
2011—2012 Bridgeport Sound Tigers AHL 72 10 34 44 63 3 0 1 1 6
2011—2012 New York Islanders NHL 3 0 0 0 0
2012—2013 Bridgeport Sound Tigers AHL 75 14 34 48 112
2013—2014 New York Islanders NHL 52 2 14 16 26
2013—2014 Bridgeport Sound Tigers AHL 27 7 14 21 25
2014—2015 New York Islanders NHL 12 0 3 3 0 2 0 0 0 10
2015—2016 Rochester Americans AHL 73 8 23 31 61
2016—2017 Frölunda HC SHL 50 1 14 15 74 14 0 1 1 8
2017—2018 Frölunda HC SHL 52 7 20 27 69 6 0 0 0 0
2018—2019 Milwaukee Admirals AHL 64 11 24 35 66 5 0 2 2 8
2018—2019 Nashville Predators NHL 2 0 1 1 2
2019—2020 Milwaukee Admirals AHL 62 5 27 32 58
2020—2021 HV71 SHL 12 2 5 7 2
2021—2022 Milwaukee Admirals AHL 76 8 32 40 57 9 1 2 3 6
NHL jami 69 2 18 20 28 2 0 0 0 10

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 1st 7 3 2 5 4
2014-yil Qoʻshma Shtatlar WC 6 7 2 0 2 2
Oʻsmirlar safida 7 3 2 5 4
Kattalar safida 7 2 0 2 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Baldwin. „How the New York Islanders' Matt Donovan became the first Oklahoma product in the NHL“. The Oklahoman (2013-yil 3-oktyabr).
  2. LeBourdais. „Matt Donovan inks entry level contract“. Milliy xokkey ligasi (2011-yil 30-mart). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  3. „'Miracle on Ice' defenseman impressed by Matt Donovan“. The Oklahoman (2011-yil 22-aprel). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  4. Rosen. „Oklahoma native Donovan set to make NHL history“. Milliy xokkey ligasi (2012-yil 3-aprel). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  5. „The squad complete“ (Swedish). Frölunda HC (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2016-yil 21-iyul.
  6. „Matt Donovan signs with HV71“ (Swedish). HV71 (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
  7. „Matt Donovan completes the defense“ (German). Adler Mannheim (2022-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
  8. „U.S. wins gold; Sweden wins bronze“ (2010-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  9. „Edmond's Matt Donovan wins gold medal“. The Oklahoman (2010-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.