Matteo Guendouzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mattéo Guendouzidan yoʻnaltirildi)

Mattéo Guendouzi (talaffuzi: Matteo Genduzi) 1999-yil 14-aprelda Puassida tugʻilgan. Fransuz futbolchisi Marselning „Olympic“ klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi

Mattéo Guendouzi Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 14-aprel 1999-yil(1999-04-14)(23 yosh)

Puassi, Fransiya
Fuqaroligi
Boʻyi 185 cm
Vazni 64 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Fransii Olympic Marcel
Raqami 6
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mattéo Guendouzi Fransiyaning „Lorient“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilda uning akademiyasini tamomlagan. 2015/16-yilgi mavsumda u ikkinchi jamoada oʻynay boshladi. U 2016-yilning 2-aprelida „Romorantina“ga qarshi bahsda debyut qilgan[1]. Oʻyin paytida Mattéo Guendouzi 16 yoshda edi.

2016/17-yilgi mavsumda u asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarda ishtirok eta boshladi. 2016-yilning 15-oktyabrida u Liga 1da „Nant“ga qarshi bahsda debyut qildi va 76-daqiqada Valid Mesloub oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[2].

Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mattéo Guendouzi Fransiyaning 18, 19 va 20 hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.

2019-yil 2-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham tomonidan ilk bor JCh-2020 saralashida Albaniya va Moldovaga qarshi o‘yinda jarohat olgan Pol Pogba o‘rniga maydonga tushish uchun chaqirildi[3]. Biroq har ikki uchrashuvda ham Mattéo Guendouzi zaxirada qoldi va maydonga tushmadi.

Keyin, 2021-yil 1-sentyabrda jarohatlangan Korentin Tolisso o‘rniga Bosniya va Gersegovina, Ukraina va Finlandiya terma jamoalariga qarshi JCh-2022 saralash o‘yinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga ikkinchi chaqiruv oldi[4]. 2022-yil 30-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi 2020/21 final qismi o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritildi[5]. U Belgiya terma jamoasiga qarshi yarim final va Ispaniya terma jamoasiga qarshi gʻalaba qozongan final uchrashuvida ishtirok etmadi.

2021-yilning 16-noyabrida u Antuan Grizmann o‘rniga Finlandiyaga qarshi o‘yinda Fransiya terma jamoasida debyut qildi[6]. 2022-yilning 29-martida Mattéo Guendouzi Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 90+2 daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoa safidagi ilk golini kiritdi[7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
F. C. LorientFransiya bayrogʻi Fransiya 2016-17 8 0 1 0 9 0
2017-18 18 0 3 0 21 0
Jami 26 0 4 0 0 0 30 0
Arsenal F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2018-19 33 0 4 0 11 1 48 1
2019-20 24 0 4 0 6 0 34 0
Jami 57 0 8 0 17 1 82 1
Hertha de BerlínOlmoniya bayrogʻi Germaniya 2020-21 24 2 24 2
Jami 24 2 0 0 0 0 24 2
Olympique de MarsellaFransiya bayrogʻi Fransiya 2021-22 38 4 4 0 14 1 56 5
2022-23 9 1 0 0 3 0 12 1
Jami 47 5 4 0 17 1 68 6
Umumiy karyerasida 154 7 16 0 34 2 204 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Romorantinais - Lorient II“ (en). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 октября 2016.
  2. „Lorient - Nantes“ (en). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 октября 2016.
  3. „Bleus : Mattéo Guendouzi appelé à la place de Paul Pogba, forfait“ (fr). L’Équipe (2019-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  4. „Injured Kante and Tolisso to miss France World Cup qualifiers“ (en). Reuters (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  5. „La liste des vingt trois Bleus“ (fr). Федерация футбола Франции (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  6. „Finland v France game report“ (fr). Федерация футбола Франции (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  7. „Ca plane pour eux“ (fr). Федерация футбола Франции (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.