Matruh al-Arabiy
Matruh ibn Sulaymon al-Arabiy (arabcha: مطروح بن سليمان بن يقظان الكلبي القضاعي الأعرابي) — 778—792-yillarda Barselonaning voliysi yoki noibi[1].
Matruh va uning otasi Sulaymon al-Arabiy 778-yilda Buyuk Karl qo‘shiniga qo‘shilib, Saragosa shahrini qamal qilishda ishtirok etdilar. Saragoza taslim bo‘lmagach, Buyuk Karl o‘z ittifoqchilaridan, jumladan Sulaymon al-Arabiydan garovga oldi. Matruh va uning ukasi Aysun basklar bilan ittifoq tuzib, Ronsevo dovoni jangida Buyuk Karlning karvoniga hujum qildilar va otalarini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldilar.
Sulaymon Saragosaga qaytib keldi va 780-yilda o‘sha yerda uning sobiq do‘sti va ittifoqchisi saragosalik Husayn tomonidan o‘ldirildi. Buning natijasida Matruh Barselona va Gironaning voliysi bo‘ldi. 781-yilda Kordova amiri Abdurahmon I Saragosani o‘z hukmronligi ostiga oldi.
785-yildan so‘ng Matruhning ukasi Oysunning ikki xizmatkori - Amrus ibn Yusuf va uning qarindoshi Shabrit - Matruhning xizmatiga kirdi. Ko‘p o‘tmay, Matruh yana amirga qarshi isyon ko‘tardi va taxminan 789-yilda Hueska va Saragosani qo‘lga kiritdi. Biroq, 791 yoki 792-yillarda Matruhni o‘z xizmatchilari Amrus va Shabrit o‘ldirdi. Buning evaziga amir Amrusni mukofotladi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Roger Collins, The Arab Conquest of Spain, 710–797 (Basil Blackwell, 1989).
- ↑ „Aysun ben Sulayman ben Yaqdhan al-Arabí“ (es-ES). condadodecastilla.es (2015-yil 24-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.