Matronaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matronaliya (lotincha: Matronalia „matronlar, yaʼni turmushga chiqqan ayollar“ kuni; lotincha: Femineae kalendae „ayol kalendlari“; lotincha: Kalendae Martiae „mart oyining kalendlari“) — Qadimgi Rimdagi[1] bayram tantanalari boʻlib, har yili 1-mart kuni turmush qurgan ayollar tomonidan oʻtkazilgan. Bayram bola tugʻish homiysi, Yunona Lutsina ga bagʻishlangan[2]. Yunon panteonida u Ilifiyaga toʻgʻri keladi.

Bu bayram, afsonaga koʻra, rimliklarning xotinlari rimliklar bilan Sabinlarning urushini toʻxtatib, Rimni[3] qutqarishganidan soʻng, nikohlar taʼsis etilishi xotirasiga Romulus tomonidan tashkil etilgan[4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu kuni Rim ayollari sochlarini yoyib, qoʻllarida gulchambarlar bilan Esqvilin tepaligidagi Yunona ibodatxonasiga viqor bilan borishgan va oilaviy hayotlarida baxt soʻrab ibodatlar qilishgan va Yunonaga[5] gullar va ladanlardan qurbonliklar keltirganlar[6]. Faqat matronalar, hurmatli, qonuniy turmush qurgan ayollar matronaliyada qatnashishgan, qullarga borish taqiqlangan. Rim taqvimidagi islohotlardan oldin bu sana Yangi yilga toʻgʻri kelgan. Bayramning sanasi Rimdagi Esqvilin tepaligidagi Yunona Lutsina maʼbadining muqaddaslanishini va, ehtimol, Rimliklar va Sabinlar oʻrtasida tinchlik oʻrnatilishini anglatadi.

Ayollar er va qizlaridan sovgʻalar olganlar, shu kuni fermadagi qullarga „dam olish kunida“ boʻlgan, ovqat tayyorlaganlar. Nafaqat uyning ayollar turadigan yarmida nishonlangan. Eng yaxshi kiyimlarda, boshlarida xushboʻy gulchambarlar bilan bezangan rimlik ayollar Yunona Lutsina maʼbadi tomon viqor bilan borishgan va nikohida baxt soʻrab ibodat qilib, qurbonlikka gullarni keltirishgan. Boshqa joylarda odamlar Rim jamoasining oʻchogʻi va uylar oʻchogʻining qoʻriqchisi maʼbuda Vestaning Dumaloq ibodatxonasiga borishgan.

Shunga oʻxshash bayramni turmush qurgan ayollar tomonidan, qullar bilan birga, 7-iyul kuni „Yunona Echkisi“ (lotincha: Iuno Caprotina) sharafiga, "Kaprotin nonalari " deb nomlangan, echki botqogʻida, nishonlashgan (lotincha: nonae caprotinae)[7] va Matuta (lotincha: Matuta) — tong maʼbudasi, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning homiysiga[8] bagʻishlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Матроналии“,Словарь иностранных слов, вошедших в состав русского языка.- Чудинов А.Н., 1910.  // Slovar inostrannix slov russkogo yazik
  2. Mifi i predaniya Drevnego Rima — M.: OLMA Media Grupp, 2013 g. — 304 s. — S. 76
  3. Mifi i predaniya Drevnego Rima — M.: OLMA Media Grupp, 2013 g. — 304 s. — S. 76
  4. Ov. fast. 3, 179 sll.
  5. Komlev N. G. Slovar novix inostrannix slov: s perevodom, etimologiey i tolkovaniem — 1995 — S. 106
  6. Selevko Yu. P. Rol religii v jizni rimlyanki epoxi Respubliki
  7. Plut. Camill. 33
  8. Matuta // Lisoviy I. A., Revyako K. A. Antichniy mir v terminax, imenax i nazvaniyax: Slovar-spravochnik po istorii i kulture Drevney Gresii i Rima / Nauch. red. A.I. Nemirovskiy. — 3-e izd. — Mn: Belarus, 2001

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]