Kontent qismiga oʻtish

Matroʻh muhofazasi

Matroʻh muhofazasi
Muhofaza
Skyline of Matroʻh muhofazasi
Matroʻh muhofazasi
Bayroq
Matroʻh muhofazasi
Gerb
29°39′36″N 27°30′36″E / 29.66000°N 27.51000°E / 29.66000; 27.51000
Mamlakat Misr
Hukumat
 • Voliy Xolib Shuayb Husayn[1]
Maydon 212,112 km2 (81,897 kv mi)
Aholisi
 (2023-yil yanvar)
538 546[2]
Zichligi 2.53897 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Matroʻh muhofazasi xaritada
Matroʻh muhofazasi
Matroʻh muhofazasi

Matroʻh muhofazasi (arabcha: محافظة مطروح‎‎, Muḥāfaẓat Maṭrūḥ) — Misrning shimoli-gʻarbidagi muhofaza. Liviya, Yangi vodiy, Giza, Iskandariya, Buhayra muhofazalari va Oʻrta yer dengizi bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi Marsa Matroʻh.

Matroʻh muhofazasi

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 538 500 kishini tashkil etadi[2].

Munitsipal boʻlinmalari
Oʻzbekcha nomiAsl nomiArabcha transliteratsiyasiAholisi
(2023-yil yanvar tax.)
Turi
Marsa Matroʻhقسم مرسى مطروحMarsá Maṭrūḥ241,625Qism (shahar va qishloq qismlari)
Ad-Dabaقسم الضبعةAḍ-Ḍab'ah 61,363Qism (shahar va qishloq qismlari)
Al-Hamamقسم الحمامAl-Ḥammām65,780Qism (shahar va qishloq qismlari)
Al-Najylaقسم النجيلهAn-Najīlah34,593Qism (shahar va qishloq qismlari)
Al-Olamaynقسم العلمينAl-'Alamayn12,398Qism (toʻliq qishloq)
Sallumقسم السلوم As-Sallūm20,479Qism (shahar va qishloq qismlari)
Sidi Barraniقسم سيدى برانىSīdī Barrānī66,319Qism (shahar va qishloq qismlari)
Siva vohasiقسم سيوة Sīwa35,901Qism (shahar va qishloq qismlari)
Shimoliy qirgʻoqقسم الساحل الشمالى-جزء As-Sāḥal ash-Shamāli88Qism (toʻliq shahar)

Matruh muhofazasining ichki hududlari Misrning Gʻarbiy choʻli tarkibiga kiradi; bunga qadimda Amon ibodatxonasi bilan mashhur boʻlgan Siva vohasi ham kiradi. Muhofaza markazida Qattara botigʻi joylashgan boʻlib, u dengiz sathidan 133 metr pastga tushadi.

Marsa Matruh — qadimgi koine yunoncha: Παραιτόνιον Paraitónion, lotincha: Paraetonium nomlari bilan maʼlum boʻlgan qadimiy shahardir. Ellinistik davrda u Ptolemeylar qirolligining eng gʻarbiy shahri boʻlgan. Paraetoniumdan taxminan 18 km gʻarbda joylashgan Apis shahri Liviya nomining chegarasini, Sallumdagi Halfayo dovoni esa asl Marmarika hududining chegarasini belgilab bergan.

Matruh muhofazasida Ikkinchi Jahon urushiga oid koʻplab tarixiy joylar mavjud. Ular orasida Berlin-Rim oʻqi va Antigitler koalitsiyasi safida halok boʻlgan askarlar qabristonlari joylashgan Al-Olamayn ham bor. Jahon urushlari davrida yevropaliklar tomonidan oʻrnatilgan va „shayton bogʻlari“ deb atalgan taxminan 16 millionta mina[3] hamon muhofazaning katta qismida rivojlanishga toʻsqinlik qilmoqda va ular doimiy ravishda zararsizlantirilmoqda.

Aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, 2015-yilda muhofaza aholisining aksariyati shahar hududlarida istiqomat qilgan; urbanizatsiya darajasi 70,6 foizni tashkil etgan. Muhofazada yashovchi taxminan 447 846 kishidan 316 005 nafari shahar hududlarida, 131 841 nafari esa qishloq hududlarida istiqomat qilgan[4].

Sanoat zonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Matroʻhda quyidagi sanoat zonalari joylashgan[5]:

Sanoat zonasi
26 Kilo sanoat zonasi, Janubi-sharqiy Matroʻh yoʻli
  1. ↑ Samir, Farah „Egypt Announces New Governors for Cairo, Alexandria and Other Cities | Egyptian Streets“ (2024-yil 4-iyul).
  2. 1 2 „الجهاز المركزي للتعبئة العامة والإحصاء“. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  3. ↑ خارج القاهرة: ربع مليون فدان آلغام بمطروح (Wayback Machine saytida 2016-03-30 sanasida arxivlangan) - ONTV - 13 Jan 2012 (arabcha)
  4. ↑ „Population Estimates By Sex & Governorate 1/1/2015“. CAPMAS. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
  5. ↑ „Industrial Zones of Governorate“. Ministry of Investment Egypt. 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 18-mart.