Mateo Bajamich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mateo Bajamich
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-avgust 1999-yil (1999-08-03) (24 yosh)
Tavallud joyi Morrison, Argentina
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Unión de Morrison
2016—2018 Instituto
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Instituto 28 (10)
2020—2022 Houston Dynamo 9 (0)
2020—2021Instituto (ijara) 8 (2)
2022Huracán (ijara) 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-may uchun)

Mateo Bajamich (talaffuzi: Mateyo Bajamich) (xorvatcha: Bajamić) (Xorvatcha talaffuzi: matěo bǎjamitɕ )[2][3] (1999-yil 3-avgustda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi. Mateo Bajamich hujumchi sifatida oʻynaydi[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2019-yilning 23-fevralida o‘tkazdi[5]. Mateo Bajamich klub safidagi ilk boshlangʻich tarkibdagi oʻyinini 2019-yil 3-mart kuni „Guillermo Brown“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:0) boshlagan edi[6]. „Instituto“ futbol klubi 2018—2019-yilgi mavsumni turnir jadvalida 22-oʻrinda yakunladi[7]. Mavsumdan soʻng Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubi bilan 2022-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi[8].

Houston Dynamo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 5-oktyabrda Mateo Bajamich Oliy liganing vakili „Houston Dynamo“ futbol klubi safiga qoʻshildi[9]. Xabar qilinishicha, ushbu transfer narxi 1 200 000 dollarni tashkil etadi. „Instituto“ futbol klubi uning keyingi sotuvining 20 foizini oladi[10][11]. Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubi bilan shartnomasi muddati 2022-yilgacha moʻljallangan edi[9].

Instituto (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 9-noyabrda Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubidagi mavsumi boshlanishidan oldin, 2021-yil 21-yanvargacha „Instituto“ futbol klubiga ijaraga berildi[12]. Mateo Bajamich klub safida ijara asosida jami sakkizta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urdi[13].

Huracán (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 28-yanvarida Mateo Bajamich yana „Houston Dynamo“ klubi tomonidan ijaraga berildi. Bu safar Mateo Bajamich Argentinaga qaytib, „Huracán“ futbol klubi safiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Shuningdek, ijara shartnomasida „Huracán“ futbol klubi futbolchini sotib olish opsiyasiga egaligi ham bellgilangan edi[14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada tugʻilgan Mateo Bajamich xorvat millatiga mansub hisoblanadi[15]. 1921-yilda uning bobosi Mariano Bajamich (xorvatcha: Marin Bajamić) Xorvatiyaning Trnbusi shahridan (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) Argentinaga koʻchib oʻtgan va u yerda Carmen ismli ispan ayoliga uylangan. 2020-yilda Mateo Bajamich Xorvatiya fuqaroligini oldi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Kontinental Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Instituto 2018—2019 Primera B 7 1 0 0 7 1
2019—2020 21 9 1 0 22 9
Jami 28 10 1 0 29 10
Houston Dynamo 2020 Oliy liga 0 0 0 0
2021 9 0 9 0
Jami 9 0 0 0 9 0
Instituto (ijara) 2020 Primera B 8 2 8 2
Jami 45 12 1 0 0 0 0 0 46 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mateo Bajamich“. World Football. Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  2. „Màtej“ (hr). Hrvatski jezični portal. — „Matèo“. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
  3. „bàjam“ (hr). Hrvatski jezični portal. Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
  4. „Dynamo see new signing Mateo Bajamich as "a contributor for down the road"“ (en-US). SBI Soccer (6-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  5. „Instituto vs. Nueva Chicago - 23 February 2019 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  6. „Argentina - M. Bajamich - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  7. „Summary - Primera Nacional - Argentina - Results, fixtures, tables and news - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  8. „Instituto se aseguró a Mateo Bajamich hasta 2022“ (es). Mundo D. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  9. 9,0 9,1 „Dynamo sign winger Mateo Bajamich on full transfer from Instituto AC“. Houston Dynamo (5-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  10. „Ya es oficial: Mateo Bajamich jugará en la MLS“ (es). Mundo D. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  11. „Gracias Mateo Bajamich“. Instituto Atlético Central Córdoba. Qaraldi: 30-oktyabr 2020-yil.
  12. Bogert. „Houston Dynamo loan forward Mateo Bajamich back to Argentina until preseason“. Major League Soccer (9-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2021-yil.
  13. „Mateo Bajamich“. Soccerway.
  14. „Houston Dynamo FC loan Mateo Bajamich to Club Atlético Huracán | Houston Dynamo“.
  15. „Croatia hone in on talented 20-year-old Argentine-Croat“ (en). Croatia Week (27-fevral 2020-yil). Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.
  16. „Sportske novosti - DOMOVNICA JE TU! VELIKI ARGENTINSKI TALENT DOBIO HRVATSKO DRŽAVLJANSTVO, A ZA SN PRVI PUT OTKRIVA NAJLJEPŠU PRIČU 'Od srca želim igrati za Hrvatsku!'“ (hr-hr). sportske.jutarnji.hr (1-mart 2020-yil). Qaraldi: 15-iyun 2020-yil.