Rahimberdi Matchonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Matchonov Rahimberdidan yoʻnaltirildi)

Rahimberdi Matchonov (1909-Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlogʻi — 2000.18.2) — kulol, koshinkor usta. Us t a zoda; otasi va uning shogirdi usta Eshimdan hunar oʻrgangan. Madir qishlogʻidagi kulollik ustaxonasi (1921— 39), Xonqa tumani maishiy xizmat koʻrsatish ustaxonasi (1939—60), Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy fondi (1960— 78), "Us to" birlashmasi Xorazm viloyati boʻlimi (1978—99)da kulol. Xiva meʼmoriy yodgorliklarini taʼmirlash ishlarida (Paxlavon Mahmud maqbarasining koshinlarini tayyorlash va oʻrnatishda oʻrnak koʻrsatgan, 1957 va boshqalar) koʻpgina binolarni koshinlar bilan bezashda faol qatnashgan. Xorazm anʼanaviy buyumlarini zangori ranglarda "olmagul", "kosagul", "qoʻchqor shoxi", "bodomguli" va boshqa oʻsimliksimon naqshlar bilan bezagan. M.yaratgan kulollik buyumlari (bodiya, lagan, koʻza, shokosa va boshqalar) xorijda namoyish qilinadi, Angliya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Malayziya, Turkiya, Rossiya va boshqa dunyo mamlakatlari muzeylarida saqlanadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Kamolidsin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatu (1997).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil