Mastak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mastak (Lolium L.) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻp yillik M. (L. regeppe), koʻpgulli M. (L. multifl orum), zaharli M. (L. temulentum) kabi Z turi uchraydi. Zaharli M.ning poyasi bir nechta, bugʻdoyning poyasiga oʻxshash boʻgʻimlangan, ichi kovak, boʻyi 40—80 sm. Bargi ensiz, qalami, eni 1–4 mm, usti gʻadir-budir, orqasi silliq. Har bir poyaning uchida bittadan, uz. 10— 20 sm boshogʻi bor. Boshoqchalari qiltanokdi, boshoq oʻqiga yopishib turadi. May—iyun oylarida gullab urugʻlaydi. Bugʻdoy, arpa va 1 zigʻir orasida oʻsib, ular bilan barobar pishadi. Bahorikor yerlar, bogʻ va maysazorlarda oʻsadi. Urugʻida markaziy nerv sistemasiga kuchli taʼsir qiladigan zaharli alkaloidlar (0,25 — 0,48%) bor. Mollar yesa halok boʻladi, choʻchqaga esa taʼsir qilmaydi, aksincha, uni semirtiradi. M. urugʻi aralashgan dondan tayyorlanadigan non yeki ovqatni yegan odam ham zaharlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil