Mason Greenwood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mason Greenwood
Mason_Greenwood_(cropped)
Greenwood Manchester Unitedda 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud joyi Bradford, West YorkshireAngliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi 1.81m[1]
Ampluasi Hujumchi[2]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya bayrogʻiManchester United
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007-2018 Angliya bayrogʻiManchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018- Manchester United (22)
Milliy terma jamoa
2015 England U15 (0)
2017-2018 England U17 (1)
2018 England U18 (1)
2019- England U21 (1)
2020- Angliya (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-yanvar uchun)

Mason Will John Greenwood (2001-yil 1-oktabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premer liga klubi Manchester Yunaytedda hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshlar akademiyasidan chiqib kelib, Greenwood 2019-yil sentabr oyida UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Astana“ga qarshi oʻyinda gol urdi va 17 yoshu 353 kunligida klubning yevrokuboklardagi eng yosh gol urgan oʻyinchisiga aylandi. Uning Angliya terma jamoasidagi debyuti 2020-yil sentabrida UEFA Millatlar Ligasi doirasida Islandiyaga qarshi oʻyinda boʻlgan. 2022-yil yanvar oyida Greenwood zoʻrlash va tajovuz qilishda, bir necha kundan keyin esa jinsiy zoʻravonlik va oʻldirish bilan tahdid qilishda gumonlanib hibsga olingan. Greenwood oʻsha kundan beri oʻz klubi yoki terma jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazmagan yoki maydonga tushmagan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greenwood olti yoshida Manchester Unitedga kelib qoʻshildi va Halifaxdagi klubning rivojlanish maktabida oʻynadi[3]. Akademiya saflarini bosib oʻtgandan soʻng, u 16 yoshgacha boʻlganlar uchun munosib boʻlishiga qaramay, 2017-18 yilgi mavsumda 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga qoʻshildi va 21 oʻyinda 17 gol bilan U18 Premer liganing Shimoliy toʻpurari boʻldi[4]. 2018-yil may oyida Yoshlar Niderlandiyada ICGT Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi, Greenwood Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[5].

2018-19 yilgi mavsum: debyut yili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mason Greenwood Chempionlar ligasida

2018-yil iyul oyida Greenwood Amerika Qoʻshma Shtatlariga mavsumoldi safarida birinchi jamoa bilan birga sayohat qildi[6]. 20-iyul kuni u Amerika klubiga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan oʻyinda 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyutini oʻtkazdi.[7]. 2-oktabr kuni Greenwood klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[8]. Dekabr oyida u José Mourinho tomonidan UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Valensiya“ga qarshi oʻyin oldidan asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun tanlangan[9].
2019-yil 6-mart kuni Ole Gunnar Solskjær boshchiligida Greenwood Chempionlar Ligasi doirasida PSJga qarshi oʻyinda (3:1) 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[10]. 17 yoshu 156 kunligida u Yevropa musobaqalarida klub sharafini himoya qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi (faqat Norman Whitesidedan keyin) va Chempionlar Ligasi davridagi eng yosh futbolchi[11]. Toʻrt kundan soʻng u Premer-ligadagi debyutini Arsenalga qarshi oʻyinda (2:0) zaxiradan oʻyinga qoʻshildi va klubning eng yosh liga debyutantlaridan biriga aylandi[12][13] .
7-may kuni Greenwood Premer liganing 2-aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[14]. Mavsum oxirida u har yili klubning yoshlar jamoalaridagi eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Jimmi Merfi nomidagi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini oldi[15]. 12-may kuni, mavsumning soʻnggi kunida, Grinvud oʻzining klub uchun birinchi marta asosiy tarkibdagi oʻyinini „Kardiff Siti“ga qarshi uchrashuvda (2:0) oʻtkazdi[16].

2019-20 yilgi mavsum: Jamoaning birinchi yutugʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greenwoodning „Yunayted“dagi birinchi goli 19-sentabr kuni Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasining dastlabki oʻyinida kiritdi, oʻyindagi yagona golni urib, 17 yosh-u 353 kunligida klubning Yevropa musobaqalaridagi eng yosh gol muallifiga aylandi[17]. 7-noyabr kuni u „Yunayted“ning Belgradning „Partizan“ klubi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ham gol urdi va ular musobaqaning pley-off bosqichiga yoʻl oldi[18]. 24-noyabr kuni Greenwood „Sheffield United“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynab, ligadagi birinchi golini kiritdi[19]. 12-dekabr kuni u AZ Alkmaarga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida ikki marta gol urdi(bittasi penaltidan). „Manchester Yunayted“ oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi[20].
2020-yil 11-yanvarda ketma-ket uchta oʻyinda gol ura olmagach, Greenwood Norvich Siti ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda bitta gol urdi[21]. 15 kundan keyin u Angliya kubogidagi ilk golini Tranmere Roversga qarshi oʻyinda urdi(6:0 hisobida Yunayted gʻalaba qozondi)[22]. Greenwood toʻrt hafta oʻtgach, ligada Watfordga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda yana gol urdi[23]. 12-mart kuni u Avstriyaning LASK jamoasi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, Yevropa Ligasidagi beshinchi golini kiritdi, „Yunayted“ safida bir Yevropa mavsumida kamida beshta gol urgan birinchi oʻsmirga aylandi[24].

Mason Greenwood va Bruno Fernandes



COVID-19 pandemiyasi tufayli uch oy futbol toʻxtatilganidan soʻng, Greenwood 2020-yil 9-iyul holatiga koʻra „Yunayted“ning barcha oltita oʻyinida maydonga tushdi. U dastlabki uchta oʻyinda gol ura olmadi, ammo keyingi uchtasida jami toʻrtta gol urdi. 4-iyul kuni Bournemouthga qarshi 5:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda dubl qayd etdi[25]. Shundan soʻng u Aston Villa darvozasiga gol urdi, bu uni Premer ligada ketma-ket uchta oʻyinda gol urgan 19 yoshgacha boʻlgan toʻrtinchi oʻyinchi va Francis Jeffers 1999-yilda Everton uchun gol urganidan beri birinchi futbolchiga aylandi[26].

2020-21 yilgi mavsum: 11-raqam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester_United vs Aston_Villa, 25-sentabr, 2021-yil

2019-yilgi mavsumda 26-raqamdan soʻng, Greenwoodga 2020-yil 4-sentabr kuni „Manchester Yunayted“ tomonidan 11-raqamli futbolka berildi[27]. U 11-raqamni kiyadigan mashhur futbolchilar roʻyxatiga qoʻshildi(Ryan Giggs kabi). Ryan Giggs 2014-yilda 963 ta oʻyin bilan „Yunayted“ning yetakchi oʻyinchisi sifatida isteʼfoga chiqdi. 22-sentabr kuni Greenwood EFL kubogining uchinchi bosqichida „Luton Town“ ustidan mehmonda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, mavsumdagi ilk golini kiritdi[28]. 28-oktabr kuni Greenwood UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk golini RB Leipzigga qarshi 5:0 hisobida gaalaba qozonilgan oʻyinda urdi[29]. 5-dekabr kuni u oʻzining mavsumdagi birinchi ligadagi golini safarda West Ham Unitedga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi[30].

2021-yil 24-yanvarda Greenwood Angliya Kubogidagi ilk golini toʻrtinchi turda azaliy raqibi Liverpulga qarshi oʻz uyida 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi[31]. 2-fevral kuni Greenwood „Manchester Yunayted“ning Premer ligadagi Southamptonga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 9:0 hisobida yirik gʻalaba qozondi[32]. 4-aprel kuni u ligadagi toʻrt oylik qurgʻoqchilikni buzdi va oʻz maydonida 2:1 hisobida yakunlangan Brighton & Hove Albionga qarshi oʻyinda gol kiritdi[33]. Greenwood aprel oyida toʻrtta oʻyinda toʻrtta gol urdi, shu jumladan Burnleyga qarshi oʻyinda[34]. Bu uni Premer ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasi boʻyicha nomzodlar qatoriga kiritdi, uni West Ham Unitedda ijarada oʻynagan jamoadoshi Jesse Lingard qoʻlga kiritdi[35]. 29-aprel kuni Greenwood UEFA Yevropa Ligasidagi oʻzining mavsumdagi ilk golini yarim finalning birinchi oʻyinida Romaga qarshi oʻyinda urdi va jamoa 6:2 hisobida gʻalaba qozondi[36].

2021-22 mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greenwood 2021-yil Manchester Unitedda

2021-yil 14-avgust kuni Greenwood Manchester Unitedning Premer liganing 2021-22-yilgi mavsumining ochilish oʻyinida „Lids“ ustidan 5:1 hisobida qozonilgan gʻalabasida, mavsumdagi ilk golini kiritdi[37]. 29-avgust kuni Greenwood Wolverhampton ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabani taʼminlagan golni urdi va Premer liga tarixida Robbi Faulerdan keyin jamoasining mavsumdagi dastlabki uchta oʻyinida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi,[38] va Unitedga rekordni yangilashga yordam berdi.Manchester United ketma-ket 28 ta safar oʻyinlarida magʻlub boʻlmagan holda Angliya futboli tarixidagi rekordni yangiladi[39][40]. 8-dekabr kuni Greenwood 2021-22 yilgi Chempionlar ligasidagi ilk golini BSC Young Boysga qarshi oʻyinda vaqtinchalik bosh murabbiy Ralf Rangnik qoʻl ostidagi Chempionlar Ligasidagi ilk oʻyinida (1:1) urdi[41].

Manchester United vs Everton, 7-Avgust 2021-yil Mason Greenwood, David de gea va Bruno Fernandes


Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greenwood Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida 2017-18 yillarda oltita oʻyinda oʻtkazgan va Portugaliyadagi Algarve turnirida jamoaning bir qismi boʻlgan[42].

2019-yilning 30-avgustida Greenwood ilk bor Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari terma jamoasiga kiritildi[43] va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati-2021 saralashida 6-sentabr kuni Turkiyaga qarshi oʻyinda (3:2) 59-daqiqada oʻrinbosar sifatida debyut qildi[44]. 19-noyabr kuni Greenwood U21 uchun Angliya 2:1 hisobida Gollandiyaga qarshi magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi golini urdi[45].

2020-yilning 25-avgustida Greenwood birinchi marta Angliya terma jamoasiga kiritildi[46]. U 5-sentabr kuni UEFA Millatlar ligasi A ligasining 2020-21-yilgi mavsumida Islandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qildi va 78-daqiqada maydonga tushirildi[47]. 7-senytabr kuni Greenwood va ingliz jamoadoshi Fil Foden Islandiyadagi COVID-19 karantini qoidalarini buzganidan soʻng, mehmonxonaning Angliya terma jamoasi egallab turgan qismini tark etib, Angliya terma jamoasidan olib tashlandi, OAV xabarlariga koʻra, Greenwood va Foden mehmonxonaning boshqa qismida ikki ayol bilan uchrashgan[48].

Greenwood 2020/21 yilgi mavsumni kuchli boshlaganiga qaramay, uchta oʻyinda uchta gol urgan boʻlsa ham, Greenwood 2021-yil sentabr oyida Angliya terma jamoasi uchun Jahon chempionati saralash bosqichi uchun tanlanmadi, murabbiy Garet Sautgeyt shunday dedi: „U bizning fikrimizda, men u va uning klubi bilan gaplashganimizda, u bizga juda yoqadigan oʻyinchi. Biz hammamiz u kerakli vaqtda oldinga siljishini juda yaxshi tushunamiz.“[49]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 22 January 2022
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga FA Cup EFL Cup Europe Boshqalar Jami
Division Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
Manchester United 2018–19 Premier League 3 0 0 0 0 0 1[lower-alpha 1] 0 4 0
2019–20 Premier League 31 10 5 1 4 1 9[lower-alpha 2] 5 49 17
2020–21 Premier League 31 7 4 2 3 1 14[lower-alpha 3] 2 52 12
2021-22 Premier League 18 5 1 0 1 0 4[lower-alpha 1] 1 24 6
Jami 83 22 10 3 8 2 28 8 129 35
Manchester United U21 2019-20 1[lower-alpha 4] 1 1 1
Karyera jami 83 22 10 3 8 2 28 8 1 1 130 36
  1. 1,0 1,1 Appearance(s) in UEFA Champions League
  2. Appearances in UEFA Europa League
  3. Five appearances and one goal in UEFA Champions League, nine appearances and one goal in UEFA Europa League
  4. Appearance in EFL Trophy

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 5 September 2020
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
National team Year Apps Goals
Angliya 2020 1 0
Total 1 0

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2020-21[50]
  • Premer liga 2 da oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil, aprel[51]
  • Jimmi Merfi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-19
  • IFFHS Jahon yoshlar terma jamoasi (U20): 2021-yil[52]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mason Greenwood: Umumiy koʻrinish“. Premier League. Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  2. „Mason Greenwood“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  3. O'Toole, Dan. „Mason Greenwoodning Manchestewr Unitedda yaralishi haqida hikoya“ (7-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  4. „Mason Greenwood“. Manchester United F.C.. Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  5. Marshall, Adam „Yoshlar Niderlandiyada ICGT Trophy sovrinini qo'lga kiritdi“. Manchester United F.C. (21-may 2018-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  6. Luckhurst, Samuel. „"Manchester Yunayted"ning mavsumoldi tarkibi e'lon qilindi“ (18-iyul 2018-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  7. Thompson, Gemma „Tour 2018 Match Report: United 1 Club America 1“. Manchester United F.C. (20-iyul 2018-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  8. Marshall, Adam „Mason Greenwood "MYu" bilan professional shartnoma imzoladi“. Manchester United F.C. (2-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  9. Marshall, Adam „Yoshlar Joze jamoasida mashg'ulot o'tkazishadi“ (inglizcha). Manchester United F.C. (11-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  10. Hafez, Shamoon. „Paris Saint Germain 1–3 Manchester United“. BBC Sport (6-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  11. Smith, Peter. „"Manchester Yunayted" "PSJ"ni mag'lub etdi: Chempionlar ligasidagi ajoyib g'alaba ortidagi statistika“. Sky Sports (7-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  12. Johnston, Neil. „Arsenal 2–0 Manchester United“. BBC Sport (10-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  13. Froggatt, Mark „Mason Greenwood "Arsenal"ga qarshi "MYu" safida Premer ligada debyut qildi“. Manchester United F.C. (10-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  14. Marshall, Adam „Mason Greenwood - oyning eng yaxshi o`yinchisi“. Manchester United F.C. (7-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  15. Marshall, Adam „Greenwood lands Young Player Award for 2018/19“. Manchester United F.C. (9-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  16. „"Kardiff" "Manchester Yunayted"ni g'alaba bilan tark etdi“ (12-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  17. Plant, Michael. „Greenwood klub rekordini o`rnatdi“. Manchester United F.C. (19-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  18. Stone, Simon. „«Manchester Yunayted» 3:0 «Partizan» Belgrad: Mezbonlar Yevropa ligasi 1/32 finaliga yoʻllanma oldi“. BBC Sport (7-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  19. Fisher, Ben. „Sheffield United 3–3 Manchester United: Premier League – as it happened“ (24-noyabr 2019-yil).
  20. Stone, Simon. „Manchester United 4–0 AZ“. BBC Sport (12-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  21. Hafez, Shamoon. „Manchester United 4–0 Norwich City: Marcus Rashford 200-o`yinida dubl qayd etdi“. BBC Sport (11-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  22. Stone, Simon. „Tranmere 0–6 Manchester United“. BBC Sport (26-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  23. Stone, Simon. „Manchester United 3–0 Watford: Fernandes Watfordga qarshi o`yinda penaltidan debyut golini kiritdi“. BBC Sport (23-fevral 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  24. Sutcliffe, Steve. „LASK 0–5 Manchester United: Odion Ighaloning ajoyib sa'y-harakatlari“. BBC Sport (12-mart 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  25. Stone, Simon. „Manchester United 5–2 Bournemouth: Mason Greenwood dubl qayd etdi“. BBC Sport (4-iyul 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  26. Hafez, Shamoon. „Aston Villa 0–3 Man Utd: Bruno Fernandes, Mason Greenwood va Paul Pogba gol mualliflari“. BBC Sport (9-iyul 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  27. Doyle, Tom „"MYu" Greenwooddan yangi tarkib bilan umid qilayotganini tasdiqladi“ (en). www.standard.co.uk (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  28. „Luton 0-3 Manchester United: Din Xenderson "aql bovar qilmaydigan" debyut qildi“. BBC Sport (22-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  29. Hafez, Shamoon. „Man Utd 5–0 RB Leipzig: Mason Greenwood, Marcus Rashford hat-trick, Anthony Martial gol“. BBC Sport (28-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  30. Poole, Harry. „West Ham United 1–3 Manchester United“. BBC Sport (5-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  31. Stone, Simon. „Manchester United 3–2 Liverpool: Bruno Fernandes settles FA Cup thriller“. BBC Sport (24-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  32. Stone, Simon. „Manchester United Southamptonni javobsiz to`qqizta gol bilan siyladi“ (inglizcha). BBC Sport (2-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  33. Stone, Simon. „Manchester United 2–1 Brighton & Hove Albion: Mason Greenwood g`alaba golini kiritdi“. BBC Sport (4-aprel 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  34. Bysouth, Alex. „Manchester United 3–1 Burnley: Mason Greenwood mezbonlar uchun 2 ta gol kiritdi“. BBC Sport (18-aprel 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  35. Carney, Sam. „GREENWOOD Premer ligada oyning eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzod!“. Man Utd (7-may 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  36. Stone, Simon. „Manchester United 6–2 Roma: United Yevropa ligasi yarim finalida 8 ta gol urilgan trillerda g`alaba qozondi“. BBC Sport (29-aprel 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  37. Stone, Simon. „Myu 5–1 Leeds: Bruno Fernandes birinchi xet-trikka erishdi, "Manchester Yunayted" ikkinchi bo'limda dahshatli o'yin bilan Lidsni mag'lub etdi“. BBC Sport (14-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  38. „Greenwood gets Man Utd off the hook at Wolves“. France 24 (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  39. Johnston, Neil „Wolverhampton Wanderers 0–1 Manchester United: Mason Greenwood hits winner“. BBC Sport (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  40. „Wolves v Man Utd, 2021/22“. Premier League (29-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  41. Stone, Simon „Meyson Grinvudning toʻqqizinchi daqiqadagi ajoyib oʻyini Shveytsariyaning “Yang Boyz” jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasidagi qur’a tashlash marosimida “Manchester Yunayted”ning ikkinchi qatorini ilhomlantira olmadi.“. BBC Sport (8-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  42. Duncker, Charlotte „Mason Greenwood kim o`zi?“ (6-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  43. Veevers, Nicholas „England U21s kick-off a new campaign and Aidy Boothroyd has picked his squad“. The Football Association (30-avgust 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  44. „Eddie Nketiah and Reiss Nelson score as England U21s win opening Euro qualifier“. The Football Association (6-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  45. „Video: Greenwoodning England U-21s uchun debyut goli“ (19-noyabr 2019-yil).
  46. „Harry Maguire, Mason Greenwood va Phil Fodenlar Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritildi“. BBC Sport (25-avgust 2019-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  47. McNulty, Phil. „Iceland 0–1 England“. BBC Sport (5-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  48. „England: Phil Foden & Mason Greenwood to leave camp after quarantine breach“. BBC Sport (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  49. Steinberg, Jacob „Patrick Bamford terma jamoaga chaqiruv oldi, Mason esa yo`q“. The Guardian (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-may, 2022-yil.
  50. Stone, Simon. „Villarreal 1–1 Manchester United (11–10 on pens): David de Gea spot kick saved in epic Europa League final shootout“. BBC Sport (26-may 2021-yil). Qaraldi: 31-may, 2022-yil.
  51. „Greenwood named April's PL2 Player of the Month“. Premier League (7-may 2019-yil). Qaraldi: 31-may, 2022-yil.
  52. „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. iffhs.com. International Federation of Football History & Statistics (9-dekabr 2021-yil). 9-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may, 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Profile at the Manchester United F.C. website
  • Profile at the Football Association website