Maslouning ehtiyojlar piramidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avraam Maslou tomonidan inson ehtiyojlari ierarxiyasi diagrammasi .



Bosqichlar (pastdan yuqoriga):



1. Fiziologik ehtiyojlar



2. Xavfsizlik zarurati



3. Muhabbatga muhtojlik/Biror narsaga mansublik



4. Hurmatga bo'lgan ehtiyoj



5. Bilimga bo'lgan ehtiyoj



6. Estetik ehtiyojlar



7. O'z-o'zini namoyon etish zarurati



Bundan tashqari, oxirgi uchta daraja: "bilim", "estetik" va "o'zini-o'zi anglash" odatda "O'z-o'zini ifoda etish zarurati" (shaxsiy o'sishga bo'lgan ehtiyoj) deb ataladi.

Ehtiyojlar piramidasi - bu amerikalik psixolog Avraam Maslouning inson ehtiyojlarining ierarxik modeli uchun keng qo'llaniladigan nom.

Ushbu ehtiyojlar piramidasi motivatsiyaning eng mashhur va keng tarqalgan nazariyalaridan biri - ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasini aks ettiradi. Bu nazariya ehtiyojlar nazariyasi sifatida ham tanilgan (inglizcha: need theory) yoki hierarchy theory[1]. Dastlab, g'oya A. Maslouning "Inson motivatsiyasi nazariyasi"[2] (1943) asarida, batafsilroq - 1954-yilda "Motivatsiya va shaxsiyat" kitobida taqdim etilgan ( Motivation and Personality)[3].

Ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maslou ehtiyojlarning muhimlik darajasi kamayish tartibida taqsimladi. Ehtiyojlarning bunday tizimlanishini Maslou toki inson sodda narsalarga muhtoj bo'lar ekan, yuqori darajadagi ehtiyojlarni boshdan kechira olmasligi bilan izohladi. Piramidaning asos qismida birlamchi bo'lib fiziologiya (ochlik, chanqoqlik va shunga o'xshash ehtiyojlarni qondirish) joylashgan. Bir palla yuqorida - xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojlar mavjud. Undan yuqori - mehr va muhabbat zinasi, shuningdek, har qanday ijtimoiy guruhga mansublik ehtiyoji o'z o'rnilarini egallab turibdi. Keyingi pallada hurmat va ijobiy baholash zarurati bo'lib, Maslou kognitiv ehtiyojlarni qo'ygan (bilimga chanqoqlik, iloji boricha ko'proq ma'lumotni qabul qilish istagi). Buning ortidan estetikaga bo'lgan ehtiyoj (hayotni uyg'unlashtirish, uni go'zallik, san'at bilan to'ldirish istagi) paydo bo'ladi. Va nihoyat, piramidaning oxirgi bosqichi, eng yuqorisi, ichki potentsialni ochib berish istagi (bu o'z-o'zini namoyon qilish). Shuni ta'kidlash kerakki, har bir ehtiyojni to'liq qondirish shart emas - keyingi bosqichga o'tish uchun insonga qisman to'yinganlik hissi yetarli.

"Men mutlaqo aminmanki, odam faqat non bo'lmagan sharoitda non bilan yashaydi", deb tushuntirdi Maslou. "Ammo non ko'p bo'lsa va oshqozon doimo to'q bo'lsa, insonning intilishlari nima bo'ladi?" Yuqori ehtiyojlar paydo bo'la boshlaydi va bizning tanamizni fiziologik ochlik emas, balki yuqori darajadagi ehtiyojni qondirish hissi boshqaradi. Bir ehtiyoj qondirilsa, boshqalari paydo bo'ladi, undanda yuqori va yuqori. Shunday qilib, asta-sekin, bosqichma-bosqich, inson o'z-o'zini rivojlantirish zarurati paydo bo'ladi - ehtiyojlarning eng yuqorisi.

Maslou ibtidoiy fiziologik ehtiyojlarni qondirish asoslarning asosi ekanligini yaxshi bilardi. Uning fikricha, ideal baxtli jamiyat, eng avvalo, qo‘rquv va xavotirga sabab bo‘lmagan, to‘q odamlar jamiyatidir. Agar biror kishida, masalan, doimo oziq-ovqat yetishmovchiligi bo'lsa, u sevgiga juda muhtoj bo'lishi dargumon. To'yish deganda Maslou nafaqat oziq-ovqat tanqisligining yo'qligini, balki yetarli miqdorda suv, kislorod, uyqu va boshqa asosiy fiziologik inson ehtiyojlarini ham nazarda tutgan.

Shaxsning tabiati, u yahsab turgan tashqi muhit, uni o'rab turgan hodisa va voqealar, shaxsning qobiliyati va motivatsiyasi hamda boshqa son-sanoqsiz omillardan kelib chiqqan holda ehtiyojlarning namoyon bo`ladigan shakllari har xil bo`lishi mumkin. Shuning uchun, masalan, turli odamlarda hurmat va e'tirofga bo'lgan ehtiyoj har xil tarzda namoyon bo'lishi mumkin: kimdir taniqli siyosatchi, deputat, jamoat arbobi bo'lishi va umumjahon e'tirofni va mashhurligini qozonishni istaydi, boshqasi uchun esa o'z farzandlarining hurmat qilishlari yetarli bo'ladi. Xuddi shu ehtiyoj doirasidagi eng keng diapazon piramidaning istalgan bosqichida, hatto birinchi (fiziologik ehtiyojlar)da ham kuzatilishi mumkin.

Avraam Maslou odamlarning turli xil ehtiyojlari borligini tan oldi. Bundan tashqari bu ehtiyojlarni 5 ta asosiy toifaga bo'lish mumkinligiga ishonib keldi va buni isbotlashga harakat qildi:

  1. Fiziologik ehtiyojlar: ochlik, tashnalik va boshqalar;
  2. Xavfsizlik / himoya ehtiyojlari: qulaylik, yashash sharoitlarining doimiyligi va yaxshiligi;
  3. Ijtimoiy ehtiyojlar: boshqalar tomonidan qabul qilinish, ijtimoiy aloqalar, muloqot, mehr, boshqasiga g'amxo'rlik va o'ziga e'tibor kabi xususiyatlarning birgalikdagi faoliyati;
  4. O'z-o'zini hurmat qilish\Ego: boshqalardan hurmat, tan olish, muvaffaqiyat va yuqori baholarga erishish, ko'tarilish kabi ehtiyojlar;
  5. Ma'naviy: bilim, o'zini namoyon qilish, o'zligini kashf etish, o'zini o'zi aniqlash.

Bundan tashqari, batafsilroq tasnif mavjud. Bunday tizimda 7 ta asosiy daraja (ustuvorliklar) ajratiladi:

  1. (pastki) Fiziologik ehtiyojlar: ochlik, tashnalik, sovuqdan, nafas oladigan havodan himoyalanish, yetarli uyqu, og'riqning yo'qligi va boshqalar;
  2. Xavfsizlik zarurati: ishonch hissi, qo'rquv va muvaffaqiyatsizlikdan xalos bo'lish;
  3. Tegishlilik hissiga ega bo'lish va muhabbatga bo'lgan ehtiyoj;
  4. Hurmatga bo'lgan ehtiyoj: muvaffaqiyatga erishish, ijobiy baholanish, tan olish;
  5. Kognitiv ehtiyojlar: bilim olish, qodir bo'lish, kashf qilish;
  6. Estetik ehtiyojlar: uyg'unlik, tartib, go'zallik;
  7. (eng yuqori) O'z-o'zini namoyon etishga bo'lgan ehtiyoj: o'z maqsadlarini, qobiliyatlarini amalga oshirish, o'z shaxsiyatini rivojlantirish.

Asosiy ehtiyojlar qondirilgach, yuqori darajadagi ehtiyojlarning dolzarbligi tobora oshib boradi. Faqat birinchi ehtiyoj to'liq qondirilgandagina keyingi ehtiyojning o'rnini yangisi egallaydi degan shartlar mavjud emas. Bundan tashqari, diagrammada ko'rsatilganidek, ehtiyojlar ajralmas ketma-ketlikda emas va qat'iy pozitsiyalarga ham ega emasdirlar. Ushbu qonuniyat barqaror hisoblanadi, lekin turli odamlar uchun ehtiyojlarning o'zaro joylashishi har xil bo'lishi mumkin.

Shuningdek, Gumilyovning sivilizatsiya darajasining oshishi va ularning tez degradatsiyasi bilan madaniy ehtiyojlarning rivojlanishi haqidagi nazariyasi bilan ba'zi bir o'xshashliklarga e'tibor berishi mumkin (masalan, Maslou piramidasining asosi, ya'ni fiziologik yoki himoya ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik buzilgandagi holatlar).

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ierarxiya nazariyasini sinovdan o'tkazishda asosiy muammo shundaki, inson ehtiyojlarini qondirishning ishonchli miqdoriy o'lchov ko'rsatkichlari mavjud emas. Maslouning o'zi ierarxiyadagi tartib o'zgarishi mumkinligini ta'kidladi. Nazariyaning ikkinchi muammosi ehtiyojlarning ierarxiyaga bo'linishi, ularning ketma-ketligi bilan bog'liq. Biroq, nazariya nima uchun ba'zi ehtiyojlar qondirilgandan keyin ham motivator bo'lib qolishini tushuntirib bera olmaydi[1].

Maslouning fikricha, muvaffaqiyatli bo'lgan ("baxtlilar") faqat ijodiy shaxslarning tarjimai hollarini o'rganganligi sababli, Maslou tomonidan qadrlangan deyarli barcha shaxsiy xususiyatlardan mahrum bo'lgan buyuk bastakor Richard Vagner o'rganilgan shaxslardan chiqib ketdi. Olimni Eleanor Ruzvelt, Avraam Linkoln va Albert Eynshteyn kabi g'ayrioddiy faol va sog'lom odamlar qiziqtirdi. Bu Maslouning xulosalarida muqarrar buzilishlarni keltirib chiqaradi, chunki ko'pchilik odamlarning "ehtiyojlar piramidasi" qanday tashkil etilganligi uning tadqiqotlari natijasida noma'lum bo'lib qolmoqda. Shuningdek, Maslou empirik tadqiqot o'tkazmagan[4].

1968-yilda ehtiyojlar nazariyasi ierarxiyasi mashhurligiga qaramay, tasdiqlanmagan va asosliligi past, dedi Duglas Xoll va Xalil Nugaim (Duglas Xoll, Xalil Nougaim). Xuddi shu fikrni huquqshunos Suttl 1972-yilda[1] takrorladi. Xoll va Nugaim o'z tadqiqotlarini olib borishganda, Maslou ularga xat yozdi va unda u sub'ektlarning yosh guruhiga qarab ehtiyojlarni qondirishni hisobga olish muhimligini ta'kidladi. Maslouning so'zlariga ko'ra, "omadli" bolalikdagi xavfsizlik va fiziologiyaga bo'lgan ehtiyojni, o'smirlik davrida tegishlilik hissiga ega bo'lish va muhabbatga bo'lgan ehtiyojni qondiradi. O'z-o'zini namoyon qilishga bo'lgan ehtiyoj "omadli"larda 50 yoshga to'lguncha qondiriladi. Shuning uchun yosh tarkibini hisobga olish kerak[1].

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maslouning ta'kidlashicha, odamlarning 2% dan ko'pi "o'zini o'zi anglash bosqichiga" yetib boradi[5].
  • Maslouning asl qog'oz nusxasidagi maqolasida piramida tasviri yo'q[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O'z-o'zini amalga oshirish
  • Gumanistik psixologiya
  • Motivatsiya
  • Nazariya 4P
  • Ehtiyojlar nazariyasi. Alderfer
  • Leela (o'yin)
  • Oziqlanish ehtiyojlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Холлифорд С., Уиддет С. 2008.
  2. „Classics in the History of Psychology -- A. H. Maslow (1943) A Theory of Human Motivation“. psychclassics.yorku.ca. 14-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel 2019-yil.
  3. Maslow A. H. 1954.
  4. Макклелланд Д. 2007.
  5. 5,0 5,1 William Kremer, Claudia Hammond. „Abraham Maslow and the pyramid that beguiled business“ (en). BBC News (31-avgust 2013-yil). 13-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2015-yil.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maslow A. H. Motivation and Personality. — Andoza:N. Y.: Harpaer and Row, 1954.
  • Холлифорд С., Уиддет С. Мотивация: Практическое руководство для менеджеров / Пер. с англ. — M.: ГИППО, 2008. — ISBN 978-5-98293-087-3
  • Макклелланд Д. Мотивация человека. — Andoza:СПб.: Питер, 2007. — 672 с. — ISBN 978-5-469-00449-3
  • Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности / Пер с англ. — Andoza:СПб.: Питер, 2011. — С. 479–527. — ISBN 978-5-88782-412-3

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]